Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


TIRIK HAYVONLARNI GELMINTLAR BILAN ZARARLANISHINI



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49

TIRIK HAYVONLARNI GELMINTLAR BILAN ZARARLANISHINI 

ANIQLASH VA LABORATORIYADA TEKSHIRISH USULLARI  

 

Qonni  gelmintlarga  tekshirish.  Qonda  Filyariata  kenja  turkumiga  oid 

nematodlarning  lichinkalari    mikrofilyariylarni  uchratish  mumkin.  Ular  quyuq  qon 

tomchisida ham bо„ladi. Buning uchun hayvon qulo-g„idan bir tomchi qon olib, buyum 

oynasiga  tomiziladi  va  usti  qoplag„ich  oyna  bilan  yopiladi,  sо„ng  mikroskopda 

tekshiriladi.  Mikro-filyariylar  harakatchan  bо„ladi,  shuning  uchun  ham  ularni  topish 

oson.  Agarda  juda  quyuq  qon  tomchisida  mikrofilyariylar  tezda  kо„rinmasa,  u  vaqtda 

qondagi shaklli elementlarning turtilib harakatlanishidan sezish mumkin. 

Ikkinchi,  birmuncha  murakkabroq  usul  ham  bor.  Fibrinsizlanti-rilgan  qondan 

tayyorlangan quyuq qon tomchi quritilib, gemoliz qilinadi va Romanovskiy usuli bilan 

bо„yalib  tekshiriladi.  Bunday  surtmadan  lichinkalarni  о„lchash,  ularning  tuzilishini 

kо„rish va qaysi urug„ yoki turga mansubligini aniqlash mumkin. 

Lichinkalarni bir joyga tо„plab tekshirishning samaradorligini oshi-rish mumkin. 

Buning  uchun  T.I.  Popova  quyidagi  usulni  tavsiya  etadi:  bо„yin  venasidan  olingan  bir 

necha  kub  santimetr  qon  4%  li  limonli  nordon  natriy  eritmasi  bilan  1:10  nisbatda 

aralashtiriladi,  keyin  distillan-gan  suv  bilan  1:7  yoki  1:10  nisbatda  suyultirilib, 

sentrifugada aylantiri-ladi va olingan chо„kma mikroskopda tekshiriladi. Shu maqsadda 

Fyulleborn  bir  necha  ml  qonni  95  ml  (5%  li  formalin  eritmasidan,  5  ml  sirka 

kislotasining  tuzli  eritmasidan  tashkil  topgan)  murakkab  eritma  aralashmasi  bilan 

aralashtirishni taklif qilgan. Hosil bо„lgan aralashma sentrifugada aylantirilib, chо„kma 

mikroskopda  tekshiriladi.  Bu  parafil-yarioz  yaralaridan  tomayotgan  qonni  tekshirish 

bilan  tasdiqlanadi.  Bunday  qondan  bir  tomchisi  buyum  oynasiga  tomizilib,  10  baravar 

kо„p distillangan suvda suyultirilib, mikroskopda qaralganda parafilyariyning tuxum va 

lichinkalari aniqlanadi. 

Terini  onxoserkozga  tekshirish.  Mikroonxoserkalar,  odatda,  terining  nozik 

joylarida  tо„planadi.  Bularni  topish  uchun  teri  biopsiya  qilinadi:  qorin  devorlarining 

pastki  qismida  bir  oz  joyining  juni  qirqilib,  dezinfeksiya  qiluvchi  eritmalar  bilan 

artiladi,  sо„ngra  teri  pinset  yor-damida  ushlanib,  Kuper  qaychisi  bilan  suli  doni 

kattaligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib, 

og„zi  namlangan paxta bilan  mahkam  berkitiladi.  Laboratoriyada bu teri parchasi  soat 

oynasiga  quyilgan  fiziologik  eritmaga  joylashtiriladi.  Qaychi  va  preparoval  igna  bilan 

mayda  tolalarga  ajratiladi,  sо„ngra  namunaning  hammasi  sentrifuga  probkalariga 

solinib,  bir  necha  soat  37–38°  li  termostatga  qо„yiladi.  Teridan  chiqqan 

mikroonxotserkalarning  harakatchanligini  saqlab  qolish  uchun  fiziologik  eritma  teng 

miqdorda  qon  zardobi  bilan  aralashtiriladi.  Namuna  termostatda  turgandan  keyin  teri 

tolalari  olib  tashlanib,  qolgan  qismi  suziladi  yoki  sentrifugada  aylantirilib,  chо„kma 

mikroskopda tekshiriladi. Mikroonxotserkalar juda harakatchan bо„lgani uchun osonlik 

bilan topiladi. 



Gelmintozlarni  immunologik  usulda  aniqlash.  Xuddi  yuqumli  kasalliklar 

singari,  gelmintoz  kasalligida  ham  turli  darajada  immunitet  bо„ladi  va  antitela  paydo 

bо„lishi  kuzatiladi.  Hozir  kо„pgina  gelmintoz  kasalliklarda  immunologik  diagnostika 

metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning kо„pchiligi 

hozircha  veterinariya  tajribasida  qо„llanilmaydi,  chunki  bu  biopreparatlar  sanoatda 

yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir. 



Gelmintozlarni  epizootik  aniqlash.  Ayrim  vaqtlarda  olingan  epizootologik 

ma‟lumotlarga  asoslanib,  ba‟zi  gelmintoz  kasalliklariga  taxminiy  tashxis  qо„yish 



 

mumkin.  Bu  tashxisni  tirik  yoki  о„lgan  hayvonlarda  о„tkazilgan  maxsus  tekshirishlar 

bilan tasdiqlash kerak. 

1. Mollari moniyezioz bilan zararlangan xо„jaliklarda may, iyun oylarida qо„zilar 

kо„plab о„ladi. Shularga kо„ra moniyeziozga taxminiy tashxis qо„yish mumkin. 

2.  Telyazioz  avj  oladigan  iyun,  avgust  oylarida  xо„jalikdagi  juda  kо„p 

qoramollarda  konyunktivit  va  keratit  belgilari  kuzatiladi.  Shunga  kо„ra  telyaziozga 

taxminiy diagnoz qо„yish mumkin. 

Kо„pgina  gelmintoz  kasalliklarning  aniq  klinik  belgilari  ma‟lum  vaqtda  paydo 

bо„ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga tо„g„ri 

keladi.  Taxminiy  tashxis  qо„yishda  yilning  fasli  hisobga  olinib,  ma‟lum  joylar  uchun 

xos sharoitlarni hisobga olish kerak. 



Diagnostik  gelmintsizlantirish.  Gelmintozlarga  aniq  tashxis  qо„yish  uchun 

kerakli  dorilardan  foydalanib,  hayvon  oshqozon-ichagidan  birorta  gelmint  yoki  uning 

lichinka hamda bо„g„inlarini ajratish diagnostik gel’mintsizlantirish deyiladi. 

Diagnostik  gelmintsizlantirish  hayvonlarning  ayrim  belgilariga  kо„ra  jinsiy 

voyaga  yetmagan  gelmintlar  qо„zg„aydigan  kasallik  borligiga  shubha  tug„ilganda 

о„tkaziladi. Bunday vaqtda boshqa laboratoriya usulidan foydalanib bо„lmaydi, chunki 

kasallik  qо„zg„atuvchi  gelmintlar  voyaga  yetmaganligi  sababli  tezak  yoki  boshqa 

organizmga  keraksiz  ajratmalar  bilan  bо„g„in,  tuxum  yoki  lichinkalar  ajratmaydi. 

Diagnostik  gelmintsizlantirish  uchun  kasallanganligiga  shubha  qilingan  5–6  bosh 

hayvon  ajratilib,  alohida  boqiladi  va  ularga  terapevtik  dozada  kerakli  antigelmintik 

beriladi. Sо„ngra 1–2 kun ushbu hayvonlarning tezagi tо„planib, qо„zg„atuvchini topish 

uchun gelmintoskopik usulda tekshiriladi. 

Xо„jalik  sharoitida  kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarning  moniyeziozi,  gо„shtxо„r 

hayvonlarning  sestodozlari,  chо„chqa  askaridozi  va  parrandalarning  askaridozi  kabi 

kasalliklarga tashxis qо„yishda diagnostik gelmintsizlantirish kо„proq о„tkaziladi. 

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.  Hayvonlarni  tirik  davrida  gelmintologik  tekshirish  usullari  haqida  ma‟lumot 

bering. 

2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga o`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan 

zararlanishini tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  O`lgan  hayvonlarni  gelmintlar  bilan  zararlanishini  tekshirish  usullari  haqida 

ma‟lumot bera oladi.  

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Hayvon  о„lgandan  keyin  gelmintozlarga  tashxis  qо„yish,  о„likni  yorish  vaqtida, 

sо„yilgan  mol  nimtalarini  tekshirganda  topilgan  gelmint-larga  hamda  organ  va 

to„qimalardagi  patologoanatomik  о„zgarishlarga  qarab  bajariladi.  Qо„zg„atuvchilari, 

deyarli, katta gelmintlar bо„lganligi uchun hayvon о„ligini patologo-anatomik yorganda 

ayrim  gelmintoz-larni  (askaridoz,  fassiolyoz,  diktiokaulyoz,  metastrongilyoz  va 

boshqalar  kabi)  aniqlash  mumkin.  Lekin  qator  gelmintozlar  mayda  gelmintlar 

tomonidan  qо„zg„atiladi.  Hayvon  о„ligini  maxsus  gelmintologik  usulda  yorib 

kо„rgandagina ularga aniq diagnoz qо„yish mumkin.  

O„lgan hayvonlarni bir qancha xil gelmintologik yorib tekshirish usullari mavjud: 

1.  Hayvonlarni  akad.  K.I.  Skryabin  usulida  tо„liq  gelmintologik  yorib  tekshirish.  Bu 


 

hayvonning  hamma  organ  va  tо„qimalaridagi  gelmintlarni  topish  va  yig„ish  uchun 

foydalaniladi.  2.  K.I.  Skryabin  usuli  bо„yicha  hayvonlarning  ayrim  organlarini  tо„liq 

yorib  tekshirish.  Bunda  ayrim  organlarning  gelmintlar  bilan  qanchalik  zararlanganlik 

(diktiokaulyozda  о„pka,  fassiolyozda  jigar)  darajasi  aniqlanadi.  3.  Notо„liq 

gelmintologik  yorish  bunda  о„lgan  hayvon  odatdagi  patologo-anatomik  yoriladi  va 

birmuncha  katta,  kо„zga  kо„rinadigan  gelmintlar  (askaiida,  moniyeziylar)  topiladi.  4. 

R.S.  Shuls  va  Shohnazarova  usulida  о„lgan  hayvoniar  porsial  gelmintologik  yoriladi. 

Bunda organlarining ayrim qismlari tekshirilib gelmintlari olinadi.  

Hayvonlarni  akademik  K.I.  Skryabin  usulida  tо„liq  gelmintologik  yorib 

tekshirish.  O„lgan  umurtqali  hayvonlarni  K.I.  Skryabin  usulida  tо„liq  gelmintologik 

yorganda  har  qaysi  turdagi  hayvonning  anatomik  tuzilishi  hisobga  olinadi  (kavsh 

qaytaruvchi  hayvonlarda  oldingi  qorinlar,  parrandalarda  fabritsiyeva  sumka,  havo 

xaltachalari). 

O„lgan  molni  yorishdan  oldin  uning  tanasi  tekshiriladi,  sababi  mol  tanasida 

yaralar, hasharot va kanalar bо„lishi mumkin; sо„ngra teri shilinib teri osti tо„qimalari 

kо„zdan kechiriladi, navbat bilan qorin bо„shlig„i, kо„krak qafasi yorilib, har bir organ 

alohida  idishlarga  (tog„ora,  paqir,  kyuveta)  solinadi.  Ichki  organlar  ajratib  olinganda 

qorin va kо„krak bо„shliqlari kо„zdan kechiriladi, bosh va orqa miya, kо„z kosasi ajratib 

tekshiriladi. Burun hamda og„iz bо„shliqlari kо„riladi. Bо„g„in, ayrim guruh muskullari 

(trixinellaga)  tekshirilgandan  keyin  organlar  ajratib  olinadi  va  alohida  yorilib,  takror 

yuviladi yoki kompression usulda tekshiriladi. 

Har  qaysi  organni  takror  yuvib  tekshirish  juda  qiyin,  kо„p  miqdorda  suv,  turli 

idishlar va vaqt talab qilinadi. Faqat  oshqozon, ichaklar, jigar va о„pka yuviladi xolos, 

oxirida  qolgan  chо„kma  oz-ozdan  qora  kyuvetaga  olinib,  lupa  ostida  tekshiriladi. 

Odatda,  organ  va  tо„qimalar  kompression  usulida  kam  tekshiriladi.  Olingan  tо„qima 

yoki organ (ichak devorlaridan olingan shilliq) ikkita kompression yoki boshqa predmet 

oynalari  orasida  rangsiz  holatga  kelguncha  eziladida,  sо„ngra  lupa  yoki  mikroskop 

ostida tekshiriladi. 

Topilgan gelmintlar tо„qimalar orasidan asta-sekin ajratib olinadi. Shuningdek, bu 

usulda kо„pincha gelmintlarning oraliq xо„jayinlari ham tekshiriladi. 

Hazm  organlar  (qizilо„ngach,  oshqozon,  ingichka  ichak,  yо„g„on  ichak,  jigar, 

oshqozon  osti  bezi)  bir-birlaridan  ajratilib,  alohida  idish-larga  solinadi,  sо„ng  ular 

yoriladi.  Bunda  qizilо„ngach  qaychi  bilan  uzunasiga  kesilib,  uning  devorida  bо„lishi 

mumkin  bо„lgan  gelmint  va  о„simtalarni  kо„rishga  harakat  qilinadi.  Sо„ngra 

qizilо„ngach  devorlari-dan  shilliq  olib,  predmet  oynacha  orasiga  qо„yiladi  va 

kompression usulda tekshiriladi. 

Oshqozon  pastki  devori  tomonidan  yorilib,  ichidagi  massalar  silindr  idishga 

solinadi.  Sо„ngra  oshqozon  ham  shu  idishda  yuviladida,  aralashtirilib  5–10  daqiqa 

tindiriladi.  Oshqozonning  shilliq  pardasidan  qirindi  olinib,  kompression  usulda 

tekshiriladi. Aralashma tindirilgandan keyin suvning yuqorigi qismi asta-sekin tо„kiladi 

va qolgan chо„kmaga qaytadan suv quyilib, yana chо„kma tinguncha yuviladi. Sо„ngra 

chо„kma mikroskop yoki lupa ostida tekshiriladi. 

Parrandalarning  ikkita:  bezli  va  muskulli  oshqozoni  bо„ladi.  Bezli  oshqozonni 

yorganda  uning  devorlari  kyuvetada  yuvib  olinadi.  Sо„ngra  qorin  devorlari  tarang 

tortilib, yorug„ga tutiladi. Shunday qilganda, bezlarining ichidagi dumaloq qizil rangli 



 

tetramer  parazitlarini  kо„rish  mumkin.  Muskulli  oshqozon  bilan  bezli  oshqozon 

oralig„ida exinuriy kabi nematodalarni tugunlarga о„ralgan holda topish mumkin. 

O„rdaklarning  bezli  oshqozoni  seroz  pardasi  orqali  qaralganda,  undagi  yong„oq 

kattaligidagi tugun ichida nematodalar (gistrixis) borligi aniqlanadi. Muskulli oshqozon 

qaychi  bilan  uzunasiga  kesilib  devori  ag„dariladi  va  kyuvetada  yuviladi,  sо„ng  takror 

yuvilib  tekshiriladi.  Keyinchalik  qorinning  shilliq  pardasidan  kutikula  ajratib  olinib, 

uning  ostida  bо„lishi  mumkin  bо„lgan  streptokor  bilan  amidastom  parazitlarini  topish 

mumkin. 

Ingichka va yо„g„on ichaklar ayrim idishlarga solinib, suv quyiladi va charvidan 

ajratiladi. Keyin ichak qaychi bilan uzunasiga kesiladi hamda ichidagi ximus yoki tezak 

silindr  idishga  solinadi.  Uning  shilliq  pardalari  ham  qirib,  yuvib  shu  idishga  solinadi. 

Olingan massa takror yuviladi va chо„kma mikroskop yoki lupada tekshiriladi. Yо„g„on 

ichak  ham  xuddi  shu  tarzda  tekshiriladi.  Parrandalarning  о„n  ikki  barmoqli  ichagi, 

ingichka  ichagi,  kо„richagi  va  tо„g„ri  ichaklari  ham  alohida  tekshiriladi.  Ulardan 

topilgan gelmintlar ham bо„lak idishlarga olinadi. 

Jigar  oq  kyuvetkaga  solinadi,  о„t  pufagi  esa  alohida  idishga  yorib  qо„yiladi  va 

ustiga  suv  quyiladi  hamda  bir  necha  marta  yuviladi.  Idishdagi  jigarga  ham  suv  quyib, 

qaychi  bilan  о„t  yо„llari  bо„ylab  kesiladi,  keyin  qo„1  bilan  maydalab  eziladi,  takror 

yuvib olingan chо„kma tekshiriladi. 

Oshqozon  osti  bezini  qo„1  bilan  maydalab  ezilgandan  keyin  takror  yuvib 

tekshiriladi.  Nafas  olish  organlari:  hiqildoq,  kekirdak  va  bronxlar  uzunasiga  yorib 

kо„riladi, shilliq pardalardan namuna oiib, kompression usulda tekshirish kerak. 

O„pka parenximasi ustiga suv quyib maydalanadi va u ham takror yuvib cho„kma 

tekshiriladi. 

Jinsiy  organlar.  Ularning  shiliiq  pardalari  ham  qirindi  olish,  takror  yuvish  va 

kompression  usullarda  tekshiriladi.  Siydik  ajratuv  organlari,  buyrak  makroskopik 

kо„rikdan  keyin  kesilib,  buyrak  jomi  kо„riladi.  Parenximasi  kompression  usulda 

tekshiriladi.  Siydik  pufagi  va  siydik  yо„llari  yorilib  kо„riladi,  shilliq  pardasidan  qalin 

qirindi  olib  tekshiriladi.  Siydikning о„zi  takror  yuvish  usuli  bilan tekshiriladi.  Kо„zlar 

yorilib, ichki muhit, kо„z konyunktivi takror yuvib tekshiriladi. 

Miya  (bosh  miya  va  orqa  miya)  mayda  bо„lakchalarga  bо„linib,  kompression 

usulda lupa bilan kо„riladi. Yurak va boshqa qon tomirlar fiziologik eritmada yoriladi, 

sо„ngra  takror  yuvib  chо„kma  lupa  ostida  tekshiriladi.  Qorin  va  kо„krak  qafasidagi 

suyuqliklar ham takror yuvib tekshiriladi.  

 

 



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini tekshirish usullari 

to„g„risidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.  

3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini 

tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Gelmintlarning  oraliq  xo„jayinlarini  tekshirish  usullari  to„g„risida  ma‟lumot 

bera oladi.  

 

Uchinchi sаvоlning bаyоni:  



 

Gelmintlarning  oraliq  xo„jayinlarini  tekshirish.  Hayvonlarni  tekshirish  yо„li 

bilan  gelmintologik  sharoitlarning  ayrim  tomonlari  aniq-lanadi,  xolos.  U  hayvonlar 

bilan  tashqi  muhit  о„rtasidagi  hamma  munosabatlarni,  gelmintozlarning  tarqalish 

yо„llarini  yoritmaydi.  Shuning  uchun  hayvonlar  (parazitlarning  asosiy  xo„jayini)  dagi 

gelmintozlarni  tekshirish  bilan  birga  oraliq  xо„jayinlarini  ham  tekshirib,  tanasida  gel-

mintlar  lichinkasi  bor  yо„qligini  bilish  katta  ahamiyatga  ega.  Oraliq  xо„jayinlarni 

tekshirish  shuning  uchun  ham  zarurki,  qator  gelmin-tozlarning  qо„zg„atuvchilari 

biogelmintlar,  ya‟ni  faqatgina  oraliq  (ayrimlari  qо„shimcha)  xо„jayin  ishtirokida 

rivojlanadi.  Oraliq  xо„jayinni  tekshirish  va  ularning  tanasida  gelmint  lichinkalarining 

bor-yо„qligini  aniqlash  juda  oddiy,  oson  va  foydali  bо„lgani  sababli  xо„jalikda  gel-

mintozlarning  borligini,  qanchalik  tarqalganligini,  hayvonlarga  yuqtirayotgan  manbai 

hamda  invazion  elementlarning  oraliq  xо„jayin  tanasida  saqlanish  muddatini  aniqlash 

imkonini yaratadi. 

Hayvonlarni  gelmintologik  tekshirish  natijasi  hamma  vaqt  oraliq  xо„jayinlarni 

tekshirishdan olingan ma‟lumotlar bilan tо„Idiriladi. Ikkita asosiy va oraliq xо„jayinlarni 

tekshirish  natijasigina  xо„jalikda  gelmin-tologik  sharoitni  aniqlash  hamda 

gelmintozlarning  prognozini  bilib,  profilaktika  tadbirlarini  о„z  vaqtida  tashkil  qilish 

imkoniyati yaratiladi. 

Mollyuskalar 

(chuchuk 

suvda 

hamda 


quruqlikda 

yashaydiganlari), 

qisqichbaqasimonlar  (sikloplar,  dafniya,  yonlab  suzarlar,  suv  xо„tigi),  yomg„ir 

chuvalchangi, hasharotlar (pashshalar, chivinlar, ninachilar, chumolilar va qо„ng„izlar), 

tuproqda  yashovchi  kanalar  gelmintlarning  oraliq  xо„jayini  bо„lishi  mumkin. 

Epizootologik  jihatdan  har  qaysi  turdagi  oraliq  xо„jayinning  1m

2

  yaylovdagi  sonining 



eng  kо„p  bо„lishi  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  qanchalik  kо„p,  zich  bо„lsa,  hayvonlar 

gelmintozlar  qo„zg„atuvchilarining  yuqumli  holatdagi  tuxumi  va  lichin-kalari  bilan 

zararlashi  shuncha  kо„p  bo„ladi.  Quruqlikda  yashaydigan  oraliq  xо„jayinlar  har  xil 

joylarda:  gо„ngda,  ochiq  molxonada,  yaylovlarda  yashashi  mumkin.  Gelmintlarning 

suvda  yashaydigan  oraliq  xо„jayinlari  ayniqsa,  ariq  bо„ylarida,  kо„lmaklarda,  suv 

о„tlarida  kо„p  bо„ladi.  Mana  shunday  xо„jayinlari  kо„p  bо„lgan  yaylovlarda  boqilgan 

chorva mollari, parrandalar biogelmintoz qo„zg„atuvchilari bilan kо„proq kasallanadi. 

Oraliq xо„jayinlar tanasidagi gelmint lichinkalarini topish uchun ularni ushlagan 

zamon  (yaxshisi  tirik  holda)  binokulyar,  lupa  yoki  juda  katta  qilib  kо„rsatadigan 

mikroskopda  tekshirish  kerak.  Gelmint  lichinkalari  oraliq  xо„jayin  tanasida  turli 

rivojlanish  bosqichida  bо„lishi  mumkin,  lekin  ularning  invazion  lichinkalari  tezroq 

kо„zga tashlanadi. Oraliq xо„jayinlarni tekshirganda ma‟lum turdagi gelmint lichinkalari 

bilan ular ekstensiv (foiz) va intensiv (lichinkalar soni) zararlanganligi aniqlanadi. 

Xо„jalikda gelmint lichinkalarini topish uchun kо„pincha shoxli qо„ng„iz, sovutli 

kanalar,  yomg„ir  chuvalchanglari,  suvda  va  quruqlikda  yashovchi  mollyuskalar, 

yonlabsuzarlar, suv xо„tigi, dafniya va sikloplar tekshiriladi. 



Shoxli  qо„ng„izlarni  gelmitologik  tekshirish.  Bu  qо„ng„izlar  barcha  hayvonlar 

gо„ngida  yashaydi.  Shoxli  qо„ng„izlar  chо„chqalarning  ingichka  ichagida  parazitlik 

qiluvchi  makrokantorinxlarning  oraliq  xо„jayinlari  hisoblanadi.  Parazitning  lichinkasi 

(akantellalari)  birmuncha  katta  (5  mm  uzunlikda),  rangi  oq  bо„lib,  qо„ng„izlarning 

imago,  lichinka  va  g„umbak  davrlaridagisini  yorib  mikroskopda  qaralganda  yaxshi 

kо„rinadi. 



 

Sovutli  kanalar  –  kichkina  (1  mm  uzunlikda)  bо„lib,  yaylovlarda  yerning  yuza 

qismida yashaydi. Ushbu kanalar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichaklarida 

parazitlik  qiluvchi  moniyeziylarning  oraliq  xo„jayinlari  hisoblanadi.  Moniyeziy 

lichinkalarini  –  sistiserkoidlarini  topish  uchun  predmet  oynasiga  sovutli  kanalardan 

qо„yib, bir tomchi suv tomiziladi va lupa ostida parchalagich igna bilan kanalar mayda 

qismlarga bо„linadi. Sо„ngra ikkinchi oyna bilan yopib, mikroskopda tekshiriladi. 

Moniyeziy lichinkalari (sistiserkoidlar) oval shaklda, diametri 0,15–0,19 mm, 4 ta 

sо„rg„ichi va dum tomonida ortig„i bо„ladi. Sistiserkoidlar juda ham nozik bо„lganligi 

uchun kompression (ikki oynaning orasida ezish) usulida tekshirish mumkin emas. 

Yomg„ir chuvalchanglari. Hamma turdagi yomg„ir chuvalchang-lari tuzilishi va 

yashash  sharoitiga  kо„ra  ikki  guruhga  bо„linadi.  Ayrim  avlodlari  Lumbricus,  Eisenia 

vakillari  nam  tuproqda  va  gо„ngda  yashaydi.  Ular  chо„chqa  metastrongilidlarining 

oraliq  xо„jayinlaridir.  Spiral  shaklidagi  metastrongilid  lichinkalari  chuvalchangning 

qizilо„n-gach  va  qon  tomir  tо„qimalarida  joylashadi.  Ularni  topish  uchun  yomg„ir 

chuvalchangi  tanasining  oldingi  qismini  kesib  olib,  ikkita  buyum  oynasi  orasida  ezib, 

kompression usulda tayyorlangan preparat mikroskopda tekshiriladi. 

Boshqa avlodlarga kiruvchi yomg„ir chuvalchanglari (Criodrilus, Eophila) loyqa 

suvlarda  yashaydi.  Ular  о„rdaklarda  gistrixoz  va  porrotsekoz  qо„zg„atuvchi 

gelmintlarning oraliq xо„jayinlaridir. Gistrixis lichinkalari juda katta (3 sm uzimlikda), 

rangi oq, yaltiroq bо„ladi. Porrotsekum lichinkalari oldingi tur lichinkalardan taxminan 

о„n marta kichik (2,5–3 mm), ular zararlangan yomg„ir chuvalchanglarini kompression 

usulda mikroskopda tekshirganda yaxshi kо„rinadi. 

Mollyuskalar.  Tabiiy  sharoitda  chuchuk  suv  va  quruqlikda  yashovchi 

mollyuskalar  turli  hududlarda  uchraydi,  ya‟ni  chuchuk  suv  mollyuskalari  ko„lmak 

suvlarda,  suvi  sekin  oqadigan  va  oqmaydigan  ariqlarda,  hovuzlarda,  sholipoyalarda 

uchrasa, quruqlikda yashaydigan mollyuskalar nam-zax joylarda, tog„ yon bag„rilaridagi 

o„tloqzorlarda, bedapoyalarda va ariq bo„ylarida ko„plab tarqalgan.  

Chuchuk  suvda  yashovchi  mollyuskalar,  asosan  chorva  mollarida  parazitlik 

qiluvchi  so„rg„ichlilar  sinfi  vakillarining  oraliq  xo„jayinlari  hisoblanadi.  Chuchuk  suv 

mollyuskalarini trematodalar sinfi vakillari lichinkalari bilan zararlanganligini aniqlash 

uchun  oqmaydigan  ko„lmak  suvlardan  va  sholipoyalardan  qorinoyoqli  mollyuskalar 

qo„lda yig„ib olinib tekshiriladi. 

Chuchuk  suv  mollyuskalarini  chorva  mollari  gelmintlarining  lichinkalari  bilan 

zararlanganligini  tekshirish  uchun  Petri  shisha  idishga  3–5  ta  mollyuskalar  solinib, 

preparoval  ignalar  yordamida  titiladi.  So„ngra  maydalangan  mollyuskalar  ustiga  bir 

necha  tomchi  suv  tomizilib,  har  bir  mollyuskani  alohida-alohida  mikroskop  ostida 

tekshiriladi.  Tekshirish  jarayonida  mollyuskalarning  turi,  yoshi,  katta-kichikligi, 

tekshirilgan  vaqti  va  har  bir  mollyuskadan  topilgan  trematoda  lichinkalarining  tur 

tarkibi va soni alohida daftarga yozib boriladi.  

Chuchuk  suv  mollyuskalari  kompressor  usulida  ham  tekshiriladi.  Buning  uchun 

kompressor orasiga 25–30 ta mayda va o„rtacha kattalikdagi chuchuk suv mollyuskalari 

joylashtirilib,  kompressor  vint-larini  qotirish  natijasida  kompressor  orasidagi 

mollyuskalar  eziladi  va  bu  materiallar  mikroskop  ostida  ko„rilib,  mollyuskalarning 

trematodalar lichinkalari bilan zararlanganligi aniqlanadi. Suv mollyuskalarini predmet 

oynasiga  qo„yib  preparoval  igna  yordamida  titib  mikroskop  ostida  tekshirish  ham 


 

mumkin. Albatta, tabiiy sharoitda chuchuk suv mollyuskalari har xil trematodalar turlari 

lichinkalari  bilan  zararlangan  bo„ladi.  Parazit  lichinkalari  asosan  mollyuskalarning 

jigarida  uchraydi.  Yirik  suv  mollyuskalari  odatda,  chig„anog„idan  ajratib  olinadi  va 

mikroskopda tekshiriladi. Trematodalar lichinkasi serkariylar itbaliqqa o„xshash bo„lib, 

mikroskop ostida harakatlanayotgan holatda ko„rinadi. 

Ma‟lumki,  qo„y va echkilar hamda ularning yovvoyi turlari o„pkasida parazitlik 

qiluvchi nematodalardan protostrongilidlar oilasining vakillari uchun oraliq xo„jayinlar 

sifatida  ayrim  tur  quruqlikda  yashaydigan  qorinoyoqli  mollyuskalar  ishtirok  etadi. 

Quruqlikda  yashaydigan  mollyuskalarni  protostrongilidlar  lichinkalari  bilan  zarar-

lanishini aniqlash usulini J. Azimov, Ya. Ubaydullayev va V. Ukolovlar ishlab chiqqan 

(1971).  Bu  usulni  bajarish  uchun  Petri  likopchasi,  pintset  va  lupa  kerak  bo„ladi. 

Quruqlik  mollyuskalari  Petri  likopchasiga  20–30  tadan  joylashtrilib,  usti  ikkinchi 

likopcha bilan  yopiladi. 3–5  minutdan  keyin  mollyuskalar likopcha  devoriga  yopishib, 

harakatlana 

boshlaydi. 

Petri 

likopchasini 



3–5 

minut 


quyoshda 

qoldirib, 

mollyuskalarning  faolligini oshirish  mumkin. Mollyuskalar oyoqlari  likopcha  yuzasiga 

yopishganda,  prostostrongilidlar  bilan  zararlangan  mollyuskalar  oyoq-larida  qora 

rangdagi nuqtalar ko„rinadi.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin