Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 71,36 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü71,36 Kb.
#122564
1   2   3   4   5   6   7
Abdusamatova

Bob bo’yicha xulosa
Tafakkur bilish jarayonining eng yuksak shaklidir. U shaxsning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning muhim xususiyatlarini, bog‘lanish hamda munosabatlarini bevosita umumlashgan holda aks ettirishdan iborat bo‘lgan aqliy jarayonidir.
Maktabgacha davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi. Shunday ekan, bolalar tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Buning uchun uning yirik va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish zarur. Chunki inson qo‘l va barmoqlarida nerv tolalari joylashgan. Barmoqlar orqali inson axborot oladi. Bolalarning mayda motorikasi uning nutqi, mantiqiy tafakkurini shakllantirishga ta’sir etadi. Bolalarning qo‘l va bilak motorikasi to‘g‘ri rivojlantirilsa, miya faoliyati shunchalik yaxshi taraqqiy etadi.
Mantiqiy tafakkurning rivojlanishi. Ko'p holatlarda hali maktabga bormaydigan bolaning fikrlari mantiqdan yiroq bo'ladi, lekin shaklan umuman olganda qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi. Odatda har kanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi.
BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KO’RGAZMALI-HARAKATLI TAFAKKURNING RIVOJLANTIRISH USULLARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rgazmali-harakatli tafakkur xususiyatlari
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan11.
M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
V.V.Bogoslovskiy taqriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta'rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Keltirilgan ta'riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta'rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya'ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi.
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: Shakliga ko’ra: ko’rgazmali-harakatli, ko’rgazmali obrazli. Topshiriq xarakteriga ko’ra: nazariy, amaliy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz. Fikr yoyiqligiga ko’ra: konkret, abstrakt, realistik, austik, intuitive, diskrusiv12.
A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan o’yinchoqlarni qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ularni ob'ektni sindirib yoki buzib bo’lsa ham, ularning ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko’pincha buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydii.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug’at"da ta'riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha maktabgacha yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan alohasi avvalgidek to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo’qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to’la bo’ysunadigan bo’ladi. Ularning ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi.
Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar.
Lekin ularning ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob'ektlarni fazoda joylashgan o’rni tashqi, nomuhim belgisi ularning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlarni bo’yining baland va pastligi ularning yoshini belgilaydi.



Yüklə 71,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin