Kurs ishining maqsadi: Oliy ta’lim tizimini o’quv-jarayonlarini modernizatsiyalsh, zamonaviy texnoligiyalar asosida rivojlantirish. Kredit modul tizimida o’qitishni amalga oshirish.
Kurs ishining vazifasi: Oliy ta’lim tizimini o’quv-jarayonlarini modernizatsiyalashning
ustuvor yo’nalishlarini yoritib berish:
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, qo’lga kiritilgan natijalar va 2030-yilgacha ta’lim oluvchilarning zamon talablariga javob beradigan kadr bolishini taminlash.
I BOB. Oliy ta’lim tizimi o’quv-jarayonini modernizatsiyalash
1.1 Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim yo’nalishlari.
Modernizatsiya - ( lotincha - modeme – eng yangi) – takomillashtirilgan, yaxshilangan, yangi talabalarga javob bera oladigan degan ma’noni bildiradi. Ushbu so’z borgan sari hayotning barcha jabhalarida keng qo’llanilib bormoqda. Modernizatsiya jarayoni tahliliga bir qancha yondashuvlar bor:
Dixtomik yondashuv. Bunda modernizatsiya jarayoni an’anaviy holatdan zamonaviy holatga o’tish deb qaraladi.
Tarixiy yondashuv. Tarixiy taraqqiyot, o’zgarishlar va revolyutsiyalar nuqtai nazaridan talqin etiladi.
Instrumental yondashuv. O’zgarish vositalari va usullari nuqtai nazaridan talqin etiladi.
Mental yondashuv. Dunyoqarashning va ruhiyatning taransformatsiyasi nuqtai nazardan talqin etiladi.
Sivilizatsiya. Zamonaviy sivilizatsiyaning yoyilib borishi nuqtai nazaridan talqin etiladi.
Modernizatsiya paradigma sifatida XX asrning o’rtalarida AQSH da shakllandi. Modernizatsiyaning ikki turga ajaratiladi:
A) Organik (Ichki rezervlar hisobiga transformatsiyani o’tkazish).
B) Noarganik (Transformatsiya tashqi davlatlar ishtirokida amalga oshiriladi).
Ta’lim tizimidagi modernizatsiyaga yorqin misol ta’limdagi islohatlardir(ta’limning tuzilishi, mazmuni, shakl va metodlarning tubdan o’zgarishi ). Keyingi davrlarda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar davlat miqyosida ba’zan esa davlatlararo masala sifatida talqin etiladi. Ta’lim tizimidagi islohatlar ijtimoiy ehtiyoj sifatida qabul qilinishi lozim. U evolyutsion xarakterda hamda revolyutsion xarakterda bo’lishi mumkin. Reformalar ta’limning tanlangan bir tizimida sodir bo’lishi yoki davlat miqiyosida barcha ta’lim bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin .
Ta’limni modernizatsiyalashdan maqsad ta’limning taraqqiyotini ta’minlash va tizimda XXI asrda yashayotgan jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
Davlat tomonidan to’liq ta’lim olish huquqini ta’minlanishi;
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash;
Ta’limning xuquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish.
Pedagog maqomini ko’tarish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
Ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash va uning qatnashchilarini mas’uliyatini oshirish.
Modernizatsiya jarayoni yo’naltirilgan har bir ob’ektning bu jarayondagi to’liq ishtirokini ta’minlash ham asosiy masalalar qatoriga kiradi (davlat, ta’lim tizimi, iqtisodiyot va boshqa tarmoqlar, ijtimoiy isntitutlar, jamiyat).