Modulning tushuntirish xati. Ushbu xat taviyalar ko’rinishida bo’lib, pedagog shaxsiga yo’naltirilgan. Unda pedagogga qo’shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini olib borishning yangi imkoniyatlari, qo’llash mumkin bo’lgan usullarga tavsif beriladi.
O’quv materiali. O’quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o’zida aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o’z aksini topadi. Qator aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi. Axborot materiali tushunarli , lo’nda va ko’rgazmali bo’lishi lozim.
Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo’yilgan didaktik maqsadga erishadi.O’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. O’qituvchiga o’zlashtirish jarayonini to’g’ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o’z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.
Modulni tarkibiy qismlari: 1.Modulni nomi.
2. Modulni o’zlashtirishdan maqsad.
3.Modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar.
4.Nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar.
5.Seminar, amaliy va labarotoriya ishlarining mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar.
6.Joriy nazorat topshiriqlari.
7.Individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar.
8. Yozma nazorat variantlari.
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar.
10. Talaba yig’ishi mumkin bo’lgan reyting ballari.
Xulosa qilib aytganda, modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o’zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o’z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir.
II BOB.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.