22
mustahkamlashda suhbat metodidan foydalaniladi. Mavzu suhbat asosida
umumlashtirib xulosa qilib beriladi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga o'qtuvchi
javob
beradi.
V.O'quvchilarni baholash: Uyga vazifani bajargan, darsga faol qatnashishiga
qarab o'quvchilarga baholar qo'yiladi.
VI. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga mavzuni o'qib o'rganib konspekt qilib kelish
topshirig'i beriladi.
VII. Darsni yakunlash: O'quvchilar bilan hayrlashish.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda loyiha asosidagi darslar:
- Loyiha asosidagi darslarning maqsadi, mavzu mazmuni dars jarayonidayoq
ta’la o’zlashtirib olinishi kafolatlanadi.
- Darslarda ko’zda
tutilgan bilim, ko’nikma, malaka va tayanch
tushunchalarning o’zlashtirib olinishiga erishiladi.
- Iloji boricha o’quvchini o’zlashtirishi DTS talablari asosida bilim,
ko’ nikma, malakalarini montirongi, baholab borish nazarda tutiladi.
Loyihali o’qitishning faoliyat mazmuni. Loyihali o’qitish faoliyati
o’quvchining o’quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
1. O’qituvchi tomonidan taklif etilgan o’quv loyihalari, kichik loyihalarning
maktab o’quvchilari tomonidan to’la bajarilishi ko’zda tutiladi.
2. O’quv loyihalari oldindan ishlab chiqarilgan mezon ko’rsatkichlari asosida
baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko’zda tutilsa, yakuniy baholar ham
chiqarilishi mumkin.
3. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o’quv
mavzularda
rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko’zda tutiladi.
23
4. Loyiha asosida o’quv faoliyatini tashkil etishga o’qituvchi rahbarlik qiladi
va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.
5. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo’ladi.
6. Loyiha topshiriqlarini aniq, ravon shakllantirlgan, uning maqsad va
vazifalari
tushunarli, aniqlangan, o’quvchilar bilan uning ijro yo’llari va
mexanizmlari keltirilgan bo’ladi.
7. Ayrim hollarda yuqori sinf o’quvchilarining hoxish va istaklariga binoan
loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi
mumkin.
8. O’quv yili davomida o’rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini
ilmiy konferentsiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda o’tkazish,
himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o’tkazish mumkin.
Dars jarayonini loyiha asosida tashkil etish bosqichlari.
1.O’quv predmeti mavzusini va
mazmunini tanlash;
2.Darsning o’quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish;
3.Darsning o’quv mazmunini ishlab chiqish, beriladigan nazariy va amaliy
bilimlarni belgilash;
4.O’quvchi tomonidan o’zlashtirishi lozim bo’lgan tushuncha, bilim,
ko’nikma
va malakalarni ifoda etish;
5.Darsning shakli, metod va vositalarini tanlash;
6.Darsning tushuncha, bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirish uchun
ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini belgilash;
7.Har bir bosqich
natijalarini olish, mashq va misollar tizimini yaratish;
8. Nazariy tomondan olib boorish, testlar savollarni tuzib chiqish;
9. Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish;
Dars jarayonini olib borish va yakunlash mehanizmini yaratish. Loyihali dars
jarayonida o’quvchining extiyoji,
qiziqishi, hoxish-istagi, maqsadi, qobilyati,
faoliyati,intelekti hisobga olish talab etiladi. Dars jarayonida o’quvchining
individual xususiyati, tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlari hisobga olinishi zarur.
24
Xulosa qilib aytganda, o’quv jarayoni puxta o’ylangan
loyiha asosida tashkil
etsa, har bir o’quvchi uning yechimida faol ishtirok eta olsa, o’qov jarayoni samarali
kechadi. O’quv mazmunini dars jarayonidayoq ongli ravishda to’la o’zlashtirilishi
kafolatlanadi.