Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Muammoli ta'lim texnalogiyasiga asoslangan darslarni loyihalash



Yüklə 302,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix27.06.2022
ölçüsü302,45 Kb.
#62415
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2 5247066437767404323

2.2 Muammoli ta'lim texnalogiyasiga asoslangan darslarni loyihalash. 
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun 
o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish: 
* O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini; 
* Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan 
savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy 
ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish; 
* Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan 
vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini 
belgilash zarur. 
Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga 
keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, 


18 
ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon 
beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati 
quyidagi omillarga bog’liq: 
* O’quv materialini muammolashtirish
* Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish; 
* Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish; 
* O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish 
ko'nikmasiga ega bo'lish; 
* Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va 
mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish. 
Muammoli ta’lim darajalari.
Birinchi bosqich. O’qituvchi muammoni to’liq yoritadi va uni yechimini topib 
beradi. Qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi.
Ikkinchi bosqich. O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmun mohiyatini 
ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo’naltiradi. 
Uchinchi bosqich. O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli 
vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish 
yo’llarini izlab topadilar.
To’rtinchi bosqich. Bunda o’qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, 
muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni yoki yechimini ko’rsatmaydi. 
O’quvchini mustaqil faoliyatga yo’naltiradi. 
Muammoli ta’limda o’qituvchi o’quvchini murakkab tushunchalar mazmuni 
bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo’yib boradi, 
o’quvchiga axborot beradi, o’quvchi mustaqil xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi 
va o’qituvchi yordamida ma’lum tushuncha, qoidalar, xulosalar chiqaradi. 
O’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli ravishda 4 
darajaga ajratish mumkin: 


19 
Mustaqil 
bo’lmagan 
(odatdagi) 
faollik 
darajasi 
O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok 
etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat 
Muammoli 
ta`lim 
darajalari 
O’qituvchi va o’quvchi faoliyati 
YArim mustaqil faollik 
darajasi 
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va 
o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan q’yilgan o’quv 
muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish 
Mustaqil 
faollik 
darajasi 
Reproduktiv izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda 
darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi 
bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi, 
o’rtacha 
murakkablikdagi 
masalalarni 
echadi, 
o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va 
h.k. 
Ijodiy faollik darajasi 
Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va 
o’ylab topishni, o’quv muammolarini yechishning yangi 
usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil 
xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy 
insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni 
bajarish 
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba 


20 
tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy 
o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib 
toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.


Yüklə 302,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin