Monitoringnatijalarinirasmiylashtirish–uslubiy qo‘llanma, tavsiyanoma va dars ishlanmasi, o‘qituvchilarning ijodiy hisobotlari, bilim, ko‘nikma va malakalarning chizma ko‘rinishidagi (diagrammalar) tahlili, qatnashchilar yakuniy reytingi, so‘rovnoma, yozma tahlil, yutuqlar va kamchiliklar natijasi hamda muammolar.
Monitoringnatijalarinipedagogikjamoaga yetkazish–pedagogik va metodik kengash, ishlab chiqarish yig‘ilishlari, direktor huzuridagi yig‘ilish, maktabning umumiy ota-onalar majlisi, metodbirlashmalar yig‘ilishi, devoriy ko‘rsatmalar, devoriy gazetalar, monitoring kabineti, videofilmlar.
Monitoring o‘tkazishning o‘ziga xos talab va mezonlari quyidagilardan iborat:
axborotning aniqligi, ravshanligi, jarayonning aniq axborotga suyanmog‘i kerakligi va ma’lumotlar qisqa, lo‘nda, ya’ni ularni qayta ishlash va uzatishga qulay bo‘lishi;
ma’lumotlar o‘zaro qiyoslangan bo‘lishi, olingan ma’lumot faqat ahvolni emas, undagi o‘zgarishlarni ham ko‘rsatishi, natijaga ko‘ra uni qiyoslash va taqqoslash imkoniyati bo‘lishi;
ichki, tashqi va tizimdagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatishi;
olingan ma’lumotlar tizim kelajagini bashorat qila olish hamda maqsadni amalga oshirish yo‘llarini oldindan tasavvur qilishga ërdam berishi.
Maktab faoliyatini boshqarishda monitoring quyidagi imkoniyatlarniyaratadi:
yangicha yondashuv va qarashlar samaradorligi ta’minlanadi;
ta’lim jarayonining ichki boshqaruvida samarali uslublar qo‘llanadi;
o‘zini oqlamagan va samarasiz uslublardan, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘rganishda ilmiy, uslubiy, diagnostik, nazariy asosga ega bo‘lmagan ishlarni qo‘llashdan hamda tasodifiy sinovlardan voz kechiladi;
o‘qituvchi, maktab psixologi va rahbar o‘rinbosari faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish ta’minlanadi;
o‘quvchi faoliyatini nazorat etuvchi, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi me’yoriy hujjatlar bazasi yaratiladi va tartibga solinadi;
har bir maktabning ichki nazoratini amalga oshirish loyihasi – dasturi va Nizomi ishlanadi;
yaratilgan dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish, uning shakli, mazmuni, hajmi va muddatlari takomillashtiriladi.
Boshqarilayotgan ob’ektlarning axborot modellarini boshqarishning zaruriy sharti ta’lim tizimi faoliyati maromiga mos keladigan tartibda ularni doimiy yangilab borishdan iborat. Buning uchun ob’ektning istalgan natijaga mosligini aniqlash maqsadida uning holatini doimiy nazorat qilish, boshqarilayotgan ob’ekt holatining monitoringi zarur. Kuzatuv kiritilgan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha ob’ektning holatini yaqqol ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlarni to‘plash orqali amalga oshiriladi.
Ko‘p darajali ierarxik boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ta’limning hududiy taqsimlangan tizimi sifatida bunday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim holati monitoringini o‘tkazish quyidagi shartlarga amal qilishni taqozo etadi:
monitoring jarayonini ta’minlovchi tashkiliy mexanizmlarning mahalliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy mexanizmlarga qat’iy mosligi;
mahalliy axborot manbalarining ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatlari uchun huquqiy zamin yaratuvchi huquqiy-me’yoriy baza;
hal qilinadigan masalalar darajasiga mos keluvchi kompyuter bazasi;
axborotlarni saqlash, ularga ishlov berish va ko‘rgazmali taqdim etishning unifikatsiyalashtirilgan dasturiy ta’minoti;
diagnostikalash majmualarini tashkil etuvchi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘lchovlar o‘tkazishda amaldagi ta’lim, metodik yordam va metrologik nazorat tizimi;
olib borilayotgan ishlarni texnik ko‘mak va dasturiy yordam bilan ta’minlaydigan maxsus monitoring xizmati, olingan axborot tahlili va uning asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarishga foydalanuvchilarni o‘qitish hamda ularga konsultativ yordamning mavjudligi.
Ta’limda monitoring pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish orqali va u haqda axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli, rivojlanish va taraqqiyotiga ta’sir etishdan iborat. Masalan, o‘quv jarayonining o‘quvchi shaxsiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha doimiy kuzatuvlar orqali axborot to‘plash, saqlash va qayta ishlash asosida uning ahvoli hamda kelgusi istiqboli belgilanadi.
O‘quv-tarbiya jarayonini baholashning turli strategiyalaridan, ya’ni rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullaridan foydalanish.
Maktab rahbarlari tomonidan ta’lim sifatiga erishish va uni boshqarishning samaradorlik darajasini aniqlash uchun o‘quv jarayoni ichki monitoringi ta’sirchanligi va haqiqiyligini ilmiy-amaliy jihatdan ta’minlash.
Nazoratlarning davriyligi, muddati va mazmunini belgilab olish, nazoratning ochiq va oshkora o‘tkazilishi, natijalarning ob’ektivligini ta’minlash. Maktabda har tomonlama namunali hisoblangan o‘quvchilar nazoratlar davrida maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar jamoasining e’tiboridan chetda qolmaslikni oldini olish hamda ularni rag‘batlantirib borish.
Faol va namunali o‘quvchilarni o‘rnak qilib ko‘rsatishda o‘sha o‘quvchilarning manmanlikka berilib ketmasliklari o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilib turish.
O‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun o‘quv fanlari kesimida tasirchang chora-tadbir belgilash, maktabdagi mavjud ichki imkoniyatlardan mohirona foydalana bilish, zarur hollarda vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun tezkor muqobil qarorlar qabul qilish.
Maktab faoliyatini boshqarishda monitoring pirvard natijasining samaradorligini ta’minlash.
Monitoring o‘tkazishning o‘ziga xos talab va mezonlarini takomillashtirish. Axborotning aniqligi, ravshanligi
– jarayon aniq axborotga suyanmog‘i kerakligi hamda axborot, raqamlar qisqa, lo‘nda, ya’ni qayta ishlash, uzatishga qulay bo‘lishini ta’minlash.
Ta’lim jarayonini avvaldan ishlab chiqilgan tizim yoki mezon indikatorlar yordamida tahlil qilish. Ma’lumotlar o‘zaro qiyoslanganligi, olingan ma’lumot bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rsata olganligi, natijaga ko‘ra uni qiyoslash, taqqoslash mumkin bo‘lishini ta’minlash.
Maktab faoliyatini boshqarishda monitoring pirvard natijasining samaralari yangicha yondashuv va qarash yaxshi natijalar berishiga, ichki, tashqi o‘zgarishlar asosida tizimdagi o‘zgarishlarni aniq, ravon ko‘rsatilishiga erishish. Olingan ma’lumot tizim kelajagini oldindan bashorat qila olishligi hamda maqsadni amalga oshirish yo‘llarini oldindan tasavvur qilishga yordam berishini yangicha yondashuv va qarashlar samaradorligini ta’minlash.
Umuman, ta’limdagi monitoring pedagogik kategoriya bo‘lib, bir vaqtda boshqaruvni tartibga solib borishga yordam beradi.
Axborotlar tahlili asosida pedagogik tizim jarayonida, sog‘lom ruhiy muvozanatni saqlash, boshqaruvni samarali yo‘lga solishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Monitoring uchun axborotlarni to‘plashni o‘z yo‘nalishiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
ta’lim jarayonini hech qanday o‘lchov, qiyosiy birliklarsiz tahliliy-bayoniy ko‘rinishda (tahlil, tanqid, taklif, tatbiq);
ta’lim jarayonini bevosita parametrlarning fizik (strukturaviy) o‘lchovlari orqali tahlil qilish;
ta’lim jarayonini avvaldan ishlab chiqilgan tizim yoki mezon indikatorlar yordamida tahlil qilish;
ta’lim jarayonini ma’lum qabul qilingan ilmiy asoslangan texnologiyalar yoki avvaldan ilmiy izlanishlar asosidagi kuzatuvchilar tahlillari.