Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə20/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

An’anaviy metodlar – kuzatish, eksperiment, tajribani umumlashtirish va ommalashtirish, so‘rovnoma o‘tkazish, ichki nazorat, natijalarni chizma jadval asosida tahlil etish, jadval va tarixiy tahlil.
Noan’anaviy metodlar – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini reyting tizimi asosida aniqlash, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini reyting bahosi bo‘yicha aniqlash.
Monitoring ob’ekti – ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan qarorlar­ning bajarilishi, ta’lim muassasasi ish rejasining bajarilishi, o‘quv jarayoni, tarbiya jarayoni, uslubiy ishlar, innovatsion jarayon, o‘quv-tarbiya jarayonini ta’minlanganligi, ta’lim muassasasidagi psixologik xolat.
Monitoring natijalarini rasmiylashtirish – uslubiy qo‘llanma, tavsiyanoma va dars ishlanmasi, o‘qituvchilarning ijodiy hisobotlari, bilim, ko‘nikma va malakalarning chizma ko‘rinishidagi (diagrammalar) tahlili, qatnashchilar yakuniy reytingi, so‘rovnoma, yozma tahlil, yutuqlar va kamchiliklar natijasi hamda muammolar.
Monitoring natijalarini pedagogik jamoaga yetkazish – pedagogik va metodik kengash, ishlab chiqarish yig‘ilishlari, direktor huzuridagi yig‘ilish, maktabning umumiy ota-onalar majlisi, metod birlashmalar yig‘ilishi, stendlar, devoriy gazetalar, monitoring kabineti, videofilmlar. .(2.2-rasm)

Monitoring yo‘nalishlari





Ta’lim sifati monitoringi

Ta’limga ehtiyoji monitoringi





Shaxsning ijtimoiy darajasi monitoringi

Pedkadrlarning kasbiy mahorati monitoringi





O‘quvchining qiziqish darajasi monitoringi

O‘quvchilarning salomatligi monitoringi





Ma’naviy, ma’rifiy, madaniy tarbiya topganligi monitoringi


2.2-rasm. Monitoring yo‘nalishlari
Monitoring o‘tkazishning o‘ziga xos talab va mezonlari quyida­gi­lardan iborat:

  • axborotning aniqligi, ravshanligi, jarayonning aniq axborotga suyanmog‘i kerakligi. Ma’lumotlar qisqa, lo‘nda, ya’ni ularni qayta ishlash va uzatishga qulay bo‘lishi;

  • ma’lumotlar o‘zaro qiyoslangan bo‘lishi, olingan ma’lumot faqat ahvolni emas, undagi o‘zgarishlarni ham ko‘rsatishi, natijaga ko‘ra uni qiyoslash va taqqoslash imkoniyati bo‘lishi;

  • ichki, tashqi va tizimdagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatishi;

olingan ma’lumotlar tizim kelajagini bashorat qila olish hamda maqsadni amalga oshirish yo‘llarini oldindan tasavvur qilishga yordam berishi



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin