Davlat akkreditatsiyasi bu davlat ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o’quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.
Akkreditatsiya ( lotincha accredo “ ishonch”)- obektning belgilangan mezon va ko’rsatgichlarga muvofiqligini rasmiy tasdiqlash tartibi. Professional xizmatlarni taqdim etishda eng keng tarqalgan bo’lib, uning sifatini baholash uchun iste’molchi, odatda, yetarli vakolatga ega emas. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o’tkazish 5 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich. Ta’lim boshqaruv organlari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablarini tashqi baholashdan o’tkazish uchun buyurtma shakllantiriladi va Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
2-bosqich. Buyurtma asosida tekshirish uchun jadvallar tashkil etiladi. Ichki baholash komissiya tuzilib, ular tomonidan maktab faoliyati o’rganiladi.
3-bosqich. Tashqi baholash uchun eskpertlar jalb qilinadi. Ichki baholashdan olingan natijalar ekspertlar tomonidan ko’rib chiqiladi va tashqi baholash amalga oshiriladi.
4-bosqich. Xulosa tayyorlanib, xulosada berilgan kamchiliklar bartaraf bo’lishi uchun chora tadbirlar belgilab beriladi.
5-bosqich. Umumiy o’rta ta’lim maktablarini akkeditatsiyadan o’tkazish jarayonida ijobiy qaror qabul qilinsa, Ta’lim sifatini nazorat qilish Daclat inspeksiyadi buyrug’iga muvofiq maktabga davlar akkreditatsiyasidan o’tganlogi to’g’risida sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o’tkazish uchun Davlat inspektsiyasida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Davlat inspektsiyasi boshlig’ining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o’tkazishda akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi jalb etiladi. Davlat inspektsiyasi boshlig’i akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarini ichki baholash bu maktab rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki baholash komissiyasi tomonidan har yili biro y davomida, tashqi baholash esa tuman, shahar Xalq ta’limi bo’limi mudiri tasdiqlagan ekspertlar guruhi tomonidan ha 5 yilda bir marta 3 kun davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ichki baholash kommisiyasiga maktab direktorini o’quv tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari, tashqi baholash eskperlariga esa tuman Xalq ta’lim bsohqarmasi mudiri raislik qiladi.10 Ichki baholash jarayonini amalga oshirishning asosiy maqsadi bu tashqi baholash jarayoniga tayyorlanish hisoblanadi ya’ni ichki baholash jarayoni o’tkazilgandan so’ng topilgan kamchiliklar bartaraf qilinishi chora tadbirlari bo’lib o’tadiva tashqi baholash bo’lish jarayonida bu kamchiliklar topilmaydi.
Umumiy o’rta ta’im tashkilotlarida ichki va tashqi baholash jarayonida turli xildagi so’rivnomalar o’tkazib boriladi va so’rovnoma natijalari o’rganib chiqiladi. Bu so’rovnomalar pedogog kadrlardan, o’quvchilardan va o’quvchilarning ota- onalaridan anonim tarzda olinadi. Bu so’rovnomada maktab muhiti, rahbarning boshqaruv darajasi, pedagoglarning salohiyati, ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy manaviy nuhit, yaratilgan sharoitlari va eng asosiysi at’lim sifati haqidagi savollar berilgan bo’ladi. Akkreditatsiya jarayonida olinadigan bu so’rovnoma savollari tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
Maktab haqida o’rganilayotganda barchaning fikri birdek inobatga olinadi. Shuning uchun ham maktab hayotini tashkil etishda o’quvchilarning fikrlari ham inobatga olinadi va ulardan ham anonim so’rovnoma olinadi. Bu so’rovnoma 9-11-sinf o’quvchilari orasida bo’lib o’tadi. Akkreditatsiyalanayotgan maktabdan bitta 9 bitta 11 sinf tanlab olinadi. Rahbariyat tomonidan belgilangan ichki baholashda esa barcha 9 va barcha 11- sinflar qamrab olinadi. O’quvchilardan olinadigan savollar quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: (2.1-jadval)