Navbatdagi indikator - Maktab va ta’lim sifatini boshqarishning demokratik tamoyillar asosida yo’lga qo’yilganligi hisoblanadi. Mazkur indikator quyidagi ko’rstlkichlar asosida baholanadi:
maktab direktorining o’qituvchilar, o’quvchilar faoliyatlarini boshqara olish qobiliyatiga egaligi;
maktabda sog’lom raqobat va sog’lom tanqid, o’z – o’zini tanqid qilishga nisbatan do’stona munosabatning shakllanganligi;
maktabda o’quvchilar hamda o’qituvchilar jamoalarida samimiylikka asoslangan ishchan kayfiyatning yaratilganligi;
maktabda yaratilgan sharoitlar o’quvchilar va ota-onalarni qoniqtirish yuzasidan tadqiqot ishlarining olib borilganligi;
Yana bir indikatori bu - Ta’lim muassasini boshqarishda innovatsion yondashuvni joriy etilganligi. Innovatsion yondashuv ko’rsatkichlari:
innovatsion pedagogik jarayonlar haqida maktab jamoasining tushunchasi mavjudligi;
ta’lim muassasalaridagi izlanuvchan, ijodkor, iste’dodli pedagoglarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining yaratilganligi;
Maktabda o’quvchilarning o’z – o’zini boshqarish mexanizmi yaratilganligi indikatori – ta’lim muassasasida faol o’quvchilar kengashi tashkil etilganligi, maktabning yillik rejalari, ma’naviy tadbirlarini rejalashtirishda o’quvchilarning ishtiroki bilan tavsiflanadi.
Tajri-sinov jarayonida Yakkasaroy tuman maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga qarshlari maktablarda so‘rovnomalar tashkil etildi. (3.1., 3.2., 3.3., 3.4., -rasmlar)
3.1-rasm. Me’yoriy hujjatlarning yuritilish holatlari bo’yicha 73-maktab monitoringi
3.2-rasm. Me’yoriy hujjatlarning yuritilish holatlari bo’yicha 143-maktab monitoringi
3.3-rasm. Me’yoriy hujjatlarning yuritilish holatlari bo’yicha 160-maktab monitoringi