2. Ota-onalar (o‘quvchilarning qonuniy vakili)ga tegishli omillar:
farzandlarining darslarga tayyorgarlik ko‘rishining tashkiliy tomonlariga ahamiyat berganligi (darslik, o‘quv qurollar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar olib berganliklari);
dars tayyorlashlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berganliklari;
farzandlarining dars tayyorlashlarini muntazam nazorat qilib borishi;
farzandlarining qo‘shimcha ta’lim olishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilgani;
ota-onalarning maktab rahbariyati va sinf rahbarlari bilan muntazam ravishda uchrashib, farzandlarining o‘zlashtirish darajasidan xabardor bo‘lib turishlari va h. k.
3. O‘qituvchilarga tegishli omillar:
DTS talablari asosida o‘quv dasturlarini o‘quvchilarga yetkaza olish malakasi;
darsga tayyorgarlik darajasi;
o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirib borishi;
o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va uni to‘ldirib borish mahorati;
o‘quvchilarning shaxsiy psixologik xususiyatlarini bilishi va pedagogik-psixologik jihatdan yondasha olishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan va ilg‘or tajribalardan foydalana olish ko‘nikmasi;
ko‘rsatmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish darajasi va h. k.
4. Maktabdagi shart-sharoit bilan bog‘liq omillar: o‘quv fanlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, moddiy-texnika bazasi, texnik vositalar, kompyuter texnikasi (uning modem va internet tizimiga ulanganligi), kimyo, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asbob-uskunalar, reaktivlar, ko‘rgazmali qurollar kabi jihozlarning va tajriba maydonlarining mavjudligi.
XULOSA Ushbu malaka ishida ta’lim sifatini monitoring qilish, uni tashkil etish va modernizatsiyalash, ta’lim sifati monitoring modeli va uni takomllashtirish, monitoring jarayonini elektron tarzda tekshirib boorish kabi tushunchalarni keng ravishda ochib berish uchun barcha kerakli manbalardan foydalanildi. Bundan ta’limda eng asosiy va ajralmas qism ekanligini bilib oldik. Xulosa qilib ta’lim sifati monitoringini samarali tashkil etish va boshqarish quyidagilarni o’z ichiga olar ekan:
o’quv jarayonining uslubiy ta’minlanish maqsadida, professor-o’qituvchilar tomonidan zamonaviy o’qitish metodikasidan foydalanish holatini o’rganish;
professor-o’qituvchilar tomonidan ta’lim jarayoniga oid davlat talablari, namunaviy o’quv dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya yetilishini o’rganish;
ta’lim jarayonining tashkiliy jihatdan tegishli bo’limlar tomonidan ta’minlanganligini o’rganish;
tinglovchilarning fanlarni o’zlashtirish natijalarini o’rganish, tahlil qilish va o’zlashtirish darajasi bo’yicha hulosalar ishlab chiqish;
respublika va horijiy davlatlarda qo’llanilayotgan zamonaviy, yangi, ilg’or o’qitish texnologiyalarni o’rganish va o’quv jarayoniga tadbiq yetish bo’yicha tavsiyalar kiritish;
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasasida monitoring tizimini tashkil etish uchun baholash tizimini tashkil etishda ba’zi istiqbolli yondashuvlardan foydalanish zarur:
ta’lim yutuqlarini tashqi va ichki nazoratning kombinatsiyasi;
talabalarning majburiy (minimal) va yuqori bosqichlarda tayyorgarligini bir vaqtda baholash;
maktab bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarga nisbatan amal qiladigan topshiriqlardan (masalan, erkin tuzilgan javobli topshiriqlar, amaliy topshiriqlar va boshqalar) kengroq foydalanish;
ta’lim yutuqlari monitoringiga o‘qituvchilarni kengroq jalb etish;