Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Taqrizchi________________________________________Z.Dehkambayeva



Yüklə 143,52 Kb.
səhifə2/9
tarix22.10.2023
ölçüsü143,52 Kb.
#159951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozorova Malohat

Taqrizchi________________________________________Z.Dehkambayeva


MUNDARIJA:
Kirish.............................................................................................................................5
I.BOB.Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi……………………………...8
1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘mi………………………………………...8
2. Tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar……………………………………………16
II.BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi......................25
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi........25
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish davlat talablari………...……...….30
Xulosa..........................................................................................................................37
Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................................................39

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda, ularni kelajakda yetuk shaxs sifatida kamol topishida albatta tarbiyachilarni o’rni katta. Shunday ekan bolalarni o’qitishda yangi zamonaviy uslublardan foydalanish bolalarni yangi zamon ruhida tarbiyalanishida, ularni yetuk mutaxassis bo’lib yetishida asosiy omil bo’ladi, desak to’g’ri bo’ladi. Ushbu maqolada shu fikrlarni asosini ko’rib chiqish mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning isboti o‘laroq 2018-yilda maktabgacha ta’lim sohasida bolalar qamrovi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko‘rsatgich 2019-yil yarim yilligi yakunida 40,5% ni tashkil etdi. Bu albatta davlat rahbarining maktabgacha ta’lim sohasida chiqarayotgan qarorlari va e’tiborlari natijasidir. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi. Qanday qilib ta’lim jarayonini mushkullikdan quvonchli jarayonga aylantirsa bo‘ladi? Shuni aytib o‘tish joizki, sifatli ta’lim birinchi navbatda ta’lim beruvchi tarbiyachi, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
Albatta mashg‘ulotlar tarkibiga yangiliklarni kiritish, ilg’or ish uslublari va metodlarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida pedagogdan kasbiy mahorat talab etadi. Barchamizga ma’lumki, bola uchun birinchi va eng mukammal tarbiyachi bu ota-onadir. Shunday ekan, oila bilan hamkorlik masalalari, ayniqsa bola tarbiyasida otalar o‘rni muhimligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mustaqillik yillarida mamlakatda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlantiruvchi “Ta’lim to‘g’risidagi qonun’’, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‘onasi sanalmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ularning ta’lim olishlari, qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi, uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona uchun ham qarz ham farzdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi.
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi.

Yüklə 143,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin