Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish davlat talablari



Yüklə 143,52 Kb.
səhifə8/9
tarix22.10.2023
ölçüsü143,52 Kb.
#159951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozorova Malohat

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish davlat talablari
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari aniq, bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu hujjat, birinchi navbatda, oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning teng huquqliligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo‘naltirilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida, mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi majburiydir:
• umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan «Mehribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;
• maktabgacha va boshlangich ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim turlari bo‘yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda. Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi rivojlanishining to‘rt yo‘nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash).
Bu to‘rt yo'nalish bo‘limlarga bo‘linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ning vazifalari:
• kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishga har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
• maktabgacha ta’lim metodikasini yaxshilash;
• kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish o‘quv dasturlarini yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish (pedagog kadrlarni o‘qitish o‘quv rejalari);
• maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
• turli ko‘rinishdagi talablar (dasturlar uchun talablar, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarni sertifikatlashga oid standartlar, ota-onalar uchun standartlar)ning yaratilishiga zamin yaratish;
• ota-onalarga bolalarning talab darajasiga erishishlarida yordam ko‘rsatishga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
• jamiyatda bolalar rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlami boyitish. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari yosh guruhlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar asosida berilgan: tafakkur, nutq, ixtiyoriy bilish jarayoni, jismoniy his etish, bilish obyekti, bilish usuli, muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari, muloqot shakllari, ko‘rsatkichlari orqali berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari quyidagi atamalar asosida berilgan: talab, indikator, ta’limga yondashuv va hayot xavfsizligi bo‘limlaridan iborat. Bular:
Talab — aniq yosh davrida bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar majmuyi.
Indikator — bolaning ko‘z bilan ko‘rsa va o£lchansabo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi. Har bir talab tarkibiga kiruvchi bu komponent, mazkur talabni egallashi uchun bola nimalar qilishni bilishi kerakligini ko‘rsatadi. Har bir talab bir nechta ko‘rsatkichni o‘z ichiga olishi mumkin.
Та’limga yondashuv — kattalarning bolalar bilan ta’lim jarayonini tezlashtirish va talabni egallashga yo‘naltirish maqsadida, uy yoki maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiradigan faoliyat turlari. Ushbu chora-tadbirlar mazkur talabni o‘zlashtirish va bajarishga yo‘naltirib, aksariyat hollarda ta’lim olish jarayoniga qiziqtirish uchun kattalar hamda bolalarning birgalikdagi harakatlari bo‘lishi lozim.
Hayot xavfsizligi — berilgan talablar doirasida turli ko‘rinishdagi rivojlantiruvchi faoliyatlar uchun xavfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarida 2,5 oylikdan — 3 oylik bolaning, 3 oylikdan — 6 oylik bolaning, 6 oylikdan — 12 oylikkacha bolaning, 12 oylikdan — 24 oylikkacha bolaning, 24 oylikdan — 36 oylikkacha, 3 yoshdan — 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning, 5 yoshdan — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘rt yo‘nalish bo‘yicha: jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash bo'yicha pedagogik vazifalalar asosida rivojlanish ko‘rsatkichlari berilgan.
Masalan, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari:
1-yo‘nalish. Jismoniy rivojlanish, salomatlik, madaniy-gigiyenik ko'nikmalar. Yirik motorikaning rivojlanishi.
2-yo‘nalish. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Hissiy rivojlanish.
3-yo’nalish. Hissiy rivojlanish.
4-yo‘nalish. Nutq, o‘qish va savodga o'rgatish.
5-yo’nalish. O‘qish va savodga tayyorlash. Bilish jarayoni.
6-yo’nalish. Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar.
7-yo’nalish. Atrof-olamni bilish va anglash.
«Bolajon» tayanch dasturining mazmuni va tamoyiilari «Bolajon» tayanch dasturi 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2010-yilda tasdiqlangan. Ushbu dastur «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» asosida ishlab chiqilgan. Dasturda ilk yoshdan 6—7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash, aqliy rivojlantirish bo‘yicha pedagogik vazifalar asosida har bir yosh guruh bolalari o‘quv yili oxiriga kelib egallashlari lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmi berilgan.
Tayanch dasturning maqsadi «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni, maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat. Dasturning vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiyhissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
• maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
• bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;
• bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
bolalarning qobilyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
• maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;
• maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
• maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
• maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.
Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yishi lozim:
• ijodkorlik, tasawur, zukkolik;
• mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;
• muammolarni aniqlash va ularni hal etish yoilarini topish;
• jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.
«Bolajon» tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:
• davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo'lgan munosabatining kuchayganligi;
• erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
• milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg'usi rivojlanayotganligi;
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usining shakllanayotganligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o‘zo‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini ta’minlaydi. Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
• go‘daklik (1 yoshgacha);
• ilk yosh (1—3 yosh);
• kichik yosh (3—4 yosh);
• o‘rta yosh (4—5 yosh);
• katta yosh (5—6 yosh);
• maktabga tayyorlov davri (6—7 yosh).
Mazmun jihatidan dastur tarkibiga:
• bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;
• bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
• bolalarni nutq, o'qish va savodga tayyorlash;
bolalarni bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo'lishi va uni anglashi;
• bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;
• bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;
• bolalarda o'yin faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida ta’limtarbiya vazifalari keltirlilgan. Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasa va mutaxassislari hamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun mo‘ljallangan.
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta’limning asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi. O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltirad

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki maktabgacha ta’lim tashkilotida har bir pedagog tarbiyachining o‘z oldida belgilab olgan asosiy vazifalaridan biri bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashdan iboratdir. Shu o‘rinda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida MTT da bolalarni kichik yosh guruhlaridan boshlab ularga multimedia vositalari hamda keyslar orqali ertak qahramonlarini badiiy ifodalash bilan ularda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va faollik markazlari orqali ularni kasbga yo‘naltirish, shu bilan birga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash samarali jihatlaridan biri sanaladi.
Shuni ta’kidlash lozimki tarbiyachi rivojlanmasa, maktabgacha ta’lim rivojlanmaydi. Tarbiyachining rivojlanishi esa, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, ta’lim-tarbiyani uyg‘unlashtirgan holda yangiliklar yarata olish, xalq pedagogikasini chuqur bilishi bilan xorij pedagogikasi yangiliklarini o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini boyitib borishi va amaliyotda qo‘llay olishi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarliklar bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi zarurdir. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhlarini o‘ziga mos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlarini tashkil etish, ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi.
Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan va ularni ijodkorlik qobiliyatlarini aniqlashdan iborat bo‘lib qoladi.
Maktabgacha ta‟lim sohasi uzluksiz ta‟lim tizimining birlamchi bo„g„ini hisoblanib, u har tomonlama sog„lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g„oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta‟lim tizimining muhim bo„g„ini bo„lgan maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog„ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‟minlash, maktabgacha ta‟lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‟lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‟lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‟naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda

Yüklə 143,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin