Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi



Yüklə 158,3 Kb.
səhifə6/7
tarix20.11.2023
ölçüsü158,3 Kb.
#163976
1   2   3   4   5   6   7
Albertova Zemfira

2.2. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
 kommunikativlik;
 o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
 tashxis;
 o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
 ijtimoiylashuvlik.
Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:
 o‘ynash uchun olingan rollar;
 bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
 haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
 o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
 o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi. Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.
Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi.
Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol usul:
1. Pedagogik texnologiyaning ajralmas bir qismi sifatida ta’lim tarbiyaning umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yahlit jarayondir .
2. Ta’lim tarbiya jarayonini takommilashtiruvchi, optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj.
3. Didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi ta’lim tarbiya jarayonini samarali mohorat tarza tashkil etishdur .
4. Yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani shaxsni rivojlantirish tarbiyalash shakillantirish uchun xizmat qiladi,
5. Shaxsiylik xususiyatga ega bo’lib muayyan ta’lim tarbiya jarayonida qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yorlar talab etilmaydigan jarayon.
Interfaol usullar o’z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarda quidagi psixologik xususiystlarini shakillantirish bilan ajralib turadi,Ya’ni ;
Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko’rgazmali, tasvirli jarayon asosida rivojlanadi.
Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma’lum tasir etadi.
Ixtiyoriy bilish jarayoni;- o’zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o’z fiktini jamlashga kirishadi.
Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past darajada.
Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o’rtasidagi sabab – oqibatli bog’liqlik .
Bilim ortirish usuli:- mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlar bilan bilim orttirish muloqot qilish.
Muvaffaqiyatli o’zlashtirish shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar bir ishda bilimdonlik.
Muloqot yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot.
Tengdoshlari bilan munosabatlar:- hissiy ko’mak manbai.
His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his- tuyg’ularga egalik.
Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o'quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassanilashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim.
Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan harqandcha pedagogik texnologiya; uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o'quv dasturi yoki darslik, xoh o'qituvchi faoliyati orqali o'tishidan qat’iy nazar, o'quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o'quvchi-talabaning boshqa o'quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o'qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviypcdagogik-texaolegiyalar pedagogik-amaliyotning o'quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo'lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o'tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyafttrrg asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlami shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o'rinda ta'lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me’yorlami o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, o'quvclii-talabalar shaxsini hunnat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta'lim da o'qituvchi (pedagog) ta ’lim mazmunining subyekti, o'quvchi-talabalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o'quvchi-talaba o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi.
Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta ’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.. Ushbu pedagogik texhologiyada ta ’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi. Bu g'oya qay darajada amalga oshirilganligi ta'lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o'quvtarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo'lgan munosabat hisoblanadi. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi — o'z oldiga m a’lum bir maqsad qo'yib, so'ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlami bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi.
Maqsadga yetishda muayyan to'siqni engib o'tish uchun qo'llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi. Inson maqsadga etishda bir necha, ba’zan esa o'nlab-yuzlab to'siqlam i yengishiga to'g'ri keladi. Bu to'siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo'llanadi. Maqsadga yetishda qo'llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.
Usullarni ma’lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. Ta’lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. O'qitish uslublari o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga bo'linadi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchi-talabalaming ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi.
Ta’limning og'zaki uslublariga: hikoya, ma’ruza. suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublami qo'llashda o'qituvchi (pedagog) so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchitalabalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi. Hikoya uslubida o'quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shularjumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejanTqunt ЪПап o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko'rgazmalami muvaflfaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.
Ma’ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o'z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. M a’ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o'quvchi-talabalam ing diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Suhbat uslubi atroflicha o'ylangan savollar yordamida o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasidagi suhbatni ko'zda tutib, u o'quvchi-talabalaming fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi. Suhbat uslubini qo'llashda savollami qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalaming javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta’limning ko'rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali va namoyish qilish uslublari.
Ko'rgazmali uslubi o'quvchi-talabalarga namoyish etiladigan qo'llanmalar. jumladan. xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko'rsatishni ko'zda tutadi. Namoyish qilish uslubi. odatda, qurilma, asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog'liq. Ta'limning ko'rgazmali uslublarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. So'z va ko'rgazm alilikning cham barchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borUqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanishni taqozo etadi. Demak, so'z va ko'rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta'lim vazifasining o'ziga xos xususiyati. mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib. aniq bir holatda ular oqilona uyg'unlashtiriladi.
Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo'llaniladi: vazifa (maqsad)ni qo'yish, uni bajarish uslubini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash. maqsadga to'liq erishish uchun ta ’lim jarayoniga tuzatish kiritish. Amaliy mashqlaming aniq turlaridan biri mashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda o'quvchi-talaba bo'lajak xatti-harakatini faol mushohada qiladi, o'ziga o'zi eshittirib gapiradi hamda bo'lajak voqeani sharhlaydi. Harakatni sharhlash o'quvchi-talabaga o'zining tipikxatosini anglashga va harakatiga tuzatishlar kiritishiga ko'maklashadi. Amaliy tarbiya uslublarining ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Keyingi yillarda maktab, o'rta maxsus, kasbhunar ta ’limi muassasalari va oliy o'quv yurtlarida frontal laboratoriya ishlari mustahkam o'rin oldi.
Amaliy uslublar tarbiyani so’z orqali ifodalash va uni ko'rgazmali uslublar bilan mustahkamlash jarayoni bilan chambarchas bog'liqlikda qo'llaniladi, bunda mashq, tarbiya, mehnat operatsiyasini bajarishdan oldin o'qituvchi (pedagog) tushuntirish beradi, ko'rsatadi. Og'zaki tushuntirish va ko'rgazmali namoyish, odatda, mashqni bajarish jarayonining o'zi bilan bir vaqtda olib boriladi. Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo'llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o'qituvchi (pedagog) awalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to'g'riligini tasdiqlaydi.
O'quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo'llari to'g'risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o'quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. O'quv materialini muammoli uslub yordamida o'tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, faktlarni tahlil qilish, o'quvchitalaba fikrini o'z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko'zda tutadi. M uamm oli-qidiruv uslublari ko'proq ijodiy bilim faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo'llanadi. Ular o'quvchitalabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi.
Bu uslublar ta’lim jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko'zda tutilganda, faktik axborotni m a’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya tajriba o'quv ko'nikmalarini hosil qilishda, o'quv materialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo'lmasdan, ilgari o'rganilganining mantiqiy davomi bo'lsa, uning asosida o'quvchi-talabalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sababoqibat va boshqalarga olib kelsa, samaraii qo'llanadi. Muammoliqidiruv uslublari ko'proq o'qituvchi(pedagog)lar o'quvchi-talabalami muammoli vaziyatni yechish faoliyatiga tayyorlagan hollarda qo'llanadi. Shuning uchun bu uslub o'zini ilmiy-tadqiqot ishlariga bag'ishlagan talaba yoshlarga asqotadi.
Pedagog, odatda, o'z oldiga talabalar materialning mazmunini tushunib, o'zlashtirib olishsin, m a’lum bilimlarni egallab amaliyotda qo'llashga o'rgansin, degan maqsadni qo'yadi. Lekin o'zlashtirish, tushunish, qo'llash nimani anglatadi? Pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishganligini qanday biladi? Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo'lgandagina, pedagog o'zining mehnati samaraii ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O'qitish uslubini tadqiq qiiishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.
Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko'rinishda oladi. Hattoki, o'quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu erda maqsadlami aniqlashtirishning o'ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan — ta’lim tizimi vazifalariga. ulardan—m a’lum o'quv yurti, o'quv predmeti, uning mavzuli bo'limlari va alohida o'quv maqsadlariga o'tish mumkin. M.V.Klarin ta’limoti bo'yicha pedagoglar tom onidan maqsadlami belgilashning an’anaviy usullari quyidagilar:
1. O'quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.
2. Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash.
3. Talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o'quv maqsadni qo'yish.
4. O'quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo'yish.
Shu munosabat bilan o'qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasawurga ega bo'lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namoyon bo'lishidan xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o'qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo'lgan tashqi belgilarini, ya’ni so'zlashish, harakatlanish jarayonini to'la tasvirlashga intiladi. Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.
Ilg'or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo'llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo'nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta'limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o'tish, bo'lim mazmunini yaxlit holda o'zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o'rganib qolgan an’anaviy ta’lim o'rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo'lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o'tishni taqozo qiladi.
Ta’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:
- ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash;
- ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish;
- ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish;
- ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.
Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- muntazam tahlil qilib borish;
- loyihalashtiruvchi vositalaming eng zarurini tanlash;
- metod va usullaming maqsadga muvoflqligini aniqlay bilish;
- olinishi zarur bo'lgan natijasini oldindan taxmin qilish, ya’ni maqsadlaming amalga oshishiga erishish;
- ta’lim jarayonining yaxlitligini ta ’minlash.
Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta’lim berishning namunaviy vaziyatdagi o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor, ya’ni reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta ’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan bog'liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalaming ma’lum «poydevori» hosil qilingandan keyingina, ta ’limning natijali, ya’ni produktiv va ijodiy yondashish uslublariga o'tish mumkin.
Bugungi kunda, muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir. Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi. Muammoli o‘qitish, o‘qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o‘zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi. Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o‘quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o‘quvchini uni yechishga yo‘naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi. O‘quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ularni yechimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi.
Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894-yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o’quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to’g’ri so’zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o’qituvchining o’quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto’g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli oʼqitishning turli ta’rif va tavsiflar bor. Bizningcha, nisbatan toʼliq va aniq taʼrif M.I. Maxmudova tomonidan berilgan boʼlib, unda muammoli oʼqitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan oʼrgatish va dars berish usullarini qoʼllash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga boʼlgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.Shunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi o’quvchilar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o’quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir.
O’quv jarayonining amaliy tahliliy muammosi o‘qitishning o‘ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Kurs ishining maqsadi va natijasini belgilash o'qitish va o'qish jarayonlarining eng muhim omili boʻlib, ta'lim jarayonida aynan ular yetakchi o'rin tutadi. Mashg'ulotning maqsad va natijasi DTS talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ayni o'rinda shuni ham qayd etib o'tish kerakki, mashg'ulotning maqsadi tarbiyachi tomonidan o'quvchiga qanday bilim, ko'nikma va malakalarning berilishi nuqtai nazaridan emas, balki o'quvchilar tomonidan mashg'ulotda qanday bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilishi muhimligidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Mashg'ulot maqsadining aniq bo'lishiga erishish uchun pedagogdan quyidagilarga e'tibor qaratish talab etiladi.

Yüklə 158,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin