Kurs ishining maqsadi: Bolalarga dars o`tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali bolalarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va shakllantirish.
Kurs ishining vazifasi: 1. Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganib tahlil qilish.
2. Bolalarni bilimlarini mukammallashtirish yo’llarini aniqlash.
3. Tadqiqot metodikasini tanlash.
4. Tadqiqotni rejalashtirish, tashkil etish o’tkazish.
5. Olingan natijalarni tahlil qilish.
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta'lim tashkiloti
Kurs ishining predmeti: Mavzuni yoritib berishda hizmat qilgan adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar kurs ishini predmeti bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan, betdan iborat.
I.BOB. O`yinli texnologiyalar va ularni amalga oshirish bosqichlari 1.1. Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanishning maqsad va vazifalari Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular mohiyatiga ko’ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o’z tarixi va shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko’p. Insoniyat o’zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta’lim va tarbiya uchun asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hozirgi davrda mavjud bo’lgan turli davlatlarning ta’lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa pedagogik texnologiyalar misol bo’la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o’zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig’iga” jamlanib boraveradi.
Har qanday o’quv fani, ma’lumki, quyidagi komponentlarni o’zida jamlaydi:
- kursning davomliligi (muddati);
- o’qitishning maqsad va vazifalari;
- o’qitishning mazmuni;
- maqsadli guruhning tashkil etilishi;
- o’qitish jarayoni;
- o’qitish metodikasi;
- o’quv quvvati;
- baholash.
O’qitishning mazmuni o’quv birligining davomiyligi va o’zlashtirish darajasi orasidagi uzviy bog’lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o’zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o’rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko’rsatkichlarga ega bo’ladilar.
Har qanday pedagogik texnologiya qo’llanilishida didaktikaning asosiy va yordamchi tamoyillari (printsiplari), albatta, amal qiladi:
- ma’lumdan noma’lumga;
- oddiydan qiyinga yoki murakkabga;
- aniqdan mavhumroqqa (abstraktga);
- kuzatishdan nazariy umumlashmalarga;
- umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga va boshqalar.
Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma’lumotlar keltirilganda ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi.
Ma’ruza. Ma’ruza o’qitishning eng keng tarqalgan shakli bo’lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o’rinni egallaydi. U o’qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko’rinishi, deb ham ataladi. Bunda o’qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko’zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo’lishiga erishish mumkin.
Iqtisodiyot o’quv predmetlarini, odatda, ko’proq ma’ruzalar tarzida bayon etiladi. Chunki bunday kurslar ko’proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga tabiatan ega bo’ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy umumlashtirish mashg’ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa metodlari kamroq samarali bo’lib qoladilar. Ma’ruzani tashkil etish paytida o’qituvchi o’quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samarali metodlar bilan o’qitilgandagi kabi tayyorgarlik (bilim) oladilar. Faol metodika yordamida o’qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o’qitish jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o’quv materiali tez va soz o’zlashtiriladi.
Ma’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va tuzilmasi orasidagi bog’lanishning yechimini topish zarur bo’ladi. Ma’ruzalar o’quv predmetining bosh masalasi ko’nikma hosil qilish emas, balki bilim o’zlashtirish bo’lganidagina samara beradi. O’qitishning barcha mavjud masalalarini uch guruhga ajratish mumkin:
- bilimlar;
- ko’nikmalar;
- ko’rsatmalar.
O’qitish masalalaridan kelib chiqqan holda uning metodi tanlanadi. Agar ta’lim jarayonida tavsiflash, yodga tushirish, sanab o’tish, kategoriyalar bo’yicha taqsimlash, ta’riflar keltirish, baholash va tushuntirish kabi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi lozim bo’lsa, albatta, ma’ruza shaklidagi o’quv mashg’ulotlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Hayot bilan, kundalik turmush bilan, muhim voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan ma’ruza materiali oson o’zlashtiriladi. Suzishni yoki avtomobilь boshqarishni ma’ruza mashg’uloti yordamida o’rgatib bo’lmasligi ravshan. SHu boisdan, uquv va ko’nikma hamda malaka egallanishi birinchi o’rinda turadigan faoliyatda ma’ruzaning tutgan o’rni juda kichikdir. Nazariy bilimlar va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo’lgan ma’lumotlar ma’ruza yordamida berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruza davomida o’qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq komponentlari muhim rolь o’ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa o’rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining o’zgarishi va o’rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon mo’’tadilligining o’zgarishi, o’rinli kalimalarning galma-gallanishi, qiziqarli ma’lumotlarning bezak tarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning to’laqonliligi ko’rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham bog’liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy ob’ektlar va AKTning turli elementlaridan o’rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi.
Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo’ladi:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa.
Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog’liq ravishda turfa ko’rinishlar va mazmunga ega bo’ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi o’qitishning barcha tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo’ladi.
Munozara. Ko’pchilik o’quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o’qitish dasturlari, o’quv rejasi va ta’lim muassasasining o’ziga xosligiga bog’liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti bilan aloqadorlikda munozara tarzidagi o’quv mashg’ulotlarini taqozo etadi. Birinchilan, tinglovchilar faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali vaziyatlarga o’rin qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-xohishlari to’la qondiriladi. Eng muhimi, bunday sharoitda o’quv materiali to’la-to’kis o’zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko’rinish va mazmunda bo’ladi. Ko’rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo’ladi.
Munozara ikki turli bo’ladi:
- boshqariladigan;
- erkin munozara.
Boshqariladigan munozarada o’qituvchining ishtiroki sezilarli darajada bo’ladi, lekin bu ishtirok uning o’quv jarayonidagi hakamlik mavqeidan oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o’tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o’quv haqiqati birinchi o’rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolyut haqiqat yo’li bilan qo’lga qiritilishini hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir.
Munozaraning natijasini o’qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o’qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi.
Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik-eng muhim pedagogik vazifadir. Uning o’quv qimmatini boshqariladigan munozaradan kamroq baholab bo’lmaydi.
Munozara mashg’ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi muhimdir:
- reglamentga rioya qilish;
- boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;
- ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo’lga kiritish;
- o’qituvchining o’quvchilariga nisbatan hukmron bo’lmasligi.
Passiv o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash-aksariyat o’qituvchilar uchun amalda bajarib bo’lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun:
- savollar beriladi;
- har bir shaxsning xususiy fikri so’raladi;
- to’g’ri javoblar rag’batlantiriladi;
- noto’g’ri javoblar va xatolar to’g’rilanadi va to’ldiriladi.
Munozaraning muvaffaqiyati o’quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, hur fikrliligi va jamoadagi sog’lom pedagogik-psixologik muhitga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Guruhiy ish. Bu so’nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o’qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o’quvchilarning qandaydir muhim o’quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg’ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o’qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o’g’il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo’lishi mumkin. Ta’lim yo’nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o’quv mebellarini talab qiladi. O’qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo’lishi lozimligi ham qiyinchilik tug’diradi.
Muammoli topshiriqlar.Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo’yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallari o’zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo’l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O’quv materiali guruxlarga alohida-alohida bo’lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Yechimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o’qituvchi bosh hakam tarzida so’nggi va hal qiluvchi so’zni aytadi. O’quv materialining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o’ta muhim omildir.
Muammoli topshiriqlar o’qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab qiladi. Shu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan variantlarini topish va qo’llash murakkab jarayondir.
Loyihaviy topshiriqlar.Biror o’quv materialini atroflicha va chuqur o’rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O’rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o’tkazish uchun bazaviy va boshlang’ich tayanch ma’lumotlar talab qilinadi. O’quv predmetini o’zlashtirishning bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o’quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari yetaklaydi.
Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar yig’indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo’ladi.
Rolli o’yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o’yinlari). Bunday o’yinlar muammoli topshiriqlarning bir ko’rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg’ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish qilishga keng imkon beradi. O’qituvchi har bir o’quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo’lmasligini ta’minlash ham talab qilinadi. O’quv mashg’uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko’proq yaqinlashadi.
Yorib o’tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash o’qishlaridan iborat bo’lib, uning maqsadi har bir odamda mavjud bo’lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo’g’ib qo’yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg’otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va hulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, o’z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo’llarini ko’ra olishlarini faollashtirish va o’zgartirish bo’yicha ishlab chiqilgan ko’p sonli mashg’ulotlardan iborat.
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo’lib, maxsus mablag’lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so’nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo’lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo’llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday yo’nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQSHning yuzga yaqin shaharlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir.
Darhaqiqat, yorqin, oqlangan o'yinchoqlar har doim bolalarning e'tiborini jalb qiladi, ular bilan o'ynash istagini uyg'otadi, bu ular estetik tarbiya funktsiyasini bajarishini anglatadi. Didaktik o'yinda jismoniy tarbiya. O'yin deyarli har doim farovonlikni, ijobiy hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, didaktik o'yinchoqlar yordamida o'yinlar bo'lib, ular davomida qo'llarning nozik motorli mahoratlari mustahkamlanib, rivojlanadi. Bu bolalarning aqliy rivojlanishiga eng qulay ta'sir ko'rsatadi, qo'llarni yozishga tayyorlashga yordam beradi. Ko'pgina didaktik o'yinlar madaniy va gigiena ko'nikmalarini shakllantiradi.
O'yinda bolalar turli xil his-tuyg'ularni ifoda etadilar, hamma narsani birgalikda, ya'ni birgalikda bajarishga intilishadi. Bolalarning etakchi faoliyati maktabgacha yosh o'yin faoliyati hisoblanadi. Didaktik o'yin - bu batafsil, murakkab, pedagogik hodisa: bu maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishning o'yin usuli va bolalarni o'qitish shakli va bilan mustaqil o'yin faoliyati va bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995 yilda AQSHda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo’lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O’zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda Afg’oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo’ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o’quv jarayoni bo’lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo’li bilan guruhning o’z-o’zini tashkil qilish ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”.
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O’zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi.
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:
- tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o’quv reja (ayrim o’quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
- rasmiylashtirilgan o’quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog’langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
- norasmiy o’quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg’ulotlar tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg’ulotlar alohida tayyorgarlikdan o’tgan o’qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o’tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va ma’lum yo’nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.