NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Tasdiqlayman” Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’lim boshlig’i_________ S.Umarov «___»________2023-yil
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 406-guruh talabasi Albertova Zemfiraning
Kurs ishi “O’yinli texnologiyalar va ularning funksiyalari " mavzusidagi
Ilmiy rahbar: _________ M.A.Sultansaidova
Himoyaga tavsiya etilsin “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedra mudiri: p.f.n.dotsent_________F.U.Jumanova
“___” ___________ 2023
Toshkent – 2023
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim fakulteti Talabaning F.I.SH : Albertova Zemfira
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-kurs:406-guruh
Fan nomi: Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
Kurs ishi mavzusi: O’yinli texnologiyalar va ularning funksiyalari.
MUNDARIJA: Kirish.............................................................................................................................4
I.BOB. O`yinli texnologiyalar va ularni amalga oshirish bosqichlari…………….7
1. Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari …….…….. .7
2. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari..........................….…17
II.BOB. Maktabgacha talimda o'yinli texnologiyadan foydalanish………...…....20
1. Pedagogning innovatsion faoliyati……………………………...……...................20
2. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi..................…..........................29
Xulosa..........................................................................................................................43
Foydalanilgan adabiyotlar ........................................................................................44
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo’ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlarning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o’lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o‘sdi - maktablar, o’quv texnikumlari, magistratura, universitetlar ko‘paydi; zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo’llanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o‘qituvchilarning bahs va mushohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o‘rin egalladi.
Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g‘oyalarini o’quv amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig’ida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr o’quv uslubining tabiati va mohiyatiga, xalqimizning milliy mintalitetiga, o’quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo qiladi.
Rus olimi M.A.Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logi- kasi o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o‘zaro qo‘shilib ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriq, muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi. Qiyinchiliklani sezish, ularni bartaraf etishga intilish o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo‘r berib aqliy va amaliy muammolarni yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim rivojining harakatlantiruvchi kuchidir. Talim zvenosi - yaxlitlikning harakatdagi tarkibiy qismi va bu ta’lim jarayonining alohida olingan bo‘lagi bo‘lib, u o‘zida ta’limning spiralsimon harakatini aks ettiradi.
O’tgan 2022-yili ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish masalasi ham diqqat markazimizda bo’ldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan harajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investitsiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan 2 barobar ko’pdir.
2022-yilda bu sohada 384 ta ob’yektning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha qiymati 423 milliard so’mlik ishlar amalgam oshirildi, na’munaviy loyihalar asosida 29 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 136 tasi kapital ta’mirlandi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2200 talabaga mo’ljallangan yangi zamonaviy o’quv korpusi, sport majmuasi, shuningdek, o’quv jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun mehmonxona barpo etildi. Navoiy davlat konchilik institutida yangi o’quv binosi qurilishi nihoyasiga yetkazildi.
Oliy ta’lim sohasida oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomollashtirilgan tizim joriy qilindi.15 ta tayanch oliy o’quv yurtida oliy talim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2700ga yaqin o’qituvchisi malaka oshirdi.