Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


-jadval: Didaktik o’yinlarning turlari va xususiyatlari



Yüklə 158,3 Kb.
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü158,3 Kb.
#163976
1   2   3   4   5   6   7
Albertova Zemfira

1.2.1-jadval: Didaktik o’yinlarning turlari va xususiyatlari.

O’qituvchi-pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:


1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham muhim o’rin tutadi.
Konferentsiya mashg’ulotlari o’quvchlarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchlarning ixtiyorida bo’ladi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa o’quvchlar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
V. O’quvchlarni baholash. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchlar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
Har bir yo’nalish bo’yicha «Olimlar» maqomini olgan o’quvchlar o’zlariga tegishli mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurollar asosida qo’shimcha materiallardan foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, o’quvchlar o’rtasida bahs va munozara o’tkaziladi.
Shunday qilib, didaktik o’yinli mashg’ulotlar orqali o’quvchi-o’quvchlar yangi kasblar bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini iqtisodiyotning qaysi sohalarida qo’llash mumkinligini ko’rsatadilar, ushbu fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil foydalanishga, o’z o’rtog’ining fikrini sabot va chidam bilan tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga o’rganadilar.

Yüklə 158,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin