Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə16/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Til ijtimoiy hodisadir


Ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunish kerak? Eng avval mana shu savolga javob berish lozim. “Ijtimoiy” degani yakka shaxsga emas, balki butun jamiyatga tegishli deganidir. Demak, nimaiki butun jamiyat uchun xizmat qilsa, jamiyat tomonidan rivojlantirilsa, shu narsa ijtimoiy hodisadir. Bunga birinchi navbatda til kiradi. Adabiyot, san’at, madaniyat ham ijtimoiy hodisalardir, lekin bu hodisalarning asosida baribir til turadi.
Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo`lishi uchun yordam bеradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o`z fikrlarini, his-tuyg`ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli bеqiyosdir. Til bo`lmasa, jamiyatning bo`lishi mumkin emas, chunki til insonlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Bundan tashqari, til bir millatni boshqa millatdan ajratib turuvchi eng muhim belgilardan biridir. Til taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog`liq.
Til va tafakkur

Tafakkur – bu fikrlash deganidir. Inson gapirishdan oldin o`ylaydi, fikrlaydi. “Avval o`yla, keyin so`yla” degan maqol bejiz yaratilmagan. Demak, til va tafakkur o`zaro chambarchas bog`liqdir. Tafakkur borliqning ongda aks etishi bo`lsa, til tafakkurning muayyan belgilar (masalan, tovushlar) orqali ifoda qilinishidir. Buni quyidagi chizmada aks ettirish mumkin:



Yuqoridagi maqolda fikrning so`zdan oldin kelishiga ishora qilingan. Borliq dastavval so`zlovchi ongida fikr shaklida namoyon bo`ladi, keyin bu fikr so`zlar vositasida gapga aylanib, tinglovchiga yetkaziladi. Tafakkur va tilning o`xshash va farqli tomonlari bor. O`xshashligi:


1. Til ham, tafakkur ham insonga xos.
2. Har ikkalasi ham borliqni aks ettiradi.
3. Har ikkalasi ham bir paytda paydo bo`lgan.
Farqlari:
1. Tafakkur birliklari tushuncha, hukm, xulosa hisoblansa, til birliklari so`z, birikma va gapdir.
2. Tafakkurni mantiq fani o`rgansa, tilni tilshunoslik o`rganadi.
3. Turli millat vakillari bir xil fikrlashlari mumkin, lekin ular o`z fikrlarini har xil tillarda ifodalaydilar.
Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi, chunki til bo`lmaganida insonning tafakkuri yuzaga chiqmagan bo`lar edi. Xuddi shuningdek, tafakkur bo`lmasa, tilga hech qanday ehtiyoj yo`q. Biz bu o`rinda til deganda fikrni ifodalovchi har qanday vositani nazarda tutyapmiz: kar-soqovlarning imo-ishora tili, yo`l harakati belgilari va boshqalar ham shu jumlaga kiradi.


Til va nutq

Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kеlinardi, bu ikki so`zni ma'nodosh (sinonim) so`zlar sifatida ishlatavеrar edik. Kеyingi paytlardagi tadqiqotlar til va nutq tushunchalarini farqlash zarurligini ko`rsatadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin