Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Til dеganda ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bo`lgan hodisani tushunishimiz kеrak. Nutq



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə17/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Til dеganda ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bo`lgan hodisani tushunishimiz kеrak. Nutq esa shu tilning ma'lum paytda va ma'lum o`rinda namoyon bo`lishidir. Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o`yinini misol qilib kеltirishadi7. Shaxmat donalari, taxtasi, shaxmat o`yini qoidalari yig`indisi tilga qiyos qilinadi. Bu narsalar taxminan to`rt ming yildan beri o`zgarishga uchramasdan kelyapti. Har bir shaxmatchining o`yin uslubi, o`ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o`xshatishadi. Muayyan til birliklari vositasida turli fikrni ifoda qilish mumkin. “Ega+to`ldiruvchi+kеsim” ko`rinishidagi qolip tilga tеgishli bo`lsa, nutqda shu qolip asosida son-sanoqsiz gaplar tuzish mumkin: “Mеn ukamni ko`rdim // Sobir akasiga yordamlashdi // Salim opasidan eshitdi... Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog`liqdir.
Tilshunos olim Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini - lison va nutq tushunchalarining farqlanishi haqida yozadi. “Lison, - deb yozadi olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi”8. Olimning fikricha, bu juftlikda nutq asosiy rol o`ynaydi, chunki tildagi hodisalar dastlab nutqda yuzaga keladi va keyinchalik lisonga ko`chadi. O`z navbatida bu hodisa lisondan nutqqa olib chiqiladi9.
Til va nutq tushunchalari ikkita har xil hodisalarni ifodalamas ekan, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish mumkin emas, chunki hodisani shu hodisaning namoyon bo`lishiga qarama-qarshi qo`yib bo`lmaydi.


O`zbek tili – O`zbekiston Respublikasining davlat tili

Til jamiyatsiz mavjud bo`la olmaydi. Jamiyat a’zolari tilning yashashi, rivojlanishi uchun mas’uldirlar. Shu munosabat bilan, o`tgan asrning 70-80-yillaridagi o`zbek tilining ahvolini eslash o`rinlidir. Bu davrda o`zbek tilining faoliyat ko`rsatish doirasi juda torayib, uning butunlay yo`qolib ketish xavfi paydo bo`ldi. Ana shunda jamiyatimizning ilg`or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg`urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo`yilgan ilk qadamlardan biridir.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” 10.
Eng avvalo, ”davlat tili” tushunchasiga izoh berib o`tish lozim. Bu degani til boshqa davlat ramzlari qatorida qonun asosida davlat himoyasiga olingani, til bilan bog`liq masalalar davlat darajasida hal qilinadi, deganidir.
Quyida mazkur qonunni to`laligicha keltiramiz.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin