Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə162/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
Gapda so`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar orqali bo`ladi:
1. Affikslar. O`zbek tilida so`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvida turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to`ladi (O`.H.). Bu gapdagi so`zlar o`zaro kelishik affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan.
2. Yordamchi so`zlar. Ko`makchilar, bog`lovchilar gapda so`zlarning o`zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug`vorligi uning soni bilan o`lchanmaydi, yagona o`lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’lga (o`lchanmaydi) bilan ko`makchisi orqali bog`langan; kamoloti, barkamolligi so`zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargani holda va bog`lovchisi yordamida sintaktik munosabatga kirishgan.
Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog`lovchi vazifasida kelib, gaplar, so`zlar orasidagi sintaktik munosabatni ko`rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. (P.Q.).
Bog`lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan yordamchidir: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
3. So`z tartibi. Gap tarkibidagi so`zlarda maxsus grammatik ko`rsatkichlar bo`lganda, ularning o`rnini almashtirish sintaktik holatni o`zgartirmaydi. Qiyoslaylik: daraxtlarning tagida... nozikkina maysalar ko`rinib qoladi. (O`.U.). – Nozikkina maysalar daraxtlarning tagida ko`rinib qoladi.
`So`zlarda maxsus grammatik ko`rsatkichlar bo`lmaganda, ularning o`rnini almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili birikma) – Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig`iq gap).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin