Taqlid so`zlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so`zlar taqlid so`zlar deyiladi. Bunday so`zlar ma’no jihatidan ikki turga bo`linadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo`o`, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g`a-g`a, qag`-qag`, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g`ivir-g`ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid so`zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo`llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so`zlar orasiga chiziqcha qo`yiladi.
Taqlid so`zlar mustaqil so`zlar kabi gap bo`lagi bo`la oladi: Shamol g`ir-g`ir (hol) esmoqda.
Tovushga taqlid so`zlar ba’zan otlashib, ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to`ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g`ovur-g`ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug`ur-chug`urning to`xtashi amri mahol.
27-MA’RUZA.
SINTAKSIS. SINTAKTIK ALOQA TURLARI. SO`Z BIRIKMASI,GAP BO’LAGI VA GAP SINTAKSISINING TEKSHIRISH OBYEKTI SIFATIDA.
Reja:
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot
Sintaktik aloqa turlari
So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
So`z birikmasi
So`z birikmalarining tasnifi
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so`zidan olingan) grammatikaning bir bo`limi bo`lib, so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmasi, gap, uning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
Sintaksis, bir tomondan, so`z va so`zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish, birikish yo`llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog`lanish asosida yuzaga keladigan sintaktik birliklarni o`rganadi.
So`z birikmasi, gap, gap bo`laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik kategoriyalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |