Bir tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin:
2) turli tipdagi birgalik ergashishda ergash gaplar har xil bo`ladi va ularning har biri bosh gapdagi biror bo`lakni yoki bosh gapni butunicha turli tomondan izohlaydi, aniqlaydi, to`ldiradi.
Ularning so`roqlari ham har xil bo`ladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan ergash gaplar deb yuritiladi: Qor tingach, tashqarida juda sovuq bo`lsa ham, ular tekshirishni davom ettirdilar. (CH.Aytmatov). Bu qo`shma gapda payt ergash gap va to`siqsiz ergash gap bosh gapni turli tomondan izohlab kelgan.
Turli tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin:
2. Ketma-ket ergashishda ergash gaplar bosh gapga to`g`ridan-to`g`ri tobelanmay, biri ikkinchisiga bo`ysunib, so`ng bosh gapga bog`lanadi. Bu xil qo`shma gaplarda ergash gaplar mazmunan zich bog`langan bo`ladi va ergash gaplardan biri tushirilsa, umumiy mazmun anglashilmay qoladi. Masalan: Yuk oz bo`lsa ham, olis va o`nqir-cho`nqir yo`llarda motor tez qizib, radiator erib ketishi hech gap emas. (Ch.Aytmatov). Ketma-ket ergashishni chizgida quyidagicha ko`rsatish mumkin:
3. Bog`lovchisiz qo`shma gap toifasidagi (bog`lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo`shma gaplar Murakkab qo`shma gapning bu turida uch va undan ortiq gaplar bog`lovchi vositalarsiz, ohang (intonatsiya) orqali bog`lanadi, bu jihatdan u oddiy bog`lovchisiz qo`shma gapdan farqlanmaydi, lekin bunda gaplar orasidagi semantik munosabatlar murakkabroq bo`ladi:
1) gaplar o`zaro teng munosabatda bo`ladi: Suv tiniq, yaproqlar qirmizi rang tortgan, havo musaffo edi. (F.Musajonov). Mazkur gapning chizgisi quyidagicha:
, , , ,
2) teng munosabatdagi ikki va undan ortiq gaplar ular uchun umumiy gapdan anglashilgan fikrni izohlab keladi:Tushdan keyin hamma jonlanib qoldi: birov hazil qilgan, birov shang`illab qandaydir voqeani so`zlagan, eng dangasa ishyoqmaslar ham allanechuk serg`ayrat, chaqqon bo`lib qolgan. (F.Musajonov). Keltirilgan gaplarning chizgisi quyidagicha: