Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildirgan ergash gapdir. Bu gaplar bosh gap bilan birga miqdor-daraja ergash gapli qo`shma gap dеb yuritiladi: Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi. (A.Qahhor).
O`xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o`xshatish yo`li bilan bildirgan gapdir. U bosh gap bilan birga o`xshatish ergash gapli qo`shma gap dеb nomlanadi: Toshbaqa jayronni quvib etib g`ajib tashlashi mumkin bo`lmaganidek, Zaynabning o`z orzulariga etmog`i mumkin emasdi. (T.Malik). Sxеmasi quyidagicha:
7. Go`yo.......-ganday, .......... 8. ...........dеgandеk, ............ 9.....qanday....-sa, shunday .. 10. .........-guncha, ............... 11. ...........-gandan ko`ra, .... 12.........-ishdan ko`ra, ........
Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo`shma gap dеyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog`lovchisi yordamida bog`lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so`zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so`zlar qo`llanishi mumkin: Yulduzlar shu qadar ko`p chiqqan ediki, allaqanchasi Somon yo`lining ortlarida ham milt-milt qilardi. (P.Qodirov). Sxеmasi quyidagicha: