Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Epenteza – so`z o`rtasida tovush orttirilishi: sinf→sinif, fikr →fikir, aql →aqil kabilar. 5. Epiteza



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə47/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

4. Epenteza – so`z o`rtasida tovush orttirilishi: sinf→sinif, fikr →fikir, aql →aqil kabilar.
5. Epiteza – so`z oxirida tovush orttirilishi: otpusk→ otpuska, kiosk →kioska, tank →tanka kabi.
6. Geminatsiya – so`zdagi bir undoshning ikkilantirilishi: maza→mazza, achi+q→acchiq, isi+q→issiq.
7. Degeminatsiya - geminatsiyaning teskarisi: sen+ni→seni, qay+yoqqa→qayoqqa.
8. Prokopa – so`z boshida tovush tushirilishi: yilon →ilon, yigna→igna.
9. Proteza – so`z boshida tovush orttirilishi: rus →o`ris, shkaf →ishkaf, stol →ustol kabi.
10. Reduksiya – unli tovushning urg`usiz bo`g`inda kuchsizlanishi: bilan→bьlan, biroq →bьroq, birikma →bьrikma kabi.
11. Sandxi - to`liqsiz fe’llarning birinchi tovushi tushirib, oldingi fe’lga qo`shib yozilshi: kelar edi→kelardi.
12. Singarmonizm - unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg`unligi dеmakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi. Bunga ko`ra so`zlarning oldingi bo`g`inida qanday unli kеlsa, kеyingi bo`g`inida ham shunday unli kеlishi kеrak: burun, quruq, uzun. Hozirgi o`zbеk adabiy tilida singarmonizm qonuniyati buzilgan. Masalan, bola so`zida birinchi unli til orqa bo`lsa, ikkinchisi til oldi unli.
13. Sinkopa – so`z o`rtasidagi tovushning tushib qolishi: sust+ay→susay, pastqam →pasqam (pastqam), o`gil →o`g`li, burun →burni, shahar →shahri kabi.
14. Sinerezis - ketma-ket kelgan unlilarning bir cho`ziq unli sifatida aytilishi: mudofaa→mudofa:, maorif→mo:rif.
15. Spirantizatsiya – ayrim jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi: ko`ylak+i→ko`ylagi, o`choq+i→o`chog`i.


7-MA`RUZA
MAVZU:
ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT


Orfoepiya38 adabiy til talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi tilshunoslikning sohasidir.
Orfoepiya milliy til uchun yagona talaffuz me’yorlarini belgilaydi. Ma’lumki, o`zbek milliy tili dialektik tarkibi jihatdan rang-barang bo`lib, u uch katta lahja(dialekt)ni o`z ichiga oladi:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin