Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə49/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

1. Unlilar orfoepiyasi


i unlisi:
1) bir , bitta , kir, tiq kabi bir bo`g`inli so`zlarda, kishi, bilan, bilak, tila , firibgar kabi ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda qisqa aytiladi;
2) chuqur til orqa undoshlari q, g`, x dan keyin kelganda , qisqa til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi: qish, qirg`iz, qirmizi, og`iz, g`irrom, xira, axir kabi;
3) bino, ahil , do`stlik, birja kabi so`zlarda, shuningdek, y undoshdan oldin kelganda, cho`ziq talaffuz qilinadi: ziyrak, tiyrak, biyron, tiyin kabi.
U unlisi:
1) kun, tun, buvi, buloq kabi so`zlarda qisqa aytiladi;
2) maxsus, mag`rur, masrur, urg`u, yozuv kabi so`zlarda, shuningdek,y undoshlaridan oldin kelganda , cho`ziq talaffuz qilinadi: tuyg`u, buyruq, uyg`ur kabi;
3) tugun, tutun, tuzum, tushuncha, ustun kabi so`zlarning ikkinchi bo`g`inida qisqa i tarzida aytiladi.
O` unlisi:
1) bo`r, zo`r, o`t, do`st, to`rva, sho`rva, ko`lanka kabi bir bo`g`inli, ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda qisqa talaffuz qilinadi
2) zo`rg`a, lo`nda kabi ikki bo`g`inli so`zlarda, shuningdek, takroriy so`zlarning birinchi qismida cho`ziq aytiladi: zo`r-bazo`r, mo`l-mo`l, ko`p-ko`p kabi.
E unlisi:

  1. ertalab, erta, erka, ertak kabi so`zlarda kengroq talaffuz qilinadi;

  2. gerdaymoq, keksa, men, sen, kema kabi so`zlarda bir oz torroq talaffuz qilinadi;

  3. attestatsiya, delegatsiya, injener, metro,metafora, metonimiya kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida i tarzida aytiladi.

O unlisi:

  1. ong, tong, son, ot, ol kabi bir bo`g`inli so`zlarda, ona, ota, xola, tog`a, bola kabi ikki bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida, bahor, qaror, daho, baho, davo kabi ikki bo`g`inli so`zlarning ikkinchi bo`g`inida, obod, ozod, ozor, omon, olomon, oshqozon kabi ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarning hamma bo`g`inlarida keladi;

  2. hamma bo`g`inida o keladigan tolqon, to`polon, poymol so`zlarining birinchi yoki ikkinchi bo`g`ini tarkibidagi o unlisi a tarzida aytiladi;

3) ocherk, kosmos, tonna kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`uli bo`g`inida o` tarzida aytiladi;
4) kometa, komediya, botanika, geologiya kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida a tarzida talaffuz qilinadi;
5) direktor, traktor, auditor kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida qisqa i tarzida aytiladi.
A unlisi:
1) kam, sal, chang kabi bir bo`g`inli so`zlarda, dada, aka, katta, kaltak kabi ikki bo`g`inli so`zlarda, arava, pakana, mastava kabi ko`p bo`g`inli so`zlarda yumshoq aytiladi;
2) chuqur til orqa undoshlari q, g`, x undoshlaridan keyin kelib, til orqa unlisi tarzida talaffuz qilinadi: qarg`a, qalam, g`arb, g`laba, xalta, xabar;
3) a’lo, ma’no, da’vo, ta’sir, ma’rifat kabi arab tilidan o`zlashgan so`zlarning birinchi bo`g`inida cho`ziq talaffuz qilinadi;
4) mudofaa, mutolaa, murojaat kabi arab tilidan o`zlashgan so`zlardan bir unli bilan talaffuz qilinadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin