Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


- MA’RUZA NUTQ TOVUSHLARINING FONETIK O’ZGARISHLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə44/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

6- MA’RUZA
NUTQ TOVUSHLARINING FONETIK O’ZGARISHLARI.
REJA:
1.Tovush o`zgarishlarining turlari.
2.Kombinator o`zgarishlar va ularning turlari.
3.Pozitsion o`zgarishlar va ularning turlari.

Fonemalar bo`g`in, so`z va jumla tarkibida qo`llanib, bir-biriga ta’sir ko`rsatadi va buning natijasida xilma-xil o`zgarishlarga uchraydi. Nutq zanjiridagi fonemalarning turlicha o`zgarishlari fonetik o`zgarishlar deb ataladi.


Fonetik o`zgarishlar fonemalarning o`zaro ta’siri natijasida yoki fonemalarning so`z tarkibidagi o`rniga qarab ro`y berishi mumkin. shunga ko`ra ular ikki xil bo`ladi:
1. Kombinator o`zgarishlar.
2. Pozitsion o`zgarishlar.
Masalan: ketdi va obod so`zlaridagi d undoshi t undoshi kabi talaffuz qilinadi. [ketti], [obot]; birinchi holatda jarangli d undoshi jarangsiz t undoshi ta’sirida o`zgaradi (kombinator o`zgarish yuz beradi); ikkinchi holatda so`z oxirida kelgan jarangli d undoshi jarangsizlashadi (demak, pozitsion o`zgarish yuz beradi).
1. Kombinator o`zgarishlar

So`z tarkibidagi fonemalarning o`zaro`ta’siriga ko`ra o`zgarishi kombinator o`zgarishlar deyiladi. Bunga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi.


1. Assimilyatsiya (ingl. assimilation - o`xshatish degani35) hodisasiga ko`ra so`z tarkibidagi bir xil toifadagi fonemalardan biri ikkinchisini o`ziga aynan yoki qisman o`xshatib oladi. Masalan: chiq+gan → chiqqan. Bunda o`zak tarkibadagi q fonemasi affiks tarkibidagi g fonemasini aynan o`ziga o`xshash fonema q ga aylantiriladi; tosh+gan → toshkan. Bunda o`zakdagi jarangsiz sh fonemasi affiks tarkibidagi g fonemasini o`ziga qisman o`xshatadi, yozilishi: toshgan. Shunga ko`ra assimilyatsiya ikki turga bo`linadi:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin