Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə41/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

D fonemasi til oldi, portlovchi, jarangli undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (devor, do`kon, dala), o`rtasida (shabada, sodda, to`da) va oxirida (qasd, hudud, gard ) kela oladi. So`z oxirida kelgan d fonemasi talaffuzda hamma vaqt jarangsizlashadi va t fonemasiga o`tadi: Asad>Asat, Samarqand>Samarqant, Xo`jand>Xo`jant kabi. Bu fonema ham o`zlashma so`zlar tarkibidagi qo`sh undoshlar ichida kelganda tushib qolishi mumkin: farzand>farzan, baland>balan.
N fonemasi til oldi, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (nom, nima, nusxa), o`rtasida (aniq, tiniq) va oxirida (un, to`n, son) kela oladi. Bu fonema ayrim so`zlar tarkibida b yoki m fonemalaridan oldin kelganda, shu fonemalar ta’sirida talaffuzda (yozuvda aslicha yoziladi) m fonemasiga o`tadi: manba>mamba, tanbal>tambal, ko`nmadi >ko`mmadi kabi.
S fonemasi til oldi, sirg`aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (soat, semiz, sabr), o`rtasida ( asar, mustaqil, osma) va oxirida (tus, mos, tovus) kela oladi. Bu fonema o`zbek tilidagi eng faol qo`llanadigan fonemalardan biridir.
Z fonemasi til oldi, sirg`aluvchi, shovqinli, jarangli undosh fonema bo`lib, so`z boshida (zahar, zehn, zina), o`rtasida (Aziza, andoza, qiziq) va so`z oxirida (tig`iz, qarz, yulduz) kela oladi; bu fonema sof o`zbekcha so`zlarda so`z boshida deyarli qo`llanmaydi. Ayrim so`zlar tarkibida yonidagi jarangsiz fonemalar ta’sirida ko`pincha s fonemasiga o`tadi: rizq > risq, tuzsiz>tussis. Bu fonema ba’zi so`zlarda y fonemasiga mos kelishi mumkin: sizlamoq>siylamoq, so`zlamoq > so`ylamoq, yozmoq > yoymoq kabi.
Sh fonemasi til oldi, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh fonemas bo`lib, so`z boshida (shart, shahar, sholi), o`rtasida (hashar, o`sha) va oxirida (qish, yosh, tashvish) keladi. Bu fonema so`zlarning turli o`rinlarida ko`p qo`llanadi.
J til oldi, sirg`aluvchi, jarangli undosh fonema arab, fors-tojik va rus tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarning boshida (janr), o`rtasida (vijdon, sajda, furajka) oxirida (garaj) uchraydi.
Ĵ til oldi, qorishiq portlovchi, jarangli undosh fonema so`zning boshida (jamalak, jabr, jilov), o`rtasida (kajava, ojiz, o`jar) va oxirida (xorij, xiroj, saj) keladi. Bu fonema o`zbekcha so`zlar oxirida deyarli qo`llanmaydi. O`zlashma so`zlar oxirida qo`sh undoshlar tarkibida kelgan Ĵ fonemasi ch fonemasiga o`xshab talaffuz qilinadi: mavj>mavch, avj>avch.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin