Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Hosil bo`lish (artikulyatsiya) usuliga ko`ra undoshlar uch guruhga bo`linadi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə39/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Hosil bo`lish (artikulyatsiya) usuliga ko`ra undoshlar uch guruhga bo`linadi:
1) portlovchilar;
2) sirg`aluvchilar;
3) portlovchi – sirg`aluvchilar.
Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o`zaro jipslashuvi va o`p kadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolarga zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladigan undoshlar bo`lib, ularga b, g, d, dj (jilva so`zidagi) k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Bular orasida dj (jajji so`zidagi) va ch undoshlari o`ziga xos artikulyatsiyasi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi:
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;
b) qorishiq portlovchilar (affrikatlar): dj (jahon so`zidagi) dj (d+j), ch (t+sh).
Sirg`aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosining bir-biriga yaqinlashishi va havo oqimining ana shu a’zo orasidan sirg`alib chiqishi bilan hosil bo`ladigan undoshlar bo`lib, ularga v, j (jirafa so`zidagi), z, y, s, f, x, sh, g`, h undoshlari kiradi.
Portlovchi – sirg`aluvchilar undoshlar bir vaqtning o`zida ham portlash, ham sirg`alish ro`y berishi natijasida hosil bo`ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo`lish usuliga ko`ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg`aluvchilar)dangina emas, balki o`zaro ham farq qiladi. Chunonchi, m undoshining hosil bo`lishida o`pkadan chiqayotgan havo oqimining bir qismi og`iz bo`shlig`idan lablarning to`siqligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`idan sirg`alib, n undoshining hosil bo`lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqadi. Portlovchi-sirg`aluvchilardan bo`lmish ng undoshining talaffuzida tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, yarim portlash yuz beradi va havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`idan sirg`alib chiqadi.
Demak, m, n, ng undoshlari talaffuz qilinganda, havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqqani uchun ular burun undoshlari deb ataladi. L undoshini hosil qilishda til uchi milkka tegadi, ammo havo oqimining milkning ikki yonidan sirg`alib o`tishi uning og`iz bo`shlig`idan qisman portlab, qisman sirg`alib chiqishiga sabab bo`ladi, shuning uchun u yon tovush deb ataladi; r undoshini hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo oqimi tilning uchiga zarb bilan uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi havo oqimining og`iz bo`shlig`idan yarim portlab, yarim sirg`alib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi. Shu jihatdan portlovchi-sirg`aluvchi tovushlar uch turga ajratiladi:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin