Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Quyidagi qо`shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi: 1) -bon, -boz



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə64/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

36. Quyidagi qо`shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:
1) -bon, -boz qo`shimchalari ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qо`shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) о`rin kelishigi va chiqish kelishigi qо`shimchasining, о`tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko`rsatkichi -di qo`shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37. Quyidagi qo`shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
1) taqlid sо`zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qо`shimchasi sо`z tarkibida v yoki u tovushi bolganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qо`shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bо`g`inli sо`zlarga (kel sо`zidan boshqa) , shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qо`shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; о`tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qо`shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jо`nalish kelishigi qо`shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs kо`rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qо`shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan sо`zlarga qо`shilganda bu qо`shimchalaming bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yо`lakkacha, kо`nikkach, zerikkuncha, tо`kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan sо`zlarga qо`shilganda bu qо`shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qо`rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha hollarda, sо`z qanday tovush bilan tugashidan va bu qо`shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha kabi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin