Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə67/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

56. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qо`shimchasi о`miga chiziqcha (-) qо`yiladi: 7- sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8- sinf о`quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni kо`rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.


Ajratib yozish


57. Qо`shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta’sir et, tamom bо`l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.
58. Kо`makchi fe’l va tо`liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib kо`r, sо`rab qо`y, kо`ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush о`zgarishi bolsa, bunday qismlar qо`shib yoziladi: ay­taver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
59. Kо`makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bо`yi kabi. Lekin bilan kо`makchisining -la shakli, uchun kо`makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
60. Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, о`sha so`zlari о`zidan keyingi yoki oldingi sо`zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, о`sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biratо`la, birvarakayiga, birmuncha, buyon sо`zlari qо`shib yoziladi. Shuningdek, qay sо`zi yoq, yer sо`zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu sо`zlar qо`shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
61. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan tо`q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi sо`zlar ajratib yoziladi: tо`q qizil, jiqqa hо`l, tim qora, liq tо`la, lang ochiq, och sariq kabi.
62. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: on bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin