73. Gapning birinchi sо`zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. Eslatma: 1) kо`chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi sо`zi (agar u atoqli ot bо`lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, – qо`rqibgina javob berdi kо`laga (O.Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qо`yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik tо`g`risidagi ishni kо`rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni: – mazkur ishni kо`rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini; – ma’muriy huquqbuzarlik tо`g`risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar tо`g`ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi; 3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qо`yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi о`zbek adabiy tilining lug`at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy sо`zlar; 2) о`zbekcha sо`zlar; 3) tojik tilidan kirgan sо`zlar; 4) arab tilidan kirgan sо`zlar; 5) rus tilidan kirgan sо`zlar (“О`zbek tili” darsligidan). 74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bо`lmagan ba'zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qо`shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bо`g`inga teng qism bо`lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
Kо`chirish qoidalari
75. Kо`p bо`g`inli sо`zning oldingi satrga sig`may qolgan qismi keyingi satrga bо`g`inlab kо`chiriladi: tо`q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bо`g`inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’al, in’-om kabi.
76. Sо`zning bosh yoki oxirgi bо`g`ini bir harfdan iborat bо`lsa, ular quyidagicha kо`chiriladi:
1) sо`z boshidagi bir harfdan iborat bо`g`in yolg`iz о`zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) sо`z oxiridagi bir harfdan iborat bо`g`in yolg`iz о`zi keyingi satrga kо`chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77. О`zlashma sо`zlarning bо`g`inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha kо`chiriladi:
1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda kо`chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi.
2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga kо`chiriladi: silin-drik kabi.