Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə68/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jо`nalish kelishigida bо`lgan birikmalar ajratib yoziladi.
64. Belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi kо`pdan kо`p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
65. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan sо`zlarga i shaklida, unli bilan tigagan sо`zlarga yi shaklida qо`shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan sо`zlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi о`zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan sо`zlar qо`shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.


Bosh harflar imlosi


66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, О`rinova Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat о`g`li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif Sо`fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig`ichxon, Salomjon Alikov kabi.
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyо`l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chig`atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog`, Pomir (tog`lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bо`lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asar­lariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vosi­talari, sport inshootlariga qо`yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), „Navrо`z” (xayriya jamg`armasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi), „G`uncha” (bog`cha), “Botanika” (san­atoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug` qon” (roman), “Dilorom” (op­era), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi sо`z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navrо`z bayrami kabi.
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir sо`z bosh harf bilan boshlanadi: О`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, О`zbekison Respublikasi Prezidenti, О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, О`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashki­loti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi sо`zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning о`rinbosari; Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, О`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi bi­rinchi sо`z bosh harf bilan boshlanadi: Sog`liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qо`mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunosl instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir sо`z bosh harf bilan boshlanadi: “О`zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yul­duz” (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birin­chi sо`zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog`lom avlod uchun” (orden), “О`zbekistonda xizmat kо`rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin