Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə45/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

1) to`liq assimilyatsiya;
2) to`liqsiz assimilyatsiya.
So`z tarkibidagi bir fonemaning boshqasini aynan o`zi kabi fonemaga aylantirishi to`liq assimilyatsiyadir: bir+ta =bitta, tuz+sa = tussa, ayt+di=aytti, (yozilishi tuzsa, aytdi).
So`z tarkibidagi bir fonemaning boshqasini qisman o`xshatib olishi to`liqsiz assimiltatsiya bo`ladi: ish+ga=ishka, osh+di=oshti, shan+ba=shamba, (yozilishi: ishga, oshdi, shanba).
Oldin kelgan fonema o`zidan keyin kelgan fonemani (masalan, bilak+ga=bilakka) yoki aksincha keyin kelgan fonema o`zidan oldin kelgan fonemani (masalan, non+voy novvoy) o`ziga aynan yoki qisman o`xshatishi mumkin. Shunga ko`ra assimilyatsiya yana ikki turga ajratiladi:
1) progressiv assimilyatsiya;
2) regressiv assimilyatsiya.
Progressiv assimilyatsiyada oldingi fonema o`zidan keyin fonemani o`ziga o`xshatadi: qishloq+ga→qishloqqa, idish+da→idishta, ko`k+ga→ko`kka (yozilishi qishloqqa, idishda, ko`kka).
Regressiv assimilyatsiyada keyingi fonema o`zidan oldingi fonemani o`ziga o`xshatadi: tanbur→tambur, mazkur→maskur, (yozilishi: tanbur, mazkur).
O`zgargan fonemalar orasidagi masofa jihatidan assimilyatsiya ikkiga bo`linadi: 1) kontakt assimilyatsiya yonma-yon kelgan undoshlarning o`zaro o`xshash bo`lib qolishidir: oq+gan→oqqan; 2) distant assimilyatsiya uzoqda joylashgan fonemalarning o`zaro ta’sir natijasida o`zgarishidir: soch→choch.
2. Akkomodatsiya (ingl. accommodation – moslashuv degani36) hodisasida unli va undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida o`zaro moslashuvidir. Masalan, go`zal so`zidagi o` orqa qator unlisi g undoshi ta’sirida old qator unliga aylanadi. Bunda ikki holat kuzatiladi: 1) unli undoshga moslashadi (misol yuqorida); 2) undosh unliga moslashadi: shafqat so`zidagi f undoshi lab-tish undoshi hisoblansa, pufak so`zida bu fonema u unlisining ta’sirada lab-lab undoshiga o`zgaradi, uni lab va tish orqali talaffuz qilishning iloji yo`q.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin