1.1Badiiy matndagi undov so‘zlarning ma’noviy guruhlari
Tilshunos olim Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili (morfemika, so'z yasalishi va morfologiya)5 o'quv qo'llanmasida undov so'zlar haqida quyidagicha ma'lumotlarni aytib o'tgan: "Undov so'zlar kishilarning his-hayajonini, buyruq-xitob, haydash, chaqirish ma'nolarini ifodalaydi. Undov so'zlar leksik ma'no ifodalay olmasligi, kelishik, egalik, son affikslarini olmasligi jihatidan mustaqil so'zlardan farq qiladi. Shuningdek, nutqda boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirisha olmasligi, gapning biror bo'lagi vazifasini bajara olmasligi ham bu so'z turkumining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular faqat otlashgandagina gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'lagi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Oh urarman, ohlarim ursin seni. (Qo'shiqdan).Undovlar intonatsiya jihatidan juda ham rang-barangdir. Bir undovning turli xil intonatsiya bilan talaffuz etilishi ularning ma'nosiga ta'sir qiladi. Masalan: «Oh» qanday go'zal manzara gapidagi oh undovi bilan «Oh», zolim falak, yiqil boshimga gapidagi oh undovining ma'nosi bir xil emas".
Undov so'zlarni ikkiga guruhga bo'ladi. Undovlar ma'nosiga ko'ra ikki xil bo'ladi: a)his-hayajon (emostional) undovlar; b) buyruq-xitob undovlari.
1.His-hayajon (emotsional) undovlari so'zlovchining tuyg'ulari, kechinmalari, turli his-hayajonini bildiradi. Oh, eh, e, voy, o'hho', ehhe, ohho, uh, ma, hi (him), be, hoy, he, ey, ha, uf, tuf, dod, voy, voydod, obbo, ura, o'ho', eha, ehhe, ie, huv, hay, hey, bas, rahmat, qani, salom, xayr, ofarin, balli, barakalla, ana, mana, be.His-hayajon bildiruvchi undovlar ham o'z navbatida ma'lum guruhlarga ajratib, misollar bilan asoslab beradi.
1) sevinch, shodlik, ko'tarinki ruhiy holatni ifodalaydi. Masalan: «Oh», qanday go'zal manzara! «O», quyosh zarchisi, berib xushxabar, Hayot rubobini sayratguvchisan;
2) xafalikni, og'ir ruhiy holatni ifodalaydi. Masalan: «E-voh», osmon yiroq, yer qattiq! Charxing buzilsin, falak! (P.Tursun). Hay, attang. Qani, o'rtoq Odilov, siz ayting, shu gaplar rostmi? (A.Qahhor);3) taajjublanish, hayratlanish, ajablanish, kutilmaganlik, shubha, ikkilanish, e'tiroz kabilarni ifodalaydi. Masalan: «Bay-bay-bay». Mening hasratim siznikiga urvoq ham bo'lmas ekan (P.Tursun).
2.Buyruq-xitob (imperativ) undovlarga esa quyidagicha ta'rif beriladi. Buyruq - xitob undovlari ogohlantirish, xitob qilish, taklif, chaqiriq, buyruq, man qilish, do'q qilish, haydash kabi ma'nolarni bildiradi. Buyruq - xitob undovlari quyidagilar: o'h, oh, hey, hoy, hay, ey, obbo, balli, rahmat, salom, hormang, xayr, xo'sh, cho'k, kuch-kuch, tu-tu, beh-beh, pish-pish, mosh-mosh, ho'-ho', gah, kisht, kisht-kisht, chuh, ishsh, xo'sh, cho'k, mo'h-mo'h kabilar. Shu bilan birga buyruq-xitob undovlariga quyidagi misollarni keltirib o'tadi. Misollar: «Oh-oh-oh», shunday shoirlarning sadag'asi bo'lsang arziydi. (Oybek). «O'h», nega bunday qilding, jon uka? (A.Muxtor.) «Obbo» jiyan-e, biznikini topib keldingmi? (Oybek). Ha «balli»! Ana endi o'zingizga keldingiz. (Uyg'un)
Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so'zlarni ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe'l so'z turkumlari kabi mustaqil ma'no anglatishini aytib o'tadi6. O'zbek tilshunosligida so'z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo'llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o'rganilgan. Substantsial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi sifatida e'tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo'lgan so'z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo'ldi va har bir gapning o'z qolipi mavjud bo'lgani kabi, so'z-gapning ham o'ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo'lishi shartligi e'tirof etildi,-deb aytib o'tadi.
So'z-gap o'z ichida bir necha ma'noviy guruhga ajraladi:
1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq-inkor. 4. Taklif-ishora.
Kishilarning his-tuyg'usini, haydash, to'xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so'z-gap ko'rinishi undov so'z-gap. His-tuyg'u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so'z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi.
So'z-gapning uchinchi ma'noviy guruhi bo'lgan tasdiq-inkor so'z ko'pincha modal tarkibida o'rganilgan. [Ha], [mayli], [xo'sh], [xo'p] soDzi tasdiqni, [yoDq], [mutlaqo], [aslo], [sira] so'zi inkorni ifodalovchi so'z-gap. Taklif-ishora so'z-gapga qo'llanishi tana a'zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog'liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan7. Ular tinglovchiga qaratilgan bo ‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. Tilshunos olim Sh.Rahmatullayev esa undov deb, avvalo, kishining his-hayajonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, iye, he, hah, ehha, o'hho', voydod kabi. Ba'zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalashga xoslangan bo'ladi. Masalan, be undovi rozi bo'lmaslik, qo'shilmaslik kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ishlatiladi. Ko'pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma'nolari deb talqin qilinadigan bunday hodisa nutq sharoitida, kontekstda (qurshovda) aniqlashadi. Masalan, eh undovi "sevinch"ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, "xafalik"ni ifodalash uchun ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli his-hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan yonma-yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his-hayajonni ifodalab kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar ishlatiladi: Eh, qanday go'zal manzara! Undovlarga xos ana shunday ko'pqirralilik ularni ma'no ifodalashiga ko'ra tasniflashni qiyinlashtiradi.Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma'no turi deb xitob birliklariga aytiladi. Bular his-hayajon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish-qilmaslikka ko'rsatma beradi.
1) Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatilishga xoslangan: chu, tss (otga), xix (eshakka) v.h 2) Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar ham asosan hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatishga xoslangan: dirr, tak (otga), ish (eshakka) vahakazo Undovlarning alohida guruhi-kishilar orasidagi muomala-murojaat birliklari keltiriladi. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklarni undov turkumiga kiritish o'ta shartli bo'lib, quyidagicha ma'nolarni bildirish uchun xizmat qiladi:
1) ko'rishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, xayr v.h 2) tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang - bor bo'ling, salomat bo'ling; qutlug' bo'lsin - qulluq; rahmat - arzimaydi kabi.
3)Biror faoliyatni ko'tarinki ijobiy baholashni bildiradi: balli, barakallo,ofarin kabi.
His–hayajon, buyruq – xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar:
1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilardan; 2) buyruq – xitob: qurey – qurey, tu -tu, pish – pish, kisht kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan lug‘aviy ma’noga ega emasligi bilan farqlanadi.
1. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) so‘roq: Men ham boraman, a?
2) ajablanish: Buni qarang, a!
3) kamsitish: E, shu ham ish bo‘ldi-yu.
4) qo‘rqinch: I-i, yiqilib ketaman;
5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!?
6) ishonchsizlik: Be, qo‘ysang-chi bu gapingni;
7) achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng;
8) norozilik: E, qo‘ying-ye;
9) mamnunlik: Ehe, ishlar joyida-ku! kabilar shular jumlasidandir.
2. Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi. Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi huv, hu kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi so‘zlar ham undovlardir. Nutqda ba’zi mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik. Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, voy-voy+la, salom+lash. Undovlar tuzilishiga ko‘ra juft va takror shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi.
Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi:
1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!?
2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe…he… degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe…he… deb chaqirdi;
3) so‘z-gap vazifasida: – Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom;
4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifalarini bajaradi.
Masalan:
a) ega: Shu payt uning qulog‘iga kimningdir ohi chalindi;
b) kesim: Orqada qolganning holiga voy;
v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni.
So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini, his-hayajon, haydash-chaqirishni, tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar alohida so‘z turkumlaridir. Ular modal, undov, taqlid so‘zlar deyiladi. Mazkur so‘z turkumlari alohida lug‘aviy ma’no bildirmaydi, ammo ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajarishi mumkin.
Undov so‘zlar haqida ma’lumot berish usullari Nutqimizda tuyg‘u, his-hayajon, ma’qullash, maqtash, haydash-chaqrishni bevosita ifodalaydigan, Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar undovlardir8. Undovlar ma’lum bir ohang bilan aytilmasa, u his- tuyg‘uni ifodalay olmaydi. Ohangning turlicha bo‘lishiga ko‘ra undovlar turli his-tuyg‘ularni bildiradi.Undovlar yakka hamda juft holda va takrorlanib qo‘llanadi: a, ah, eh, ohho, oh-voh, balli, dod-voy, bay-bay, hay-hay…
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.Ma’nosiga ko‘ra undovlar ikki turli bo‘ladi.
1. His-hayajon undovlari: o, oh, voy, ura, xayr, obbo, hayf, a, ah, i, ie, v.h. M: O, quyosh parchasi, berib xushxabar,Hayot rubobini yangratuvchisan (A. Umariy)
Eh! SHahrimiz naqadar go‘zal. Obbo, juda oshirib yubording. Bay-bay, tiling juda achchiq. Be, shunga ham xafa bo‘ldingmi?..
Mazkur undovlar kishilarning diqqatini tortish, qushlar, hayvonlar va boshqa jonivorlarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: hoy, allo, ey, ma, jim, marsh; kisht, chuh, chu, tu-tu, cho‘k, tek, beh-beh, mah-mah. M: Otliqlar gaplashmas, har zamon-har zamon otga bir qamchi bosib, chu deb qo‘yilardi. Atrofdan beh-beh, tu-tu degan tovushlar eshtilardi. Bunday undovlar nutqda ko‘proq deb, degan so‘zlari bilan qo‘llanadi va gapda aniqlovchi, hol vazifasida keladi. Undov so‘zlarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishda tinish belgilarining roli katta. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda ham undov so‘zlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Undov so‘zlarning uslubiy roli, undov so‘zli gap ohangi, gapni qiroat bilan o‘qishga o‘rganish bo‘yicha quyidagi amaliy ishlarni bajarish foydali:
— undov so‘zlar ishtirokida gap tuzish va undagi undov so‘zlarni izohlash;
— undov so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi (bemorlarning oh-vohlari), Mustaqil so‘zlarning undov so‘z o‘rnida ishlatilishi — (kel, bir gaplashaylik)ga misollar tanlash, matnni ifodali o‘qish, undov so‘zli gaplardagi tinish belgilarini izohlash dars samaradorligini oshiradi. Insonning bilim faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanib, asta – sekin tafakkurga yetadi. Tafakkur atrof – muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik ( ruhiy ) jarayon, sotsial sababli bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Tafakkurning mazmundorligi ko‘p jihatdan emotsional kechinmalarga – hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog‘liqdir. Tafakkurning moddiy asosi – so‘z. Undovlar maxsus turkum sifatida o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa so’zlar guruhlaridan farqlanadi. Ular leksik jihatdan nominativlikni ko’rsatmaydigan so’zlar guruhida bo’lsa, grammatik jihatdan o’zgarmaydigan so’zlar qatoriga kiradi. Undovlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular faqat umumiy gap mazmuni bilan ma’lum darajada bog’lanib, ba’zan u asosiy gapning ekvivalenti, ba’zan esa shu gapning umumiy sifatida qo’llanadi. Ular gap sastavida kelganda shu gapdan ifodalangan umumiy ma’noga so’zlovchining munosabatini bildiradi, unga emotsional bo’yoq beradi. Undovlarning yana eng muhum xususiyatlaridan biri ularning undov gap sifatida, ya’ni so’z-gap sifatida qo’llanishidir. Ular yolg’iz ishlatilganda turli xil his – tuyg’u, buyruq-xitob, rasm-odatlarni bildiruvchi so’z-gaplar sanaladi. Ammo yolg’iz undov orqali ifodalangan gap mazmuni eshituvchi uchun ham, so’zlovchi uchun ham noma’lum bo’ladi. Undov gaplar strukturasiga ko’ra birgina yoki bir necha undovlardan tashkil topgan bo’lishi mumkun. Hatto ba’zan birgina tovushdan tashkil topgan undovlar ham gap 43 bo’lib kela oladi. Undov gaplar alohida gap sifatida ham, qo’shimcha gap sostavida ham boshqa gaplar bilan mazmunan aloqador bo’ladi. Ba’zan undovlar otlashish xarakteriga ega bo’ladi. Undovlar anglatgan ma’nolariga ko’ra ikki katta guruhga bo’linadi: ematsional undovlar, imperativ undovlar. Bulardan tashqari, bu ikki guruhga ham kiritish mumkin bo’lmagan va alohida guruhni tashkil qiluvchi undovlar ham bor. Bundan tashqari bir undovturli o’rinda turli xil his-tuyg’u bildirishi ham mumkun Undovlar mustaqil ma’noli so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasidagi bir kategoriya bo’lib, ular leksik ma’no grammatik ma’no bilan diolektik birlikni tashkil qiladi. Undov nutqda ko’pincha modal ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi Undovlar og’zaki so’zlashuv, badiiy, qisman publisistik uslubda keng qo’llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda keng qo’llanish doirasi cheklangan. Nutq jarayonida so’zlashuvchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydanalish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o’zidan katta yoshdagilarga murojaat qilganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslarga uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslar xoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholashmaqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi. Undov deb avvalo kishining his-hayojonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, ye, he, hah, ehho, ohho, voydod kabi9.
1.Undov bilan qanday his-hayajon ifodalayotgani ko’pincha aniq bo’lmaydi; undovdan keyin (ba’zan oldin) keladigan jumlaning mazmuni undov qanday his-hayojonni ifodalashni, qanday ohangda talaffuz qilishini ko’rsatib turadi. Ba’zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalanishga hoslangan bo’ladi. Masalan, be-undovi rozi bo’lmaslik, qo’shilmaslik kabi his-hayajonni iya undovi “ataylanish” kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ham aniq bir ma’noni ifodalaydi. Ko’pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi.
2. Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb xitob birliklariga aytiladi. Bular his-hayojon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish-qilmaslikka ko’rsatma beradi. Shunga ko’ra ikkiga guruhlanadi: a) harakatni bajarishga chaquruvchi undovlar; b) harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar. His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi. Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi. Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir. His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan10.
Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman!
Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr.
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht. Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku.
Taqlid so’zlar Tabiatda insondan tashqari juda ko’plab tirik jonzodlar yashaydi. Ularda ham o’ziga xos nutq aparati mavjud. Manashu nutq aparati yordamida ular turli tuman ovoz chiqaradi. Masalan, itlarning vovullashi, Bundan tashqari tevarak atrofimizda beadat voqia va hodisalar sodir bo’lib turadi: narsalar bir biriga tegadi, uruladi. Natijada har xil ovozlar xosil bo’ladi. Inson o’z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid so’zlar atamasi bilan yuritiladimushuklarning miyovlashi, tovuqning qoqoqlashi, qo’y-echkining marashi, otning kishnashi, eshakning hangirashi hech birimizga yod emas.
Professor Sh.Rahmatullayev taqlid so’zlarni undovlarning bir turi deb ularni ikki guruhga ajratadi.
1. Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar: chu, tis, hih, mok-mok, tu-tutu!
2. Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar: digg, tok, ish, ho’sh, hish.
O’z navbatida taqlidiy so’zlar semantik jihatdan, bir tomondan tovushga taqlidni, ikkinchi tomondan harakatga taqlidni yoki miqdor obrazni bildiradi. Yuqorida takidlanganidek, ular 2 xil guruhga ajratiladi. 1. Tovushga taqlid so’zlar. 2. Obrazga taqlid so’zlar.
1. Tovushga taqlid so’zlar kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning chiqargan tovushlariga shartli ravishda taqlid qilish natijasida paydo bo’ladi: qars,tars-tars, tuk-tuk, qars-qurs, kirt-kirt, shilp-shilp kabi ularning bir qismi jonli (inson, hayvon va boshqa janvorlar), ikkinchisi esa jonsiz predmetlarning tovushlariga taqlid natijasida paydo bo’lgandir.
a) jonli predmetlar tovushlarga taqlid so’zlar: kishilarning harakatlaridan paydo bo’lgan tovushlarga taqlid so’zlar: -qah-qah etib kuldi. Kallang ishlaydimi, aka! To’chni adresga balo bormi?
b) turli xayvon va janvorlar tovushiga taqlid so’zlar. Shunda xalqning yonginasiga boshi katta eshak tikan uchiga qanotlari qizil, ko’ksi sariq tog’ bulbuli kelib qo’ndi va “chu-chu! Chu-lu-lu!!!” deb sayradi…
Xoliq bo’ynini cho’zib, yana uni sayrashini eshitdida:
- Chu-lu-lu-lu! – dedi beihtiyor
2. Tovushga taqlid so’zlar eshitish bilan bog’liq bu hodisalarni ifodalasa, obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan bog’langan xodisalarni ifodalaydi. Predmetlarning holat, harakat, tashqi ko’rinishining hamda yorug’liq ta’sirining obrazi ifodasi sifatida maydonga kelib, tilda keng qo’llanuvchi lip-lip, yalt-yalt, pildir-pildir, hang-mang tipdagi so’zlar obrazga taqlid so’zlar hisoblanadi. Turmushda harakat va holat formalari qanchalik ko’p bo’lsa, til ham ularni ifodalovchi so’zlarga shuncha boydir. Til belgisi tabiatining mutloq erkinligi borasidagi qarashlar munozarali bo‘lib, tilda buning aksini isbotlovchi holatlar ham uchrab turadi. Biroq zamonaviy tillarda bunday material yetarli emas. Til tarixida hali tovushiy ifodalanishga ega bo‘lgan mazmuniy mohiyat munosabatidan boshqacha ko‘rinishlar kuzatilmagan bois, biz til birliklarining tovushiy shakllanishi hamda mazmuni orasida muayyan mutanosiblik bor degan xulosaga keldik. Albatta, bu mutanosiblik hamma belgilarda bir xil emas, shunday belgilar mavjudki, ularda bunday mutanosiblik taraqqiyot natijasida sezilmas holga kelgan. Shuningdek, balki bunday mutanosiblikning mavjudligi belgining til taraqqiyotining qaysi davrida paydo bo‘lgani bilan ham bog‘lanar. Ammo til tarkibida shunday mutanosiblik maksimal bo‘lgan birliklar borligi ham rad etib bo‘lmaydigan dalildir. Alohida olingan so‘z turkumlari gapdagi boshqa so‘zlar bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu xususiyatiga qarab ularni alohida olingan so‘z turkumlari deb yuritamiz. Bu so‘z turkumlari leksik ma’no ifoda etmaydi.
1.2 Badiiy matnda qo‘llanilgan undov so‘zlar imlosi va qo‘llanilish darajasi
His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi. Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi11.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.
His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? ( —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan.
Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman!
3.Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr.
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku.
Buyruqxitob undovlari biror ishharakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah- bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-
larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi huv, hu kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi so‘zlar ham undovlardir.
Nutqda ba’zi mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik .
Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, voy- voy+la, salom+lash. Undovlar tuzilishiga ko‘ra juft va takror shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi.
Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi: 1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!? 2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe...he... degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe...he... deb chaqirdi; 3) so‘z- vazifasida: - Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom; 4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo’qlak vazifalarini bajaradi.Masalan, a) ega:
Shu payt uningqulog‘iga kimningdir ohi chalindi; b) kesim: Orqada qolganning holiga voy; v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni.
Dostları ilə paylaş: |