Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”. Shu bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti Universitetini tashkil qilindi. Umum ta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini,2 shu bilan birga undov, taqlid,modal so‘larini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z turkumlari haqidagi ta’limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi.
Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya bolimini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
T.Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyliginiMavzuni o‘rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida,3 tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, A.Bobomurodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini asos sifatida keltirish mumkin. Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlardan biri bu – Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Sh.Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakku- rini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib,4 unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarga falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi.
Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, o‘quvchi tafakkurini o‘stirishda “Aqliy hujum”, “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin darslaridir. tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining 2017–2018-yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi.