Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 410,68 Kb.
səhifə1/10
tarix18.03.2023
ölçüsü410,68 Kb.
#88628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nizomiy nomidagi Toshkent-2

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

TILLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
5111200-O’zbek tili va adabiyoti 3-kurs 307-guruh talabasi Komilova Fotimaning “Badiiy matnda qo‘llanilgan undov so‘zlar semantikasi” mavzusidagi

KURS ISHI

Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar:
Kafedra mudiri: PhD F.Abdujabborova
PhD F.Burxanova

___” ___ 2023y. “___” ___ 2023 y.



Toshkent-2023
MUNDARIJA



KIRISH 2
I-BOB.BADIIY MATNDA QO‘LLANILGAN UNDOV SO‘ZLAR SEMANTIKASI 7
1.1Badiiy matndagi undov so‘zlarning ma’noviy guruhlari 7
1.2 Badiiy matnda qo‘llanilgan undov so‘zlar imlosi va qo‘llanilish darajasi 17
II BOB. UNDOV SO‘ZLARNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI VA O‘RGANILISH DARAJASI 24
2.1 Badiiy asarlarda qo‘llanilgan undov so‘zlarning maqsadi va estetik ta’siri 24
2.2. Modal, undov va taqlid so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish. 30
XULOSA 36
ABIYOTLAR 37


KIRISH

Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor mustaqilikka bo ‘lgan e’tibor, davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona Vatanga ehtirom va sadoqatdir.


Shavkat Mirziyoyev, O ‘zbekiston respublikasi Prezidenti.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin, - dedi Prezident.Oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam soʻzlashadi.Mustabid tuzum davrida tilimizni yoʻqotishga koʻp urinishlar boʻlgan edi. Lekin xalqimiz oʻz ona tilini – milliy gʻururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, oʻzbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega boʻldi.Ushbu tarixiy sanadan oʻttiz yil oʻtib bu borada yana bir qutlugʻ qadam qoʻyildi. Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilandi1. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi taʼsiri va mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini taʼkidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni koʻrsatib oʻtdi.
Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu olijanob harakatni barchamiz oʻzimizdan, oʻz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak .

Yüklə 410,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin