Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə14/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#40041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi

2 – SINF
‖Savol bering‖ metodidan o‘qituvchi yangi mavzuni mustaqil o‘rganishni tashkil etishda yoki o‘tgan mavzu qanday o‘zlashtirilganini tekshirish uchun foydalanishi mumkin.Bunda mavzuga oid matn kitobdan o‘qiladi.O‘qish davomida tug‘ilgan savollarni o‘quvchilar yozib boradi.Shunda o‘quvchi matnni befarq o‘qimaydi,chunki u savol tuzishi va savolni o‘qib berishi kerak bo‘ladi.O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘qituvchi ko‘rsatgan namuna bo‘yicha savollar tuzdirish ham yaxshi natija beradi.Ajratilgan vaqt tugaganidan keyin savollar o‘qiladi.Savollarga
70

xohlagan o‘quvchi yoki to‘g‘ri javob topilmasa,savol bergan o‘quvchi javob beradi. Hamma o‘quvchi savol berishiga erishish kerak. Ishni juftlikda ham olib borish mumkin. Bunda savolni juftlik tuzadi. ‖Savollar‖ texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari katta.Masalan o‘qituvchi har bir darsning 5daqiqasini shunday savol tuzishga bag‘ishlashi mumkin.Savollarni yakka holda va juft bo‘lib, keyinroq mavzu bo‘yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshiriladi.


Masalan: 2-sinf matematika darsidan ko‘paytirish va bo‘lish mavzulari o‘tilgach, marta ortiq va marta kam munosabatlari tushuntiriladi. Shu munosabatga bog‘liq bo‘lgan savol – masalalar tuzish topshiriladi. Buning uchun o‘qituvchi bir necha namuna keltirish ham mumkin. Lekin sinf ixtiyoriga qo‘yishi ham mumkin.
Misol uchun:
―2 sonidan 2 marta katta sonni ayting‖.
―Qanday son 3 dan 4 marta katta?‖


  • 12 soni 6 dan necha marta katta?‖




    • 5 soni 20 sonidan necha marta kichik?‖

―O‘ylagan sonni 3 marta kamaytirib, 3 hosil qilinsa, o‘ylagan son necha ?‖ kabi turli – tuman savollarning tuzilishi munosabatning o‘quvchilar tomonidan yana chuqurroq tushunilishiga sabab bo‘ladi.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin