Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə11/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#40041
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi

etish metodikasi



















2.1. Matematika

fanini

o’qitishda ta’lim texnologiyani tatbiq etishning



















o’ziga xos jihatlari



















Pedagogik




texnologiya mohiyatini to‘g‘ri tushunish, har tomonlama

tahlil qilgan

holda

ilmiy tarzda o‘zlashtirish, tatbiq

etish

yo‘llarini

qidirish o‘z

ustida tinimsiz

ishlashni

talab etadi. Ta‘lim axborot muhitining

kun sayin

kengayotganligi,

o‘quvchining

o‘zlashtirish

darajalarining

pastligi (ularni

o‘zgaruvchan

sharoit, vaziyatlardan

to‘g‘ri

yo‘l

topish

chiqa

olishlari) kabi

holatlar

ta‘lim

– tarbiya

jarayoniga davr

talabi

nuqtai nazaridan

yangicha

qarashni, o‘qitishning samarali

yo‘llarini izlashni

talab etadi. Bu texnologiyani

o‘rganish,

amalda qo‘llash

ta‘lim

– tarbiya sifatini

oshirish

talabidan kelib

chiqqan.

















































Pedagogik

texnologiyaning

mohiyati – ta‘lim

jarayonini

jadallashtirish,

o‘quvchilarning

o‘zlashtirish

va

uning

natijalarini

sur‘atini

tezlashtirish,

natijalarini

obyektiv, holisona

baholay olish, ko‘zlangan

natijalarga erishishni

kafolatlashga

qaratilgan pedagogik jarayonni

anglatadi.

Boshqacha

aytganda,

o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarini aniq maqsad asosida kutilgan natijalarni beradigan tarzda tizimli loyihalash tushuniladi.


Ta‘lim – tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish o‘qituvchidan texnologik loyihalash qobiliyatini talab etadi. O‘qituvchining texnologik loyihalash qobiliyatiga quyidagi talablar qo‘yiladi;
- texnologiyalashtirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklari haqida tushunchaga ega bo‘lish;


  • individuallashtirish;




  • ta‘limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‘rnini tushunish;




  • o‘qitishni shaxsga yo‘naltirishning asosiy maqsad, tur, shakli va darajalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

45


  • individual yondashuv, o‘qitishni tabaqalashtirish, individual o‘qitish tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish va farqlanishlarini bilish;




  • o‘quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‘quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llarini bilish;




  • o‘quv materialni o‘lchanadigan, kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish;






  • xatolarni va qiyinchilik tug ‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlay olish;



  • texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish.

Ushbu talablarga javob berish uchun quyidagi dastur asosida o‘z ustida ishlash tavsiya etiladi:




  1. Ta‘limga texnologik yondashuvlar va shart – sharoitlar.

Ta‘lim jarayoniga har xil qarashlar, o‘qitish va texnologiyalashtirishga texnokratik yondashuvlar haqida tasavvurga ega bo‘lish talab etiladi.




  1. Ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirishning psixologik – pedagogik asoslari.

Ta‘lim texnologiyalarida maqsad qo‘yish, tashxislash, ta‘lim texnologiyalarida ta‘lim mazmunini texnologiyalashtirishni bilish talab etiladi.




  1. Mualliflik ta‘lim texnologiyalari.

Bunda individual o‘qitish texnologiyasi, jamoa orqali o‘qitish texnologiyasi, pedagogik mahoratlar texnologiyasini bilishi lozim.




  1. Ta‘lim jarayonini loyihalash texnologiyasi.

Zamonaviy o‘qituvchining pedagogik faoliyati tuzilishi, o‘quvchilarning


mustaqil faoliyati, o‘qitish ko‘nikma va malakalari – ta‘lim texnologiyalarini tatbiq etishning zarur sharti, o‘quvchi bilish faoliyatini rag‘batlantirib borish, didaktik tamoyillari haqida bilimga ega bo‘lish zarur.

5. Ta‘lim texnologiyalari – o‘quv jarayonini qulaylashtirish vositasi.


46


Ta‘lim texnologiyalarining o‘quvchilar individual xususiyatlariga moslashishi, tanlash holatlari haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bu talablarning amalga oshishi quyidagi shart – sharoitlarni taqozo etadi:



  • maktablarda doimiy ravishda pedagogik texnologiyalarni o‘rganish;




  • umumlashtirish;

- amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy – amaliy seminarlar tashkil etish;




  • o‘qituvchi o‘z ustida doim ishlashi va yangi kitoblar bilan tanishib

borishi.
Matematika o‘qitish jarayonida yangi ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs kamolotini ta‘minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida so‘z yuritamiz.


Boshlang‘ich ta‘lim o‘zga ta‘lim bosqichlaridan integrativ, o‘yinga asoslangan ta‘lim texnologiyalariga beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Lekin bolaning bog‘cha davridan maktab davriga o‘tishi ancha murakkab ruhiy – hissiy ichki jarayonlar asosida amalga oshadi. Bu davrda aksariyat bolalarda chuqur psixologik qiyin holati kuzatiladi. Buni bola ichki dunyosini yaxshi his eta oladigan, tom ma‘nodagi jonkuyar pedagog nuqtai nazari bilan yondoshuv, suyanchiq deyish mumkin. Ko‘pincha o‘quvchi o‘qituvchi faoliyatini aynan takrorlaydi, ya‘ni ta‘lim mazmunini ongli emas, ongsiz ravishda qabul qiladi. Mazkur holatning oldini olish uchun, 1 – sinf o‘quvchisini ongli o‘quv faoliyatiga jalb etish uchun nima qilish kerak?
Bilim qanday o‘zlashtiriladi?


    1. Doimiy usulda dars (eski metod).




  1. O‘qiganda 10 % bilim o‘zlashtiriladi.




  1. Eshitilganda esa 20 % o‘zlashtiriladi.




  1. Ko‘rganda 30 % o‘zlashtiriladi.

47


  1. Eshitib, ko‘rganda esa 50 % bilimni o‘quvchi o‘zlashtiriladi.

Bu har doim usuldagi oddiy darsda o‘quvchining o‘zlashtirishini ko‘rsatsa, hozirgi davrdagi ta‘lim texnologiyasida esa.




    1. Andozali dars ( pedagogik texnologiya usulida ).




  1. O‘quvchi boshqa bolalar bilan dars o‘zida o‘tilgan mavzuni muhokama qilganda 70 % bilimni o‘zlashtiradi.




  1. Yana shaxsiy bahs, munozara o‘tkazilganda esa 80 % o‘zlashtirildi.

Olgan bilimni boshqalarga o‘rgatganda esa 95 % bilim o‘zlashtirildi.


Bilim qanday o‘zlashtiriladi?
(eski usulda)
O‘qiganda 10 % o‘zlashtiriladi.
Eshitganda 20 % o‘zlashtiriladi.
Ko‘rganda 30 % o‘zlashtiriladi.
Eshitib, ko‘rganda 50 % o‘zlashtiriladi.
(pedagogik texnologiyadan foydalanganda)
Boshqalar bilan 70 % o‘zlashtiriladi
muhokama qilganda
Shaxsiy bahs, 80 % o‘zlashtiriladi
Munozara o‘tkazilganda
O‘zgalarga o‘rgatganda 95 % o‘zlashtiriladi.
Andozali dars (A.A.F.)
A – aqliy hujum
A – Anglash
F – Fikrlash
1-4-sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta‘minlash (integrativ), ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi.

48


Dunyoda rivojlangan davlatlar erishayotgan yutuqlarga shu davlat ta‘lim
tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalar izchil o‘zlashtirilganligi sababdir.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, ta‘lim davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ qonuni asosida ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ‖ning qabul qilinishi ta‘lim tizimini tubdan isloh etishni taqozo etuvchi muhim hujjat hisoblanadi. Dasturning negizida nazariy-metodologik konsepsiya yotadi. Shuning uchun uni o‘rganish va amalga tatbiq etish shunchaki kechadigan jarayon emas. ‖ Milliy dastur‖ o‘ziga xos yondashuvni, yangicha metidikani va yangicha kasb mahoratini talab etadi.
―Kadrlar tayyorlash miliy dasturi‖ – bu zamonaviy pedagogik texnologiyaning o‘zi. Ijodkor mutaxassis, ijodkor tarbiyachi va o‘qituvchi o‘zining soha yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyani ajrata olmog‘i, hamda uni amalda tatbiq eta bilmog‘i lozim.
Bugungi kun o‘qituvchilarning faoliyatiga nazar solsak, aksariyat qismida hamon ikkilanish, ba‘zan cho‘chish, oxirigacha tushunib yetmaslik va tahlil yetishmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Buning sababi bitta – izlanuvchanlik va ijodkorlikning yeyishmasligi!
Pedagogik texnologiya haqida gap yuritilganda ―zamonaviy‖, ―yangilangan‖ so‘zlarini qo‘shib fikrimizni ifodalamoqdamiz. Chunki bir vaqtlar ―yangi‖ hisoblangan pedagogik texnologiya bugungi kunda eskirgan bo‘lishi mumkin. Yangilanayotgan ta‘lim-tarbiya mazmuni o‘z-o‘zidan yangilangan usullarni, metodlarni, umuman olganda o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarni talab etmoqda. Bugungi kun o‘quvchisining erkin, mustaqil, vatanparvar, bilimli qilib kamol toptirish bevosita biz pedagoglarga bog‘liqdir.

To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim – tarbiya mazmuni o‘qishga ongli munosabatni, insoniy kamolatni, shaxsning axloqiy, ma‘naviy va jismoniy rivojlanishini hosil qilishning beqiyos omilidir.


49


Boshlang‘ich sinflarning dars jarayonida yangicha usullarni qo‘llash, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Darsga to‘g‘ri metod tanlash bilan mavzuga ijodiy yondashish albatta o‘z samarasini beradi. Bizning maqsadimiz o‘z fikriga ega bo‘lgan, bilimli o‘quvchi shaxsni kamol toptirish ekan, endilikda darslarimizda zamonaviy metod va usullardan foydalanishimiz darkor. Ular yordamida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin, mustaqil ifodalash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan biri ―Aqliy hujum‖ metodi hisoblanadi. Dars jarayonida bu metoddan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. ―Aqliy hujum‖ni uyushtirish bir muncha sodda bo‘lib, undan ta‘lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida foydalanish mumkin. Dastlab o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va ular oldiga biror muammo yoki savol qo‘yiladi. Uning javobi to‘g‘risida guruh ishtirokchilari o‘z fikrlarini bildiradilar. Aytilgan barcha fikrlar yozuv taxtasiga qayd qilib boriladi, qizig‘i shundaki, bu yerda ―sen noto‘g‘ri aytding‖, ―bu xato ‖ degan fikr o‘qituvchi tomonidan aytilmaydi. Jamlangan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini o‘quvchi dars davomida berilgan darslikdagi mavzudan bilib oladi. ―Aqliy hujum‖ metodining vazifasi qiyin vaziyatlardan qutilish choralarini topishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, dars jarayonida ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.

O‘qituvchining ish faoliyatida ko‘pgina dars turlari o‘z ifodasini topadi. Shulardan biri bosqichma – bosqich dars jarayonini tashkil etish. Bu bosqichlar quyidagilar:




  • Tashkiliy ishlar;




  • Chaqiruv bosqichi;




  • Anglash bosqichi;




  • Fikrlash bosqichi;




  • Darsni yakunlash;

50


Bunday uyushtirilgan darslarda o‘qituvchi ko‘pgina maqsadlarga erisha oladi.

Bosqichma – bosqich dars o‘tish jarayoni keng doirada ishlash, fikrlash, bilimlarni to‘la – to‘kis egallash imkoniyatini beradi.


- Tashkiliy ishlar.
Bu bosqichda o‘qituvchi sinfning darsga tayyorgarligini tekshirib,
davomatni aniqlaydi.
I-bosqich – Chaqiruv bosqichi.
Bu bosqichda o‘quvchilar faoliyatining xilma-xil usullari amalga oshiriladi. Birinchidan, o‘quvchilar mazkur bosqichda o‘zlarininig biror yangi mavzu yo‘nalishidagi dastlabki bilimlarini namoyish etadilar va bu jarayon o‘quvchini o‘z bilimlarini tahlil qilishga, yangi mavzu bo‘yicha fikr yuritishga, xotirasini charxlashga o‘rgatadi.
Ikkinchidan, o‘quvchilar faolligi, darsga bo‘lgan qiziqishi dars boshidayoq ortadi va bu o‘z samarasini beradi.
Uchinchidan, yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bor imkoniyatlarini ishga soladilar va shu mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini aniqlaydilar.
Chaqiruv bosqichida o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdir.
II – bosqich – Anglash bosqichi.
O‘quvchilar chaqiruv bosqichida o‘zlarining mavzu yuzasidan dastlabki bilimlarini namoyish qilgan bo‘lsalar, bu bosqichda esa yangi bilim va axborotlar oladilar.
O‘qituvchi – o‘quvchilar mavzu yuzasidan qanday bilimga egaliklarini aniqlab olib, shunga ko‘ra yangilik berishi kerak. Mana shu maqsadga erishish anglash bosqichida amalga oshadi. Bu bosqichda yangi mavzu bo‘yicha matn, masala bilan ishlash, ko‘rgazmalardan foydalanish, testlar tarqatish kabi usullardan foydalanish mumkin.

51


Anglash bosqichining maqsadi o‘quvchilarning faolligini oshirish, yangi mavzuga qiziqishlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlab, o‘z fikrlarini va tushunchalarini aniq bayon qilib berishdan iborat.


  1. – bosqich – Fikrlash bosqichi.

Fikrlash bosqichida o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarini


mustahkamlaydilar va o‘z tushunchalarini, fikrlarini bayon qiladilar. Egallagan bilimlarini amalda qo‘llab, o‘quvchilar bir-birlari bilan fikr almashadilar. Bahs – munozara uyushtirish o‘quvchilarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydi.



  • Darsni yakunlash.

Har dars o‘qituvchining xulosasi bilan yakunlanadi. Darsda faol ishtirok


etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadilar. Uyga vazifa beriladi. Bosqichma – bosqich darsni ― matematika‖ darsida amalga oshirishni
jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin.
O‘qituvchi shaxsining kasbiy yo‘nalishini eng yuqori pog‘onasi pedagogik mahoratni belgilaydi. Pedagogik mahorat – o‘qituvchi ijodkorligining oliy namunasi. Mahoratli o‘qituvchi har doim ilg‘or tajriba sohibi bo‘la oladi. Shuning uchun texnologiya so‘zi o‘z tarkibiga ilg‘or, novatorlik,
ijodkorlik, kasb tafakkuri kabi tushunchalarni qamrab oladi. Bu tushunchalarning rivoji yuqorida aytib o‘tganimizdek, pedagogik mahoratda ko‘rinadi. Pedagogik mahorat o‘zining yo‘nalishiga qarab ta‘limiy va tarbiyaviy bo‘ladi.

Pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o‘z yechimini topishi milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar o‘qituvchi qo‘lida bilimga chanqoq o‘quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun – dastur, qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib, ilg‘or pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan o‘qituvchi mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi, uning pedagogik tiimda tutgan o‘rni haqida batafsil to‘xtalaman.


52


1. O‘qituvchi davlat buyurtmasiga to‘g‘ri keladigan ta‘lim – tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt unga erishishni ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin bo‘lsin.


  1. O‘qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi,

muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy- texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.




  1. O‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayon ( o‘quv – bilish faoliyati )ni amalga oshirish talablari bilan tanish




bo‘lishi

kerak. Jadallashtirish

didaktik

masalalarni

ma‘lum

vaqt

doirasida bir

muncha

tez va

yuqori saviyada

hal

eta

oladigan

didaktik jarayonni

qo‘llashni




talab

etadi.














































4.

O‘qituvchi

didaktik

jarayonni

amalga

oshirishda

o‘qitishning

samarali

shakllaridan

foydalana

olishi

kerak. O‘qitishning

tashkiliy

shakllari

to‘g‘ri

tanlanishi

pedagogik

tizim

elementlarining

ma‘lum

qonuniyat

asosida

bir- birlari bilan

bog‘liq

ekanligini bildiradi.

























5. O‘qituvchi

pedagogik tizimning ishtirokchisi

bo‘lgan

o‘quvchining

ta‘lim

mazmuni

va

tarbiya

ta‘sirini




qay

darajada

egallayotganligini

eng

maqbul

usullar




yordamida

doimo nazorat

qilib

borishi

zarur. Bu

to‘g‘rida

olingan




axborotlar

esa

pedagogik




tizimni

maqsadga

muvofiq

tarzda

boshqarish

imkoniyatini

beradi

yoki

pedagogik

tizimdagi

qaysi

elementning

mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
















Pedagogik

texnologiya

o‘zining




pedagogika va boshqa fan yutuqlari

bilan

bog‘liq

xususiy nazariyasiga

ega: u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy

jarayonni




ilmiy

asosda

qurishga

yo‘naltirilgan, o‘qitishning

axborotli

vositalaridan

va

didaktik




materiallardan,

faol

metodlardan

keng

foydalanishga




asoslangan

o‘qituvchi

va o‘quvchilarning

birgalikdagi

faoliyatiga

zamin

yaratadi.








































53

Maorifda muhim o‘rin tutadigan boshlang‘ich ta‘limning asosiy vazifalari o‘quvchilarning yaxshi savod chiqarishlarini ta‘minlash, ilk bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ehtiyojlarni qondirish, ularda ma‘naviy axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof – muhitga
ongli munosabatda bo‘lishni shakllantirish sanaladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim egallashlarini faollashtiradigan muhim omillardan biri – modulli ta‘lim texnologiyalaridir.
Modulli ta‘limning asosiy mohiyati, o‘quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari – dars matni yoki o‘qituvchilar tomonidan o‘quv materiallarini rejalashtirish emas, balki o‘quvchilarning mazkur mavzuni dasturlari o‘qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni o‘rganish bosqichlari, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv faoliyati elementlari, ularning bilimini nazorat qilish yo‘llari ketma-ket bayon etiladi.
O‘qituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta‘lim jarayonida foydalanishda quyidagilarga e‘tibor berishi zarur:
1. O‘quv materialini tanlash. O‘quvchilarga mustaqil o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o‘quv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan bo‘lishi kerak.
2. Vaqtni tejash. O‘quvchilar o‘quv materialini dasturda belgilangan vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur.


  1. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. O‘qituvchi o‘quvchilarni modul dasturi bilan ishlashga yo‘llashdan avval ularda darslik va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasi

shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


Bunda o‘qituvchi darsda o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialini ikki qismga ajratadi. Birinchi qismni o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar ijodiy va mustaqil o‘zlashtiradilar, ikkinchi qismni mustaqil bajaradilar.

54


4.O‘quvchilar bilimini nazorat qilish: O‘qituvchi modul dasturi
qo‘llaniladigan darslari uchun o‘tgan mavzular yuzasidan test savollari tayyorlaydi va dastlabki joriy nazorat o‘tkazadi. Shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha test savollari tayyorlaydi va o‘quvchilar bilimini aniqlaydi.
Bundan tashqari modul dasturidan o‘rin olgan har bir topshiriq yuzasidan bolalar bilimlarini aniqlash uchun o‘quvchilar o‘z-o‘zini va o‘zaro nazoratni amalga oshiradilar.
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarning individual ishlashiga, ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarninig individual ishlashlariga mo‘ljallangan modul dasturlari har o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji, bilim saviyasini orttirish, o‘zlashtirish darajasini aniqlash, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutsa, kichik guruhlar uchun mo‘ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilgan omillar bilan bir qatorda o‘quvchilar orasida o‘zaro muloqot, hamkorlik, yordamni vujudga keltirish, o‘quvchilarning bir-birlari o‘rtasida o‘zaro nazoratni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashish mumkin:
1.Musobaqa usuli.
O‘qituvchi o‘quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o‘quvchilar faoliyatini modul dasturdan o‘rin olgan topshiriqlarni bajarishga yo‘llaydi. Har bir topshiriq bajarilgandan so‘ng, bahs, munozara, savol-javob musobaqa tarzda o‘tkaziladi. Har bir guruhdagi o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini o‘rtoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.

2.Kichik maslahatchilar usuli.


O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 5-6 ta teng sonli kichik guruhlarga ajratadi.
Har bir guruhga kichik maslahat beruvchilar tayyorlaydi.

55

Kichik maslahatchilar guruhdagi o‘quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda o‘zaro yordam uyushtiradi. Topshiriqlar asosida savol-javob o‘tkazadi. Kichik guruhlardagi o‘quvchilar faoliyati o‘zaro nazorat orqali baholanadi.
Modulli darsni quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilimini test savollari
yordamida aniqlash va baholash ( dastlabki joriy nazorat ).


  1. O‘tgan mavzuni yakunlash.

IV. Yangi mavzu bayoni:


a) yangi mavzu bo‘yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o‘quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish;


  1. o‘quvchilarni yakka yoki kichik guruhlar tartibida modul dasturidagi topshiriqlarni bajarishga yo‘llash;




  1. har bir o‘quvchi faoliyati elementi topshiriqlarining to‘liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko‘rsatmalar berish;




  1. har bir o‘quvchi faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o‘tkazish.

V. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida o‘quvchilar bilimini aniqlash:





  1. o‘z-o‘zini nazorat;




  1. o‘zaro nazorat;




  1. o‘qituvchi nazorati.

VI. Darsni umumiy yakunlash.




Yuqoridagi

fikrlardan

ko‘rinib

turibdiki,

ta‘lim

jarayonida

modul

dasturlaridan

foydalanish

o‘quvchilarning

bilim

olishlarini faollashtiradi va

o‘qitish samaradorligini yuqori

darajada

bo‘lishini kafolatlaydi.




Zamonaviy pedagogik

texnologiya – hayotiy ehtiyoj







Zamonaviy

pedagogik

texnologiyaning

muntazam

tahlil qilib

borish,

loyihalashtiruvchi

vositalarning eng

zarurini

tanlash, metodlarning maqsadga

56


muvofiqligini aniqlay bilish, olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan tahlil qilish, ta‘lim jarayonining yaxlitligini ta‘minlash kabi tamoyillarga asoslangan holda va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta‘limga joriy qilish, ayniqsa, xorijiy davlatlardagi pedagogik texnologiyalar tajribalaridan foydalangan holda o‘zimizning sistemalashtirilgan ta‘lim jarayonining zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshiriladigan ishlarni umumlashtirish va hayotga qo‘llash uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
1.Ta‘lim jarayoni qatnashchilari – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida:
O‘quv mehnati ish rejasini ishlab chiqilishi, ya‘ni o‘qituvchi bo‘lim va bobni o‘rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Ma‘lumki, o‘qituvchi tuzayotgan ish rejalarda darslarning o‘rganilayotgan mavzularigina soatma-soat taqsimotini belgilaydi. Ushbu reja asosida o‘qituvchi darslarni o‘taveradi, hamda qaysi darsda qanday o‘quv – biluv faoliyati amalga oshirilishidan o‘quvchilar mutlaqo xabarsiz bo‘ladilar. O‘quvchi uchun har bir dars odatdagi darsga aylanib qoladi. Natijada u darsning passiv ishtirokchisigina bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillaridan biri bo‘lgan o‘quv mehnatining o‘qituvchi – o‘quvchi o‘rtasida izchil va rejalashtirilgan taqsimoti o‘qituvchidan ta‘lim jarayonini izchil boshqarishni talab etadi.
2.Fanning ichki bog‘lanishi va fanlararo bog‘lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish.
Ma‘lumki, har bir o‘rganilayotgan kichik va yirik o‘quv birliklari oldin o‘rganilganlarga tayanadi. O‘quvchining yangi bo‘lim, bobni o‘rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud bilimlar yangi bobni, bo‘limni o‘rganishga yetarli bo‘lmasa, oraliq tayyorgarliklar olib borish va shundan keyingina bilimlarni o‘rganishning navbatdagi bosqichiga o‘tish lozim

3.O‘quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.



57

O‘quv birliklarini o‘quvchi o‘rganishi lozim bo‘lgan tushunchalar, ta‘riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar, voqealardan iborat bo‘lib, ular orasidagi mantiqiy bog‘lanishning ta‘minlanishi shu mavzuni o‘zlashtirilishiga olib keladi. O‘qituvchi bob, bo‘lim uchun ajratlgan soatlarda o‘quvchilar o‘rganishi kerak bo‘lgan mezonlar hisoblanib, o‘quvchi bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o‘lchanadi. O‘qituvchi bu paytda nisbatan o‘rtacha baho ishlatmaydi, balki aniq o‘lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. O‘quv rejasini tuzishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan o‘quv birliklarini bo‘limlar, boblar, choraklar bo‘yicha aniqlaydi va o‘quvchilarga topshiriq sifatida bo‘limni o‘rganishdan oldin vazifa qilib beradi. Berilgan topshiriqlar o‘quvchining o‘zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig‘iga o‘tkaziladi.

4.Didaktik tahlil.


Bilimdagi notekisliklarning aniqlash, ularni to‘ldirib va navbatdagi o‘zlashtirish bosqichiga ko‘tarish maqsadida diagnostikalash amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:


  • O‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini diagnostikalash;




  • Bilimni yetishmovchiligini oldini olish;




  • Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;




  • Maxsus topshiriqlar bajarish soatlarini belgilash;




  • Yakuniy diagnostik tahlil qilish.

Diagnostika ta‘lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Asosiy o‘zlashtirishdagi kamchilik soatini aniqlash, har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishi kuzatishlar, kiritish yo‘li bilan ta‘lim jarayonining natijasi kafolatlanganligini ta‘minlaydi. Test natijalarini diagnostik tahlil qilish 2 muhim vazifani hal etadi:





  1. Qaysi o‘quvchi qaysi o‘quv birliklarida qiynaladi?




  1. O‘qituvchilar qaysi bilimlarini kengaytirishi lozimligini aniqlaydi.

5.Tuzatish kiritish.


58


Bo‘lim, bobni o‘zlashtirish darajasining diagnostik tahlil natijasi
50 dan kam ko‘rsatgichni bersa, o‘qituvchi ta‘lim jarayonining borishida
tuzatish kiritishi lozim. Tuzatish kiritishda quyidagilar bajariladi:

- o‘quvchilar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzularni aniqlash; - o‘quv rejasida tuzatish kiritish soatlarini belgilash;




  • zarur hollarda orqaga qaytishni rejalashtirish.




    1. Bo‘shliqni to‘ldirish. Qayta tuzatish kiritishdan maqsad olingan bilimlarda kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf

etish bo‘shliqni to‘ldirish asosida amalga oshiriladi.


7. Kutilishi lozim bo‘lgan natijani olish.
Bu element zamonaviy pedagogik texnologiyaning markaziy g‘oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta‘lim jarayonini natijasi kafolatli bo‘lishini talab qilar ekan, jarayon borishining ko‘zda tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo‘lishining rejalashtirilishini o‘qituvchi oldiga vazifa qilib qo‘yadi.

Darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish usullaridan foydalanishning afzalliklari.


Jamiyatimiz hayotida yuz bergan keskin o‘zgarishlar ta‘limning maqsadi, mazmuni hamda vazifalarni yangilashni asosiy vazifalardan biri
qilib qo‘ydi. Buning natijasida o‘quvch dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi.
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunda ham, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ham o‘quvchining mustaqil fikrlash va ijodkorligiga alohida e‘tibor berilgan.
Yosh avlodning ma‘naviy, mustaqil kamoloti ko‘p jihatdan nutq boyligini oshirish bilan bog‘liqdir. Maktab o‘quvchilarining nutqini o‘stirish

59


barcha o‘qituvchilarning, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining asosiy vazifasidir.
Dars jarayonida o‘qituvchi emas, balki bola faol bo‘lishi, ko‘proq ishtirok etib, bilimini oshirishi, fanlararo uzviylikni ta‘minlash ta‘limning ilg‘or pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘ynaydi.
Bolalar mustaqil mutolaa qilish, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, ularning zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulining o‘sishida, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda darslarda zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanish zamon talablaridan biridir.





O‘qish,

ona




tili,

matematika

darslarini

zamon

talablariga




javob

beradigan

holda

o‘qitishda




― O‘yin

musobaqa‖, ― Teatrlashgan‖, ― Test -

sinov‖, ―Seminar‖, ―Sayohat‖

darslaridan

foydalanish

samarali natija beradi.




Zamonaviy

dars

o‘tish

usullarining

o‘ziga

xos xususiyatlari:







-

mavzuni

muhokama

qilish;




























-

erkin

fikrlash;











































-

hamkorlikda




ishlash;


































- juft bo‘lib, guruhlarda ishlash;




























-

davra

suhbatlari, bahs- munozaralar;

























-

rollar

ijro

etish;








































-

muammolarni




birgalikda

hal

etish




uchun

fikrlashga majbur

etadigan




aqliy hujum va hokazo.





































Zamonaviy

usullar

o‘quvchilarning

chuqur bilim

olishi uchun

qator

imkoniyatlar

yaratish




bilan

birga

ularda

o‘z

fikrini

himoya

qilish

ko‘nikmasini

qat‘iyligini

shakllantiradi, hamkorlikda

ishlashni

o‘rgatib, ularni

bo‘lg‘usi

hayotida

uchrab




turadigan

qiyinchiliklarni

birgalikda

yengish

tajribasi

singdiriladi.











































O‘qituvchi




darsda

zamonaviy usullardan

foydalanganda

o‘rganuvchilar

fikrini

ma‘lum

bir

maqsadga yo‘naltiradi, intizomni

nazorat

qiladi,

eslatadi,

o‘quvchilar bilimlarini

holis

baholaydi.

























60

Darsda zamonaviy usullardan foydalanadigan o‘qituvchi o‘z ustida mutassil ishlashini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni darsda joriy qilib borishini o‘zining odatiy ishi deb hisoblaydi.





Zamonaviy

usullardan foydalanish:




-

o‘rgatuvchi

va

o‘rganuvchining an‘anaviy rolini

almashtiradi;

-

sinf muhitini

o‘zgartiradi;




-

o‘rganilayotgan

mavzuni qanday o‘rganilishi

kerakligini belgilab




beradi;













  • har bir o‘quvchini faollashtiradi.







Bugungi




kunda

o‘qituvchi




o‘qitish

uchun




faqat

zaruriy

axborotlarnigina tanlab olishi va o‘quvchini

bevosita

mustaqil

bilim

olishiga o‘rgatmog‘i lozim. Bu

jarayonda

o‘qituvchining

pedagogik

mahorati,

uning

chuqur

bilimli, insoniy




axloq – odobi

muhim

rol

o‘ynaydi. Hozirgi

kunda

zamonaviy

usullardan

foydalanib

dars

berishda

o‘qituvchi

mohirlikdan

ijodkorlikka intilib, ta‘lim sohasini jonlantirishni

talab

etadi.




Biz uchun ilg‘or deb tan olinayotgan bu

usullarni

birdaniga

dars

jarayoniga

to‘laligicha

olib

kirish

qiyin. Chunki

bunday




usullarda

dars

o‘tilishiga o‘quvchilar

ham, o‘qituvchilar

ham

ko‘nikma

hosil

qilishmagan.

Zero, ta‘lim

tizimini isloh

qilishning asosiy maqsadi

o‘quvchilar fikrlash

qobiliyatini




shakllantirishdan




iborat

ekan, ilg‘or

usullarni

darslarimizga

qadamma – qadam

joriy etib

borishimizni

hayot taqozo

etmoqda.







Aqliy

hujum. O‘quvchilarda

hozirjavoblik

( og‘zaki, yozma ) hissini

rivojlantirishga

yo‘naltiradigan

bu

usul –



jamoa orasida

muayyan

topshiriqlarni bajarayotgan va har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, hamda unda ma‘lum jamoa (guruh ) tomonidan bildirilayotgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishga‖ xizmat qiladi. O‘quvchilarga umumiy savol tashlanib, berilgan javoblardan eng yaxshisi tanlanadi.


Bahs – munozara. Alohida dars ko‘rinishida bo‘lib, o‘tilgan darsga doir bahsli, tortishuvli muammolarni ikki guruhga bo‘linib hal etish. Bu usulni

61


qo‘llagan

o‘qituvchi

sinfni

ikki

guruhga

ajratadi.

Birinchi

guruh

―tarafdorlar‖, ikkinchi

guruh

― qarshilar‖. O‘rtaga tayinlangan boshlovchi

bahsni muvozanatga solib turadi. Guruh

a‘zolari




navbat

bilan

mulohazalarini

bayon qiladilar.


































Interfaol. ― O‘quvchi – o‘quvchi ‖, ― O‘qituvchi – o‘quvchi‖

o‘rtasida

sodir

bo‘ladigan

muloqot usuli. Hamkorlikda

ishlash

vositasida dars

samaradorligini

oshirishga

yordam

beradi. O‘quvchilarni

mustaqil

fikrlashga

undaydi. Savol –

javoblar juftlikda

ishlash va

guruhlarda

faoliyat

ko‘rsatish jarayonida amalga

oshiriladi.





































Yo‘naltirish. O‘quvchiga




yo‘naltirilgan

yondashuv

uslubidagi

yangi

texnologiya

bo‘lib, mavzuga

doir suratlarni tasvirlashda,

grammatik qoidalarni

tushuntirishda, o‘zlashtirilishi qiyin mavzularni yetkazishda savollar bilan murojaat qilish. Mazkur usulning afzalligi shuki, o‘qituvchi o‘quvchiga tayyor


narsani aytib bermay, mavzuni tushunib olishlariga imkon yaratadi.
Muzyorar. O‘quvchilapning bir-birlari bilan tanishib olishlarida
ishlatiladigan usul. Uni turli variantlarda qo‘llash mumkin. Sinf ikki guruhga bo‘linib, doira hosil qilinadi. Birinchi o‘quvchi ismini aytadi, navbatdagi o‘quvchi o‘zidan oldingi o‘rtog‘ining nomini aytib, so‘ngra o‘zining ismini qo‘shadi va shu tariqa davom ettiriladi. Oxirgi o‘quvchi o‘zidan oldingi barcha o‘quvchilar nomini aytishi kerak. Qiziqarliroq bo‘lishi uchun bolalar
nomlaridan oldin ismlari bilan boshlanadigan sifatlarni qo‘shishlari ham mumkin. Masalan, tirishqoq Tolibjon, sohibjamol Salima va hokazo.
Suratli diktant. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan, estetik didlarini, ijodkorlik ishtiyoqlarini shakllantiradigan o‘qitish


usuli. Sinfxonadagi stullar

orqama – orqa

qo‘yiladi.

O‘quvchilar ham bir-

birlariga orqa o‘girgan holda surat chizadilar. Alohida

dars

ko‘rinishidagi bu

usulda birinchi

o‘quvchi

manzarani bayon

qiladi, o‘rtog‘i

esa

uni

suratga

tushiradi. Diktant

davomida o‘quvchilar

almashadilar va

surat

chizib

bo‘lingach, u tasvirlanadi.



62

Chigil

yozdi. Dars

boshlanishida

bu

usul

o‘quvchilarni

ruhiy

tayyorlash

va dars




yarmida

o‘quvchilar

diqqatini

mashg‘ulotning

keyingi bosqichiga

chorlash

uchun

qo‘llaniladi.











































O‘quvchilarning

fikrlash

qobiliyatlarini

o‘stirish

va




teran

fikrlashga,

o‘z

fikrlarini

ravon

ifodalashga




o‘rgatishda




zamonaviy




usullardan

foydalanishning

ahamiyati

katta. Bolalarning

barkamol

avlod

bo‘lib

yetishishida so‘zlashish

madaniyati, to‘g‘ri

va

mantiqli




gap

gapira olish

qobiliyati ham mujassam bo‘lishi lozim.































Bugungi

ta‘lim

jarayonida

ona

tili,

pedagogika

va




psixologiya

fanlarining

hamkorligi

muhim. Chunki

shaxs




rivojlanishida




tafakkur

taraqqiyoti

uchun

pedagogik

faoliyatga

psixologiya

ilmini

jalb

etishni

zamon

taqozo etmoqda.














































Boshlang‘ich sinflarda ilg‘or pedagogik texnologiyaning ―Klaster‖

strategiyasidan foydalanish ham

yaxshi

samara

beradi.



















Klaster – pedagogik strategiya

bo‘lib, o‘quvchilarni

biror

mavzu

yuzasidan

erkin

va




ochiq

fikrlashga

undaydi. Bu

fikrlashning

tartibsiz shaklidir.




  • Klaster‖ bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.




    1. Mavzuga doir kalit so‘z varaqning yoki doskaning o‘rtasiga yozib qo‘yiladi.



    1. Mavzuni yoritishda yordam beruvchi so‘zlar kalit so‘z atrofida

tartibsiz yoziladi.




  1. Kalit so‘z atrofida yozilgan so‘zlardan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan so‘zlar belgilab qo‘yiladi.




  1. Mavzuga doir so‘zlar vaqt tugaguncha yoki qolmagunga qadar

yoziladi.


―Klaster‖ ni qo‘llashda ma‘lum qonun-qoidalar mavjud:


  1. Mavzuga doir so‘zlarni yozayotganda ularning sifatini tahlil qilmasdan, esga kelganini yozish kerak.




  1. Yozayotganda orfografik xatolarga e‘tibor bermang.




  1. Vaqt tugamagunicha yozishni to‘xtatmang.

63


  1. Tanlangan mavzu butun sinf jamoasiga tanish bo‘lishi kerak.

Masalan: ― O‘lchov birliklari ‖, ― Vaqt birliklari ‖, ―Juft sonlar ‖, ― Matematik terminlar‖.




  • Klaster ‖ dan asosan o‘quvchilar bilimini mustahkamlashda, bo‘lim yuzasidan umumlashtiruchi darslarni o‘tkazishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bu metod bo‘yicha o‘tiladigan dars:
- O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
- O‘quvchilarning aqliy rivojlanishini o‘stiradi.


  • Mustaqil fikr yuritishga ko‘mak beradi.

Dars noan‘anaviy shaklda bo‘lib, 4 bosqichda amalga oshiriladi.


Topshiriqlarni berishdan oldin har bir o‘quvchiga tayyor jadval
chizilgan varaqlar tarqatiladi.
I bosqichda o‘quvchilar jadvalda berilgan kalit so‘z asosida yozib
chiqadilar.
II bosqichni bajarishga barcha o‘quvchilar barobar kirishishlari shart.
Bu bosqichda har bir birlik yoniga mos soni qo‘yib chiqadilar
O‘quvchilar II bosqichni bajarib bo‘lishgach, III bosqichga o‘tadi. Bu
bosqichda o‘quvchilar eng katta vaqt birliklarini to‘g‘ri chiziq bilan,
kichiklarini esa egri chiziq bilan tutashtirib chiqadilar.
― Klaster ‖ usulini qo‘llashda boshqacha turni ham qo‘llash mumkin.
Bu turdagi ―Klaster ‖ usulida fikrlar bayon etilgandan so‘ng har bir fikr
yoki so‘zni toifalarga ajratib chiqadilar.
Usulning maqsadi:
- O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish;
- Yozma nutqni takomillashtirish;
- Fikrlash qobiliyatini oshirish;
- Toifalarga ajrata olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
― Kubik ‖ usulidan ham matematikada kengroq foydalanish mumkin.

64

Geometrik shaklga ega bo‘lgan kubikning 6 ta tomoni borligi hammaga ma‘lum. ― Kubik‖ usuli ham shundan kelib chiqqan holda har bir tomoni bir savol bilan murojaat etadi, ya‘ni:


  1. Nomi;




  1. Tuzilishi;




  1. Taqqoslash;




  1. O‘xshatish;




  1. Vazifasi;




  1. Yaxshi, yomon tomonlarini yoritish; Masalan: 1) 54, 29 sonlari

1.Nomi: 2 xonali sonlar yoki raqamlar;


2.Tuzilishi: 5 ta o‘nlik 4 ta birlik, 2 ta o‘nlik 9 ta birlik;
3.Taqqoslash: 54>29.
2) 36, 48 sonlari
1.Nomi: 2 xonali sonlar yoki raqamlar;
2.Tuzilishi: 3 ta o‘nlik 6 ta birlik, 4 ta o‘nlik 8 ta birlik;
3.Taqqoslash: 36<48


  1. Uchburchak figurasi.




      1. Uchburchak




      1. 3 ta uchi, 3 ta tomoni bor




      1. To‘rtburchakning 4 ta uchi bor, bunda esa 3 ta




      1. Uyning tomiga o‘xshaydi.




    • Aqliy hujum ‖ usulida har bir o‘quchida ― Insert ‖ jadvali bo‘lishi

kerak. Bu jadvalni fikrlash bosqichida o‘quvchilar to‘ldirishadi. Aqliy hujum usuli

I. Chaqiruv bosqichi – 10‘
II. Anglash bosqichi – 15‘


  1. Fikrlash bosqichi – 15 Insert jadvali tuzilishi:

V- bilgan ma‘lumot


65


Q- yangi ma‘lumot;


  • – qo‘shimcha ma‘lumot.

Darsda ― Aqliy hujum ‖ usulidan foydalanishdan namunalar:


I. Chaqiruv bosqichi – 10‘
Savol: Matematikaga hissa qo‘shgan Sharq allomalarini aytib bering ( sinf xattaxtasida o‘qituvchi tomonidan qayd etib boriladi ) :


  • Al Xorazmiy;




  • M. Ulug‘bek;




  • A. Jomiy;




  • Ibn Sino;




  • Navoiy;

II. Anglash bosqichi – 15‘


Bu bosqichda o‘qituvchi yordamida o‘quvchilar javobni yana ham to‘ldirishadi.( insert jadvali tarqatiladi.)


  1. Fikrlash bosqichi – 15‘

Bu bosqichda o‘quvchilar ―Insert‖ jadvalini to‘ldirishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga misol berib, jadvalni ko‘zdan kechiradi.


―Insert‖ jadval orqali o‘qituvchi o‘quvchisi qancha bilimga ega, qancha yangi bilim egalladi va qaysi ma‘lumotlar haqida qo‘shimcha yangilik berishi lozimligi yaqqol ko‘rinadi.
― Muzyorar ‖ usuli.
Dars jarayonida, o‘tilgan mavzularni mustahkamlashda, darslarni
umumlashtirishda qo‘llaniladi.
Masalan, o‘qituvchining o‘quvchilarga barcha matematik terminlarni ayting savoliga javob berishda bu usuldan foydalansa qiziqarli chiqadi. Bunda bir o‘quvchi bir terminni aytadi, ikkinchi bu terminga yana bir termin qo‘shib aytadi. Uchinchi 2 ta terminga 3 ta terminini qo‘shadi.
O‘yinning maqsadi nafaqat matematik terminlarni takrorlatish, balki o‘quvchilar xotirasini ishlatishdir, shakllantirishdir.
1- O‘quvchi – qo‘shiluvchi;

66


2- O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma;
3- O‘quvchi - qo‘shiluvchi, ayirma, qavs;
4- O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma, qavs, ko‘paytma; O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma, qavs, ko‘paytma, bo‘linma…
Shunday ekan, o‘qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘siq yo‘qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish bo‘lmay, ilmni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib keladi.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin