boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
Muammoning o’rganish darajasi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta‘limni isloh qilinish bilan bog‘liq ravishda kirib
kelganligi ma‘lum.Hozirgacha B. Bluj, J.Koroll, P.Y Galperin,
V.I.Davidov,L.I.Zankov,Charlz, Templ va Jenni Stillarning texnologiyalari mashhurdir. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari B.P.Bespalko, G.S.Suxobskoy,T.V.Kudryavsev,M.I.Maxmutov,T.N.Ballo kabi aksariyat psixolog va didaktikachilar ilmiy tadqiqot ishlarni olib borganliklarini aniqladim.
T.N.Ballo ―pedagogik texnologiya‖ tushunchasiga ta‘rif berar ekan,uni o‘qitish jarayoniga nisbatan topshiriqli yondoshuv, L.V.Zankov, T.Y.Galperin, bosqichli o‘qitish, G,K.Selevko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar.[42]
Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta‘limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari oldida o‘quv jarayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o‘quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat‘iy nazar tashkil etiladigan ta‘lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir.Bu
borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritilgan,ular to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi,
chunonchi, B.P.Bespalko,M.V.Klarin, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.O.Ochilov
,N.Saidahmedov, K.Zaripov, N.N.Azizxo‘jayeva, O‘Q. Tolipov, M. Usmonboyeva va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo‘lishimiz mumkin. Olimlar pedagogik texnologiyalarni asoslarini o‘rganganlar.Bizning
tadqiqotimizda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini o‘rganish ko‘zda tutilgandi.
7
Men o‘z ilmiy tadqiqot ishimda ulardan farqli ravishda davr talabi, zamon innovatsion metodlarni qo‘llagan holda metodika ba‘zi yangilikni kiritishni maqsad qilib qo‘ydim.