Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Xiva xonligi (Shayboniylar sulolasi va Qo’ng’irotlar sulolasi) Boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari



Yüklə 436,14 Kb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü436,14 Kb.
#129561
1   2   3   4   5
Xiva xonligi (Shayboniylar sulolasi va Qo’ng’irotlar sulolasi) Boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo‘liga berib qo‘ygan Isfandiyorxondan norozi bo‘lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg‘ozi boshchilik qildi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo‘yilish joyida (Orol bo‘yi)da istiqomat qilgan o‘zbeklar (bu yerda o‘zbek qo‘ng‘irotlari katta siyosiy mavqyega ega edilar) ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.

  • Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo‘liga berib qo‘ygan Isfandiyorxondan norozi bo‘lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg‘ozi boshchilik qildi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo‘yilish joyida (Orol bo‘yi)da istiqomat qilgan o‘zbeklar (bu yerda o‘zbek qo‘ng‘irotlari katta siyosiy mavqyega ega edilar) ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
  • Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 1643 yilda Orol bo‘yi o‘zbeklari Abulg‘ozi sultonni (1643-1663yy.) xon qilib ko‘tardilar. Xorazm davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida mashhur bo‘lgan Abulg‘ozixonning hayot yo‘li og‘ir kechgan. Abdulg‘ozixon otasi Arab Muhammad taxtdan ketgach o‘zi taxtga o‘tirgunga qadar uzoq yillar (yigirma yildan ko‘proq) muhojirlikda yashashga majbur bo‘lgan edi. U dastlab Buxoro xukumdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan so‘ng Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg‘oziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va Isfaxon shahriga Eron shohi huzuriga badarg‘a qiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida o‘n yil asirlikda yashagan Abulg‘ozi 1639 yilda o‘z nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng u bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlog‘ida, ikki yilga yaqin Mang‘ishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni o‘z o‘rdasiga taklif etadi. Bu yerda Abulg‘ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni to‘plab bergan katta kuch bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bo‘yi o‘zbeklari yordamida Xiva taxtiga o‘tiradi.
  • Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulg‘ozi hammasi bo‘lib yigirma yil atrofida xonlik masnadida o‘tirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga o‘xshab huzur-halovat ko‘rmadi. Umri ko‘proq urush – talashlarda o‘tdi.” Manbalarga ko‘ra, Abulg‘ozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va jangu – jadallarga bag‘ishlagan hukmdor bo‘lgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida ham qobiliyatli shaxs bo‘lgan. Abulg‘ozixon dastavval xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u avvalo, turkman yo‘lboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer – suvlari, mol – mulklari musodara qiinib, o‘zlari mamlakat ichkarisiga surgun qilindi.

Yüklə 436,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin