Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari Bajardi: 402 – guruh talabasi Eminova Zarifa Tekshirdi: Z



Yüklə 116,24 Kb.
səhifə7/10
tarix13.06.2023
ölçüsü116,24 Kb.
#129610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Uning hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Nyayozqul madrasasi (1807), masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Buxoroda Haydar onasiga atab maxsus Madrasa, Qarshida Ali madrasasi va Mir Muhammad madrasasini ham qurdirgan.

  • Uning hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Nyayozqul madrasasi (1807), masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Buxoroda Haydar onasiga atab maxsus Madrasa, Qarshida Ali madrasasi va Mir Muhammad madrasasini ham qurdirgan.
  • Haydar Buxorodagi Jo’ybor mavzeidagi Eshoni Imlo qabristonida otasi Shohmurod yonida dafn etilgan14.
  • Nasrullaxon (1826—1860), Buxoro amiri, mang’itlardan. Amir Haydarning o’g’li. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan so’ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 y. v.e.)ni oradan ko’tarib, Buxoro taxtiga o’tiradi (1826), o’z hukmronligi davrida islom shariati ko’rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi bo’lganligi bois unga «bahodir», «botir» unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug’ va qavm boshliqlari bo’lgan ko’plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g’ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar o’tkazib, o’z qo’shinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar bo’luklari va 250 kishilik to’pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo’shinining soni 40000 kishidan ortiq bo’lgan.
  • Nasrullaxon Xiva va Qo’qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitli-gini tiklash uchun Qo’qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo’jand, O’ra-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi (1840—42). Farg’ona vodiysi ulamolarining talabi bilan Qo’qonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qo’qon xoni Muhammad Alixonni qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabegimni ham o’ldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qo’qonga Ibrohim parvonachi mang’itning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o’tkazib, soliqlarni ko’paytirdi. Natijada tez orada Qo’qon qo’ldan ketadi. Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga bo’ysindiradi (1843). SHuningdek, Nasrullaxon qo’shini 20 yillarda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so’ng SHaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga bo’ysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valine’mat)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi.
  • Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.

Yüklə 116,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin