Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi,
so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi
tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab,
rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida
anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish
hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini
tushunishga
zamin
hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va
turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi,
o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til
materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz,
har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha,
ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich
sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar.
Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu
bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib
borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar.
Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi,
tilda bor qoliplar kabi yasaladi:
Dostları ilə paylaş: