Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


-MAVZU: Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fanidan o’quv-metodik komplekslar tayyorlash



Yüklə 497,22 Kb.
səhifə19/72
tarix28.11.2023
ölçüsü497,22 Kb.
#167599
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
УМК Maktabgacha ta\'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani

9-MAVZU: Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fanidan o’quv-metodik komplekslar tayyorlash.
Mavzu rejasi:

  1. O’quv metodik komplekslarni tayyorlashning mohiyati.

  2. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha fanlardan o’quv-metodik komplekslar tayyorlash.

  3. Sillabus va uning tarkibiy qismlari.

Y.K.Babanskiy o‘quv-metodik kompleksni zamonaviy ta’limda o'quv-tarbiya


masalalarini yechishga qaratilgan o‘zaro organik bog‘langan o'quv-metodik qo'llanmalar to‘piami deb ta’riflaydi.
Bugungi kunda o'quv-metodik komplekslarida qo'yidagilar bo‘lishi shart qilib qo'yilgan:
- o‘quv va ishchi dasturlar,
- taqvim-mavzuiy reja,
- ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’limning texnologik modeli va texnologik xaritasi,
- ma’ruza matnlari,
- seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari ishlanmalari,
- mustaqil ta’lim topshiriqlari,
- asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro'yxati,
- prezentatsiyalar,
- nazorat va baholash uchun topshiriqlar,
- sillabus,
- fanni o'qitishga doir tashkiliy ko'rsatmalar
O‘quv-metodik komplekslami ishlab chiqish vztfalari.
1. O'quv-metodik ta’minotni tayyorlash.
2. Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilaming talablarini inobatga oigan xolda fan mazmunini tizimlashtirish.
3. Sifatli mutaxassislami tayyorlashni ta’minlovchi o'quv-metodik va boshqa materiailar bilan o‘quvjarayonini ta’minlash.
4. Ta’lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalami joriy etish.
5. Talabalammg mustaqil ishlarini va ulaming bilimlarini nazorat qilishni to‘g‘ri tashkillashtirish va rejalashtirish.
6. Elektron darslik, o‘quv metodik qoilanmalami ishlab chiqish uchun o'quv metodik materiailar ishlab chiqish.
7. O'quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish.
O‘quv-metodik komplekslar:
- talabalar tomonidan o‘quv materialini mustaqil o'zlashtirishni;
-talabalar bilimini nazrorat qilishni;
- barcha turdagi mashg'ulotlami tashkillashtirish bo‘yicha metodik ta’minotni;
- qoshimcha axborot ta’minotni ta’minlashi kerak
O'quv jarayonida o'quv-metodik komplekslar.
- o'quv materialini o'zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish;
-fan bo‘yicha o'quv jarayonini tashkillashtirishda vao'tkazishdao'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatish;
-o'quv jarayonini metodik ta’minotmi takomillashtinshda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zurur
Sillabus Hat. Syllabus Errorum - ≪ikkilanishlar ro'yxati≫) - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar ro‘yxati. Qadimda mazkur atama flat, syllabus - katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlami kodifikatsiyalash uchun qo llanilgan.
Sillabus -o'qitiladigan fanning manbalarini, uning qisqacha mazmunini, mavzusi va har bir mashg‘ulotning davomiyligini, mustaqil ta’lim topshiriqlarini, maslahat beradigan vaqtni, o‘qituvchining talablarini, baholash mezonlarini, oraliq
nazorat jadvalini va adabiyotlar ro'yxatini ko'rsatib beradigan o'quv dasturi.

Yüklə 497,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin