Amaliy mashg’ulot materiallari 1-MAVZU: Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti jarayoni yaxlit tizim sifatida. “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti metodikasi” magistratura bosqichida o`qitilgan “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti metodikasi o`ziga xos davomi sifatida qaraladi. Mazkur fanni eshitgan har bir magistr o`qitish (ta`lim va tarbiya) nazariyasi va metodikasi bilan bog`liq bo`lgan yangi talablar mazmunidan xabardor bo`lish va kasbiy faoliyatida qo`llashlari nazarda tutiladi. Ta`lim davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan bir sharoitda magistrlarni “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti metodikasi” fanini zamonaviy qirralaridan xabardor qilish mazkur fanning asosiy mazmuni bo`lib hisoblanadi.
Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni o`qitishdan maqsad: “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti “ metodikasi fanini o`qitishdan maqsad – magistrlarda bo`lajak pedagoglarda kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarga ega qilish. Uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlariga bevosita aloqador bo`lgan uslubiy jihatlardagi yangilik va muammolarni o`rganish. “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fanini va boshqa o`zaro a`loqador fanlarni o`qitish metodikasi doir o`quv materiallar bilan uyg`unlikda o`rgatish. Magistrlarni fan mutaxassisi sifatida shakllantirishda milliylik, tarixiylik, raqobatbardoshlik, zamonaviylik, izchillik, motivatsiya, amaliylik hamda novatorlik kabi sifatlarni ko`zda tutgan holda ta`lim-tarbiya berish. “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fаnini o`rgаnish nаtijаsidа, bo`lаjаk pedagog o`qitish nаzаriyasi vа аmаliyotining murаkkаb tоmоnlаrini o`rgаnishlаri, ulаrni ko`pginа fаktоrlаrigа bоg`lаshlаri hаmdа o`qitish jаrаyonidа uzluksizligini o`zgаrishini аniqlаb оlishlаri zаrur. Shu аsоsdа ulаr o`rgаnuvchilаr bilаn оlib bоrilаdigаn аmаliy mаshg`ulоtlаr dаvridа vа ilmiy izlаnishlаrdа prоfеssiоnаl pеdаgоgik mаlаkаlаrni egаllаb оlishlаri lоzim.
“Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti metodikasi’’ fanini o’qitishni asosiy MAQSADI – magistrantlarga fanlar, ularni o’rganish va o’qitish muammolari bo’yicha nazariy va amaliy, tajribaviy izlanishlarni rejalashtira olishni, maxsus adabiyot, me’yoriy hujjatlarni o’rganib, hulosa va tatbiq qila bilishni o’rgatish.