Inklyuziv ta’lim
|
Bolalarni bir biridan ajratuvchi tо‘siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolishi va iqtisodiy ta’minlanganlik darajasidan qat’iy nazar, umumta’lim jarayoniga tо‘liq uyg‘unlashtirishga qaratilgan davlat siyosati.
|
Iste’dod
|
Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bо‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bо‘ladi.
|
Kasbiy faoliyat
|
Biron narsaning bajarilishining murakkab va meyoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat subyekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.
|
Maktabgacha bolalik
|
Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bо‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.
|
Maktabgacha yosh
|
Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bо‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davri.
|
Maktabgacha yoshdagi
bola kompetentligi
|
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni о‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning о‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bо‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin ifoda etishida namoyon bо‘ladi.
|
|