Maktabgacha ta’lim muassasa-lari
|
Turli yо‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi. Ularda 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta’limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi.
Yо‘nalishiga kо‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi quyidagi turlarga bо‘linadi: umumiy tipdagi MTM, tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalar uchun mо‘ljallangan maxsus MTMlar va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uchun sanatoriya tipdagi MTMlar.
|
Maktabgacha ta’lim muassasa-larning vazifalari
|
ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini ta’minlash uchun uning oilasi bilan aloqa о‘rnatish.
|
Maktabgacha ta’lim muassasasi-ning moddiy-texnika bazasi
|
Muassasa balansida turgan asosiy vositalar majmui (bino, xovli, qо‘shimcha qurilmalar, kommunikatsiya, yumshoq va qattiq jihozlar).
|
Maktabgacha ta’lim muassasasi-ning rivojla-nish
konsepsiya-si
|
Maktabgacha ta’lim muassasasining kelgusidagi rivojini belgilab beradigan bosh g‘oya; innovatsion jarayonlar natijasida uning yangilanishiga qaratilgan chora tadbirlar majmuini amalga oshirishning yetakchi tamoyili.
|
Milliy ana’nalar
|
Millat hayotining turli sohalarida namoyon bо‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan avlodga о‘tishi hamda meros bо‘lib qolishini ifodalovchi tushuncha.
|
|