Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 497,22 Kb.
səhifə39/72
tarix28.11.2023
ölçüsü497,22 Kb.
#167599
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
УМК Maktabgacha ta\'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani

Didaktik о‘yinchoqlar

Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi va ta’lim olishida xizmat qiladigan о‘yinchoqlar turi. Bunday о‘yinchoqlarga mozaikalar, stol ustida о‘ynaladigan va bosma о‘yinlar, xalq о‘yinchoqlari(matryoshkalar, piramidalar, rangli sharlar, xushtaklar, chillaklar) kiradi.

Yosh guruhi

Yosh belgisiga kо‘ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTMda bolalarning yoshiga kо‘ra an’anaviy ajratiladigan guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi.

Iste’dod

Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bо‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bо‘ladi.

Kasbiy faoliyat

Biron narsaning bajarilishining murakkab va meyoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat subyekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.

Maktabgacha bolalik

Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bо‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabgacha yosh



Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bо‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davri.


Yüklə 497,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin