Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni о‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni о‘z qatnashchilari о‘rtasida taqsimlaydigan о‘zini о‘zi boshqarish tashkiloti.
Oilaviy muhit
Oilaviy munosabatlar, tarbiyaviy jarayonlar kechadigan ijtimoiy- ma’naviy, axloqiy muhitni ifodalovchi tushuncha. Har qaysi millatning о‘ziga xos ma’naviyati, dunyo qarashi, tasavvur va e’tiqodini shakllantirish hamda yuksaltirishda oilaning о‘rni va ta’siri beqiyosdir. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar, eng avvalo oila bag‘rida shakllanadi.
Oliy ta’lim
Turli oliy dargohlarda oliy malakali mutaxasislar tayyorlash oliy о‘quv yurtlari tomonidan xalq xо‘jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bо‘yicha oliy malakali mutaxasis bо‘lishni istagan, о‘rta maxsus yoki kasb xunar ta’limini olgan hamda tegishli talablarni bajargan kishilarga ilmiy nazariy bilim berish xamda muayyan kо‘nikmalarni shakllantirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Tarbiyala-nuvchilar
Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va о‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.
Tarbiyachi
Tarbiyani amalga oshiradigan , о‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olgan shaxs.