Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Davlat ta’lim standartlarining mazmuni



Yüklə 497,22 Kb.
səhifə18/72
tarix28.11.2023
ölçüsü497,22 Kb.
#167599
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
УМК Maktabgacha ta\'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani

Davlat ta’lim standartlarining mazmuni. Davlat ta’lim standarti umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o'quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O'z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti o'quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va
ulaming sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar o‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlami yaratish uchu nasos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi o'quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan bin uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o'rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda
quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlaming umumiy o'rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) 0‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan
ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o'quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilaming tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablami belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. ≪Standart≫ ingliz tilidan taijima qilinganda ≪meyor≫, ≪namuna≫, ≪andoza≫, ≪model≫ ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o'quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilaming bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 0‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlami yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo'lgan yoki qiaqarli bo'lmagan fanni o'rganishda o'quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, o‘quvchi o‘ziga mos keladigan ta’lim yo'lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bo'ladi. Shakli va mazmuni bo'yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o'quvchilarga va ulaming ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlanda, mukammal ravishda o'quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo'llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan awal bunday majburiy qoidalar mayjud emas edi. O‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo‘qligi XX asming 80-yillarida
ko‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo'yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin
boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o tiladi. 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo'yicha o‘zlashtirilishi zarur bo'lgan bilimlaming minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o'rganish obyektlari va asosiy mazmunli yo’nalishlari ko'zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta’rifi.
2. O'quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) aSirajasini tasvirlash.


Yüklə 497,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin