Maktabgacha yoshdagi bola kompetentligi
|
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni о‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning о‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bо‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin ifoda etishida namoyon bо‘ladi.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalari
|
Turli yо‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi. Ularda 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta’limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi. Yо‘nalishiga kо‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi quyidagi turlarga bо‘linadi: umumiy tipdagi MTM, tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalar uchun mо‘ljallangan maxsus MTMlar va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uchun sanatoriya tipdagi MTMlar.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarning vazifalari
|
Ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini ta’minlash uchun uning oilasi bilan aloqa о‘rnatish.
|
Maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi
|
Muassasa balansida turgan asosiy vositalar majmui (bino, hovli, qо‘shimcha qurilmalar, kommunikatsiya, yumshoq va qattiq jihozlar).
|
Maktabgacha ta’lim muassasasining rivojlanish kompetensiyasi
|
Maktabgacha ta’lim muassasasining kelgusidagi rivojini belgilab beradigan bosh g‘oya; innovatsion jarayonlar natijasida uning yangilanishiga qaratilgan chora -tadbirlar majmuini amalga oshirishning yetakchi tamoyili.
|
|